ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
431
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘lida xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganish,
xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega. Bu borada
O‘zbekiston Respublikasida qo‘yilayotgan amaliy qadamlarga xalq ta’limi tizimida ta’lim
sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarning tashkil etilishi to‘g‘risida hukumat
qarorining
qabul
qilinishi
Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baho- lash xalqaro
assotsiatsiyasidek
(IEA)
nufuzli tashkilot
bilan hamkorlik aloqalarining yo‘lga
qo‘yilishini misol sifatida keltirish mumkin. Jumla- dan, matematika va tabiiy fanlar
(TIMSS), o‘qish (PIRLS), fuqarolik va fuqarolik ta’limi (ICCS), kompyuter va axborot
texnologiyalari bo‘yicha savodxonlik (ICILS) kabi yo‘nalishlarda o‘quvchilarning bilim
va ko‘nikmalari, umuman olganda ta’lim olish jarayonida erishgan yutuqlarini baholab
kelmoqda. “O`qish savodxonligi” atamasi o`qish
tezligini tekshirishni emas, balki “savodli
o`qish” ni anglatadi. Unga ko`ra, o`quvchi mantlarni tushunishi, ularning mazmunini mushohada
qilishi va baholay olishi, o`z fikrini bayon eta olishi zarur.O`quvchilarga turli matnlar taqdim
etiladi: badiiy asarlardan parchalar, biografiyalar, shaxsiy xatlar,
hujjatlar, gazeta va
jurnallardagi maqolalar, yo`riqnomalar, reklama e’lonlari, geografik kartalar va b. Ularda axborot
turli ko`rinishlarda aks etadi: diagramma, rasm, xarita, jadval, chizma va h.k.
PIRLS- bu turli ta’lim tizimiga ega bo`lgan davlatlarda kitobxonlik sifati monitoringini
tadqiq qilishdir. Turli davlatlardagi boshlang`ich sinf o`quvchilarining o`qish sifati va matnni
tushunish darajasini,
shuningdek, har xil davlatlar ta’lim tizimidagi o`zgarishlarni taqqoslash va
namoyon qilish imkonini beruvchi tadqiqot metodlaridir. Shularga bog`liq
holda badiiy asarni
tahlil qilish uslubiyoti takomillashtirila borildi: takroriy bayon qilish mashqlari kamaydi, ijodiy va
o`qilgan matn yuzasidan o`z fikrini bayon qilish ko`nikmasini o`stiradigan mashqlar ko`paydi,
asar qismlari ustida emas, balki yaxlit asar ustida ishlanadigan bo`ldi, asar g`oyasi va obrazlarini
tushuntirishda o`quvchilarning mustaqilligi ortdi, matn ustida ishlashda xilma-xil topshiriq
turlaridan, ta`limda texnika vositalaridan ko`proq foydalanila boshlandi va h.k.
Badiiy asar quyidagi muhim usulbiy qoidalar asosida tahlil qilinadi:
1. Asar mazmunini tahlil qilish va to`g`ri, tez, ongli, ifodali o`qish
malakalarini shakllantirish bir jarayonda boradi (asarning mazmunini
tushuntirishga oid topshiriq o`qish malakalarini takomillashtirish topshirig`i ham
hisoblanadi).
2. Asarning g`oyaviy-mavzuviy asoslarini, uning obrazlari, syujet chizig`i,
kompozitsiyasi va tasviriy vositalarini tushuntirish o`quvchilarning shaxs sifatida
umumiy kamol topishiga yaxshi xizmat qiladi, shuningdek, bog`lanishli
nutqining o`sishi (lug`atining boyishi va faollashishi) ni ta`minlaydi.
3. O`quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmunini ongli idrok
etishning asosi va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi.
4. Sinfda o`qishga o`quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va atrof
muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish hamda ilmiy dunyoqarash asoslarini
shakllantirishning samarali vositasi sifatida qaraladi. O‘qish kitoblarida turli janrlardagi badiiy
asarlar matnlari va ilmiy – ommabob maqolalar berilgan. Istalgan badiiy asar matni obyektiv
mazmuni
butun borliq, mavjudot uning turli tomonlari, dalillar va ularning bir – biriga ta'siri
hisoblanadi. Badiiy asar matni markazida inson, uning jamiyat va tabiatga munosabati turadi.
Badiiy asar matnida borliqni, voqealikni obrazlar vositasida tasvirlash, obyektiv mazmun va
subyektiv bahoni aniq materialda berish haqidagi qoidalar metodika uchun katta nazariy –
amaliy
ahamiyatga ega. Birinchidan, badiiy asar matni ustida ishlashni tashkil qilishda obrazlar va
muallifning asarda tasvirlangan voqealarga munosabati o‘qituvchining diqqat markazida turadi.
O‘quvchilar voqealikni obrazlar orqali tasvirlashning o‘ziga xos xususiyatlarini tushuna boradilar.
Ikkinchidan, har qanday badiiy asar matnida tarixiy davrdagi voqealar tasvirlanadi. Shuning uchun
asarda tasvirlangan voqealarga tarixiy yondashilgan taqdirdagina matnni to‘qri o‘qish, qatnashuvchi