ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
432
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
shaxslarning xatta – harakatini ular yashagan davr va ijtimoiy omillarni hisobga olgan holda
baholashni o‘rgatish zarur. Uchinchidan, yozuvchining hayoti va qarashlarini o‘quvchilarning
yoshlariga mos ravishda tanishtirish maqsadga muvofiq. To‘rtinchidan, badiiy asar matnini tahlil
qilishda o‘quvchilarni asarning g`oyaviy yo‘nalishini tushunishga o‘rgatish muhimdir, bu asarni
to‘qri idrok etsh uchun, matn ustida ishlash ko‘nikmasini, o‘quvchilarning dunyoqarashini
shakllantirish uchun zarur. Muallif badiiy asarda tasvirlangan hayotiy dalillarga, ijtimoiy
hodisalarga, jamiyatning u yoki bu tabaqasi vakillariga o‘z munosabatini ifodalashga harakat qiladi.
Yozuvchining hayotiy materiallarga bahosi aniq dalillar asosida yaratilgan badiiy asarni g‘oyaviy
mag‘zini tashkil etadi. Asarning g‘oyaviy yo‘nalishi yozuvchining dunyoqarashiga bog‘liq.
Asarning tarbiyaviy ahamiyati, o‘quvchiga ta'sir kuchi uning g‘oyaviy yo‘nalishga bog‘liq.
O‘quvchilarni badiiy asar matni ustida ishlashga o‘rgatish orqali ularda kitobga bo‘lgan qiziqishni
ortishiga sabab bo‘linadi. Sababi, inson ichki olamini hech narsa kitobchalik, badiiy asarchalik
benazir qila olmaydi. Ruhiyatni hech narsa adabiyotchalik o‘qish, o‘rganish, mehnatchanlik
muvozanatiga muvofiq keltira olmaydi. Intellektual rivojlanishda ham badiiy asarlar asosiy o‘rinni
egallaydi. Ular kishining o‘zini-o‘zi tarbiyalashida ham bilim manbai, o‘zini taqqoslash, munozara
yuritish, bahslashishda ma`lum darajada ko‘zgu vazifasini o‘taydi. O‘qituvchi badiiy asar matni
ustida ishlashda quyidagi malakalarini hal qilishi lozim.
1. Asar matni ustida ishlashning maqsad va vazfalarini aniqlab olishi.
2. Asarni tahlil qilish uchun dars bosqichlarini belgilab olishi.
3. Har bir asar tahlili uchun topshiriqlar tizimini ishlab chiqishi.
4. Asarni qanday metodlar asosida o‘rganishni aniqlashi.
O‘quvchilar egallayotgan bilim, ko‘nikma va malakalar doirasini belgilab olish. Demak,
badiiy asar matni ustida ishlashga o‘rgatish o‘qituvchidan o‘quvchilar faoliyatini ma'lum maqsadida
yo‘naltirishni taqozo etadi.
―Maktabda badiiy asarni tahlil qilishdan asosiy maqsad asarda ifodalangan
hayotiy voqeani yoritish orqali o‘quvchilarni badiiy adabiyot olamiga olib
kirish, tasvirlanayotgan voqealarga nisbatan muallifning munosabati va
niyyatlarini payqab olishga imkoniyat yaratishdan iboratdir.
Аdabiyotlar:
1. Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent
:O‘zbekiston, 2016.-488 b.
2. Ernazarov G‘. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. T.: ILM-ZIYO, 2013,184 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |