711. Mavlono Humoduddin Kalobodiy q. s.
Sherozning Qalobod otlig‘ kentidindur. Shahrda bo‘lur erdilar. Mufrit zuhdu taqvo bila zist qilur
erdilar. Hukkom va ashrof alar suhbatig‘a yetarlar erdi. Mavlononing zohir va botin ulumi azhar min
ash-shams erdi. Bu haqir sig‘ari sinda alar xidmatig‘a musharraf bo‘lubmen. Mening boramda fotiha
o‘qub, bir qasab yog‘lig‘ inoyat qilibdurlar. Qabrlari hamonoki Sherozdadur.
712. Shayx Avhaduddin Homid Kirmoniy q. t. s.
Ul shayx Ruknuddin Sinjoniyning murididur va ul Shayx Qutbuddin Abhariyning va ul Shayx
Abunnajib Suhravardiyning q. a. Bag‘oyat buzurg ermish. Shayx Muhyiddin Arabiy q. s. suhbatig‘a
yetibdur va Shayx andin «Futuhot» va ba’zi kutub va rasoyilida so‘z aytibdur. «Iqboliya» risolasida
mazkurdurki, Shayx Ruknuddin Alouddavla q. s. debdurki, bir kunki, qofila Minoda erdilar. Shayx
Shihobuddin Suhravardiy q. s. muridlaridin biri anda erdi. Oning ziyoratig‘a borduq. Alhaq bas aziz
kishi erdi. Soate o‘lturduq va har nav’ so‘z o‘tar erdi. Ondin so‘rduqki, eshitibbizki, sizing shayx, q. s.
Avhaduddin Kirmoniyni mubtadi’ debdur va o‘z qoshida qo‘ymaydur. Bu so‘z rostmudur? Ul aziz
dedi: bale. Va men ul majma’da Shayx xizmatida hozir erdimki, birav aning zikrin qiladur erdi. Alar
buyurdilarki, oning otin mening qoshimda tutmangizki, ul mubtadi’dur, ammo yana bir kun ham Shayx
xizmatida erdimki, dedilarki, Shayxning bu so‘zin Shayx Avhaduddin eshitdi va dedi: agarchi Shayx
meni mutbadi’ debdur, ammo menga ushbu mufoxirat basdurki, otim shayxning tiliga o‘tubdur va bu
ma’noda arabiy bayt ham aytibdur. Ul bayt budur.
B a y t:
[Meni yomonlik bilan eslaganing meni xafa qilmaydi, balki sening xayolingdan o‘tganim uchun
xursand bo‘laman]
1
.
Bo‘la olurki, shayx Shahobuddinning murodi aning ibtido’idin ul bo‘lg‘ayki, derlarki, ul haqiqat
shuhudida mazohir suratig‘a tavassul qilg‘on ekondur va mutlaq jamolin muqayyadot suvarida
mushohada qilur ermish. Andoqki, o‘ttiki, shayx Shamsuddin Tabriziy q. s. andin so‘rubdurki, ne
ishdasen? Debdurki, oy aksin suvliq tashtda ko‘radurmen. Shayx dediki, agar bo‘ynungg‘a chibqon
chiqmaydur, nega oyni ko‘kda ko‘rmaysen? Va Mavlono Jaloluddin Rumiy q. s. qoshida birov
degandurki, ul shohidbozdur, ammo pokbozdur. Alar aning javobida debdurlarki, kosh ne tilasa qilg‘ay
erdi va o‘tgay erdi va bu ruboiy ham bu ma’nog‘a dalolat qilurkim,
r u b o i y:
[Suratda ma’no asari bor uchun unga ko‘zim bilan boqaman. Bu olam suratdir, biz suratlardamiz,
ma’noni faqat suratda ko‘rish mumkin]
2
va Shayx Avhaduddinning q. s. latif ash’ori bor, masnaviydin va aning g‘ayridin. «Misboh ul-arvoh»
kitobining oxirida ayturki,
Do'stlaringiz bilan baham: |