707. Bobo Sarig‘ Po‘lod q. s.
Asli Rumdin erdi va nasabida siyodat sharafi bor erdi. Foniyi mahz, balki fanoyi mutlaq erdi. Kiymak
jinsidin bir kapanakdin o‘zga nima hargiz qabul qilmadi va yemak jinsidin hargiz hech kimdan hech
nima tilamadi. Ko‘p mubolag‘a qilsalar, juzvi yemakka mayl qilur erdi. Libos xosiyatidin podshohi
zamon vz arkoni davlatdin anga maxsus kishilarki, alar bila ko‘p ulfati bor erdi, har necha darxost va
iltimos qilurlar erdi, hamul bir kapanakdin o‘zga limaga iltifot qilmadi. Makka yo‘lida o‘tqa kuygan
jihatdin qabri ma’lum bo‘lmadi. Bu faqir bila ko‘p ulfati bor erdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |