Davosi. Nefrolitiazni davolash hozirgi kunda eng dolzarb
inuammolardan biridir. Toshning joylashgan o‘mi, shakli, kattakichikligi, asoratlangan yoki asoratlanmaganligiga qarab ko‘pgina
davo usullari mavjud. Bemorlami dorilar bilan hamda sanatoriykurort sharoitida davolash konservativ usul hisoblanadi va unga quyidagi ko‘rsatmalar asos boMadi:
- toshning oichamlari 0,3x0,5 sm dan katta boTmay, yumaloq
va yuzasi silliq hamda joylashgan yeridan chiqib ketishiga ishonch
boigan taqdirda va buyrak faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasa;
- tosh buyrak kosachasida joylashgan boiib, urodinamika
buzilmagan va pielonefrit xuruji kuzatilmagan hollarda.
Operatsiya bilan davolashga vaqtincha moneliklar bolsa, konservativ terapiya operatsiyaga tayyorlash va operatsiyadan keyingi
davrlarda ham qollaniladi. Ushbu vaziyatda konservativ terapiya
deganda, tosh yoki toshlarni operatsiya qilmasdan tushirish, operatsiyadan oldin va keyin har xil asoratlaming oldini olish tushunilishini unutmaslik lozim. Konservativ terapiya quyidagi natijalarga
crishish uchun o‘tkaziladi:
• og‘riqni bartaraf etish (spazmolitik, analgetik, sedativ dorilar
yordamida, ignarefleks terapiya). Antibakterial moddalar yordamida
infeksiyani yo‘qotish.
• dietoterapiya, vitaminoterapiya, kurortda davolash yordamida
nefrolitiaz qaytalanishi va har xil asoratlaming oldini olish. Toshnnig erib ketishiga sharoit yaratish va uning erkin chiqib ketishiga
erishish.
• buyrak sanchigi xurajida birinchi yordam - issiqlik muolajalari
(issiqlik vannasi, buyrak sohasiga grelka qo‘yish va h.k.), teri - os-
tiga 2 %li promedol eritmasi, 0,1 %li atropin eritmalarini birgalikda
yuborish, urug‘ naychasi (ug‘il bolalarda) yoki yumaloq bachadon
boylamiga (qizlarda) Loren-Epshteyn usulida 0,25 %li novokain
eritmasini yuborishdan iborat.
Parhez. Eng awalo, qaysi tuz almasliinuvi buzilganini aniqlash
va shunga muvofiq ovqat ratsionini tuzish lozim. Agar bemorda uraturiya yoki urat toshlari bo‘lsa, siydikda ishqor ko‘payishiga erishmoq
zarur. Buning uchun sut-qatiqli ovqatlar hamda o‘simliklardan tayyorlangan taomlarni ko‘proq iste’mol qilgan ma’qul. Go'shtli ovqatlami
chegaralash darkor. Fosfaturiya yoki fosfat toshlarida siydikni ishqorli
reaksiyadan nordonlik tarafga o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Bunda sut,
ishqorli suv, qatiq ovqat ratsionidan olib tashlanadi va go‘shtli ovqatlar buyuriladi. Oksaluriya va oksalat toshlarida sutli ovqatlar, tuxum,
ko‘katlar, kartoshka, pomidor, dukkaklilar, shokolad iste’mol qilinmaydi. Bemorlarga go‘sht, meva tavsiya etiladi. Mineral suvlar bilan
davolashdan asosiy maqsad - nordon ishqor muvozanatini tiklash, diurezni kuchaytirish va siydik chiqarish yo‘llari peristaltikasini yaxshilashdir. Sanitoriy-kurort sharoitida davolashni tosh tushganidan yoki
u operatsiya usuli bilan olib tashlangandan keyin tavsiya etilsa, kutilgan natijani beradi. Buyrakda qum yig‘ilgan taqdirda sanatoriy-kurort
sharoitida davolashning ahamiyati ayniqsa katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |