713. Amir Sayid Qosim Tabriziy q. s.
Avoilda Shayx Sadruddin Ardabiliyg‘a irodatlari bor ekandur. Andin so‘ngra Shayx Sadruddin Ali
Yamaniy suhbatig‘aki, Shayx Avhaduddin Kirmoniy ashobidindur, yetishibdurlar. Ro‘zgor ahli
alarning qabul va shikorig‘a ikki fariqdurlar. Hazrat Maxdumiy n. m. n. «Nafahot ul-uns»da alardin
ko‘p so‘z bitibdurlarki, ul jumladin biri budurki, debdurlarki, azizlardin ba’zi der erdilarki, alar
Samarqandda erkanda alar bila muloqot qilduq. Maorif asnosida, der erdilarki, Siddiq Akbardin ko‘p
so‘z rivoyat qilib, riqqat qilurlar erdi va ko‘zlaridin ulug‘ oq qatarot tushar erdi va muridlari der
erdilarki, alar. holo Abobakriy maqomidadurlar. Hazrat Xoja Ubaydullohdin naql qilibdurlarki, alar
debdurlarki, Hazrat Mir, Hazrat Xojai buzurgvor Xoja Bahouddin Naqshband q. r. a.ni Abivard
navohisida ko‘rgan ekandurlar va suhbat tutgan ekandurlar va alarning tariqasig‘a mu’taqid ekandurlar
va alardin fahm bo‘lur ekandurki, o‘zlarin ul tariqag‘a tutar ekandurlar va ham Xoja Ubaydulloh
debdurlarki, Mir hazratlari buyurubdurlarki, har yerga yetsam erdi, majzublardin so‘rar erdim va
o‘zumni alar suhbatig‘a yetkurur erdim. Chun Rumg‘a yettim va ma’hud dastur bila so‘rdum. Dedilar:
munda majzube bor, oti Mavlono Joniy. Oning qoshig‘aki bordim, oni tonidimki, tahsil avonida
Tabrizda ko‘rub erdim. Onda holining kayfiyatin so‘rdum. Rum tili bila dediki, har saboh qo‘par
erdim. Bir kishi erdim, tafriqag‘a tushgan. Birav bu yondin tortar erdi va birov ul yondin. Bir saboh
qo‘ptum. Bir hole meni bosa oldi. Mag‘lub qildiki, borchadin xalos bo‘ldum. Debdurki, bu so‘zni
necha qatla alardin eshitdim. Har qachonki, derlar erdi, mutag‘ayyir bo‘lurlar erdi va ko‘zlaridin yosh
to‘kilur erdi. Ma’lum bo‘lur erdiki, bu so‘zni ul aziz aytqonda alarg‘a ko‘p ta’sir qilg‘ondur va ba’zi
rasoillarinda kelturub durlarki, yetti yuz oltmish to‘qqizda Hirot shahrida xonaqoh jaddida Mavlono
Zahiruddin Xilvatiy hazratlarining jivorida sokin erdim. Bir sahar vaqti nogoh Mavlono o‘z xilvatidin
yig‘lab chiqib, mening xilvatim eshigiga kelib, faryod qildiki, Tangri uchun oyatni ayturki, [biz
insonga uning jon tomiridan ham yaqinmiz]
1
.
Oltmish yil yugurturlar va hanuz yetmaymen. Fuqaro arbobidin azize hozir erdi, aytti, bu hamul
Movarounnahr devonasi ishidurki, elning evlariga borur erdi va har iecha nima yesa erdi, chiqqandin
so‘ngra so‘rsalar erdiki, nima yedingmu? Tashni’ qilur erdiki, yegulik nima qayda erdiki, yegaymen.
Bir kun bir ulug‘ kishi oni uyiga eltti va mulavvan at’ima ko‘p ilayiga yoydi. Yeyolg‘anchakim yedi.
Andin so‘ngra mezbon qilich torttiki, barchani yemak kerak. Jon havlidin yana bir miqdorkim yedi.
O‘zga dedi – o‘ltursang ham o‘lturki, yeyaolmasmen. Chun devona ul holdin xalos topib chiqdi,
so‘rdilarki, hech nima yedingmu? Dediki, ne’mat xud ko‘p erdi. Ammo qilich qo‘rqunchidin kim nima
yeya olur erdi? Sakkiz yuz o‘ttizda Hirot jome’ida bir fidoyi zamon podshohig‘a zaxme urdi. Andoq
ma’lum qildilarki, ul kishining Hazrat Mir langarida muqfal uyi bor. Ko‘tahnazarlar bu tavahhumdinki,
alarning vuqufi bila bo‘lmish bo‘lg‘ay, alarg‘a shahrdin uzr qo‘ldilar. Va alar Balxqa bordilar va
xaloyiq g‘avg‘osi ham alar xizmatig‘a bois bor erdi. Alarning haqoyiq va maorifidin holo el orasida
devonlari bor va yaxshi masnaviy risolalari. va yana rasoyil ham bitibdurlar va tarje’lari devonda bor
va tarje’ bayti budurki,
Do'stlaringiz bilan baham: |