708. Shayx Ilyos a. r.
Nur tog‘ida Mavarounnahr mulkida bo‘lur erdi va donishmandu solik kishi erdi. Silsilasi Sulton
Boyazid Bistomiyg‘a tortar. Atrof va javonibdin ham ilm o‘qug‘oli, ham faqr tariqida suluk qilg‘ali
toliblar aning xidmatig‘a borur erdilar. Muridlari so‘zi xud budurki, andoqki, anjumanda xaloyiqqa
sabaq aytur va xilvatda jin xaylig‘a dag‘i sabaq aytur, al-ilmu indalloh. Barn buzurgluki ul
g‘oyatg‘acha bor erdiki, aning ekini boshig‘a Xoja Nosiruddin Ubaydulloh q. r. yetibdur, ko‘rubdurki,
xirmanni dehqonlar sovuradurlar. Otdan tushub, chorshoxni dehqon iligidin olnb, tabarruk xosiyatidin
ul xirmanni sovurubdur. Chun Shayxqa aytnbdurlar, ko‘p tafovut qilmaydur. Qabri go‘yoki ham ul Nur
tog‘ida-o‘qdur.
Do'stlaringiz bilan baham: |