Operatsiya usuli bilan davolash. Konservativ davolash usullari,
shu jumladan, litotripsiya natijasiz yoki ularga moneliklar bo‘lsa,
bemorlarni operatsiya qilib davolashga to‘g‘ri keladi. Operatsiyani
asoratlar boimasdan ilgari bajarilsa rnaqsadga muvofiqdir.
Operatsiyadan maqsad, toshni olib tashlashdan tashqari, siydik
dimlanishini bartaraf qilish hamda infeksiyaga qarshi kurashish
uchun sharoit yaratishdir. Nefrolitiazda operatsiya usulini tanlash
ancha muammo tug‘diradi. Eng awalo, toshning joylashgan o‘rni
va buyrak jomining buyrakka nisbatini nazarda tutmoq kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |