Pielolitotomiya. Nisbatan yengil operatsiya usuli boiib, odatda,
buyrak jomi buyrak tashqari sida joylashganda bajariladi. Buyrak
jomi buyrak ichida joylashgan taqdirda buyrak darvozasi tabaqalari
qovuq kergich bilan tortilib, buyrak jomi devoriga y o i ochiladi.
Bunday hoi, ko‘pincha maktab, ayniqsa, ko‘krak yoshidagi bolalarda
kuzatiladi. Pielolitotomiyada buyrak parenximasi zararlanmaydi.
Ayniqsa, buyrak joyidan qo‘zg‘atilmay, pielolitotomiya bajarilsa,
buyrakning kelgusi faoliyati yaxshi kechadi.
Nefrolitotomiya. Buyrak parenximasini kesib, toshni olib
tashlash. Buyrak jomi orqali toshni olib tashlashning iloji boimagan
taqdirda va ko‘pincha tojsimon tosh boigan taqdirda qoilaniladi.
Agar tosh kosachalarda boisa yoki buyrak jomi buyrak ichkarisida
joylashganda ham bu usuldan foydalaniladi. Nefropielolitotomiya
(pielonefrolitotomiya). Toshni olib tashlashda ham buyrak parenxi masi kesilib, buyrak jomi devori qirqiladi. Ko‘pincha tojsimon yoki
ko‘pgina toshlar boiganda qoilaniladi.
Asoratlari. 0 ‘z vaqtida davolanmasa, kalkulez pielonefrit, gidronefroz, yiringli paranefrit, pionefroz, buyrakning ikkilamchi bujmayishi kabi asoratlar rivojlanadi. Bu asoratlarning kelib chiqishida
urodinamikanmg buzilishi katta rol o‘ynaydi. Asoratlarning oldini
olishning eng yaxshi yo ii - nefrolitiazni o‘z vaqtida aniqlash va zarur chora-tadbirlami ko‘rishdir.
Ikki tomonlama nefrolitiaz. Urolitiazning eng og‘ir turi - bu
ikki tomonlama nefrolitiazdir. Bu kasallikning etiopatogenezi, klinik
belgilari bir tomonlama nefrolitiazdan deyarli farq qilmaydi. Ammo
klinik kechishi, asoratlari, bir tomonlama nefrolitiazga nisbatan
og‘irlik darajasi, davolash jarayonining o‘ziga xosligi bilan ajralib
turadi. Agar o‘z vaqtida davo tadbirlari ko‘rilmasa, 70 foiz holda
surunkali buyrak yetishmovchiligi rivojlanadi. Ikki tomonlama nefrolitiazning yana bir jihati shundaki, 50 foiz holda buyrakda korall
(toj)simon toshlar aniqlanadi (5.4-rasm). Kalkulez gidronefroz va
kulkulez pielonefrit asoratlari tez rivojlanadi. Davosi. Eng avvalo, paratireoid bezlarining funksiyasini tekshirib,
uslibu xastalikning bezlar funksiyasiga aloqasi bor yoki yo‘qligini
(|iil iy ravishda aniqlash va shunga muvofiq davolash usulini qoilash
lo/.im. Agar qalqansimon yon bezlari adenomasi boisa, eng avvalo,
nshbu xastalikni bartaraf qilmoq kerak. So‘ngra buyrak toshlardan
lo/alanadi. Buning uchun nefrolitiazda qoilangan jarrohiik usullari
qoilaniladi. Operatsiyadan keyin buyrak asoratlarini yo‘qotish va
sanatoriy-kurort sharoitida davolashni o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |