Klinkasi. Nefrolitiazning asosiy belgilari quyidagilardir: belda
og‘riq bo‘lishi, gematuriya, leykosituriya, piuriya, dizuriya va mayda toshlaming siydik bilan chiqishi. Yuqorida ko‘rsatilgan belgilarning bo‘lishi, tosh yoki toshlaming olchami, shakli Joylashgan o‘mi
hamda yalligianish jarayoni bor yoki yo‘qligi, shuningdek, uning
faolligi bilan chambarchas bogiangan. Kichkina tosh buyrak kosachalarida joylashgan bolsa, urodinamika kamdan kam izdan chiqadi, demak, og‘riq simillagan tusda boiadi. Harakatchan toshda esa
buyrak kosacha bo‘yni yoki buyrak jomchasi teshigiga tosh tiqilib
qolishidan, buyrak ichki bosimi oshadi va bunda buyrak sanchigi
kuzatiladi. Nefrolitiazda buyrak sanchigi ko‘pincha to‘satdan boshlanadi, bemorning bel sohasida qattiq og‘riq turib, sonning old yuzasiga, chov va qovga, o‘g‘il bolalarda olat va umg‘donlarga, qizlarda
diloqqa beriladi. Buyrak sanchigi xuraji davrida ko‘ngil aynishi
yoki qayt qilish ham kuzatiladi (5.1-rasm).
5.1-rasm. Siydik yo‘llarida tosh tiqilib qolish sohalari.
Ko‘krak yoshidagi bolalarda buyrak sanchigi o‘ziga xos
ko‘rinishdakechadi. Ularto‘satdan chinqiribyiglab, oyoq-qoilarini
tipirchilatib bezovta boladilar. Bu paytda ularning ichi ketadi yoki aksincha, qabziyat boiadi. Tana harorati ko‘tarilib, ahvol oglrlashadi.
Xuruj paytidagi chinqirib yig'lashni har xil o‘yinchoqlar ko‘rsatish
ham, ovutishlar ham, ona ko‘kragi ham bartaraf qila olmaydi. Bu
paytda bolaning qomi paypaslansa, buyrak sohasidagi muskullar
laranglashuvini payqash mumkin. Odatda, buyrak xurujidan keyin
bolaning siydigi qizarishi mumkin, ammo bu belgining bo‘lishi shart
emas. Biroq, ko‘pincha mikrogematuriya qayd etiladi.
Maktab yoshigaeha bo‘lgan bemorlarda esa buyrak sanchigan
paytida bel sohasi emas, balki qorinda og‘riq bo‘ladi va bunga abdominal sindrom deyiladi. Bu paytda qorinning barcha yuzasi yoki
o‘ng, yoki chap tomoni og‘rishi, hatto bu holatda bemorda qorinning o‘tkir jarrohiik kasalliklari gumon qilinib, noto‘g‘ri tashxis
qo‘yilishi, hatto operatsiya qilinishi ham mumkin.
Gematuriya 90 foiz holda kuzatiladi, biroq, mikrogematuriya
tez-tez uchrashini unutmaslik lozim. Toshning qirralari bilan buyrak
kosachalari yoki jomchasi shilliq pardasining timalishi yoki shikastlanishidan gematuriya kelib chiqadi.
Nefrolitiaz pielonefrit bilan asoratlanganida leykosituriya kelib
chiqadi va vaqt o‘tishi bilan u piuriyaga aylanadi. Bemoming harorati oshib, bel sohasidagi og‘riq kuchayganda, odatda, piuriya ham
aniq ko‘zga tashlanadi. Biroq, barcha hollarda ham buning bo‘lishi
shart emas, chunki tosh siydik yo‘lining boshlanish qismini yopib
qo‘yib, o‘zgargan siydik qovuqqa tushmasligi ham mumkin.
Shuni alohida qayd etish lozimki, ko‘pincha siydikdagi o‘zgarishlar bemor yoki uning ota-onasi tomonidan payqalmasdan, qimmatli
vaqtlar boy beriladi. Agar e’tibor qilinsa, bola yugurganda, sakraganda, tez-tez harakat qilganicla qomi yoki belida sanchig‘i borligini,
hatto shu sababli, badantarbiya mashg‘ulotlarida qatnasha olmayotganligini bilib olish mumkin. Toshlaming oichami yetarli ravishda
kattalashganda, buyrak ichi bosimi to‘satdan va birdaniga oshib ketish hollari ro‘y bermaydi va natijada, buyrak sanchig‘i ham bolalarni bezovta qilmaydi. Qattiq og‘riq sim-sim og‘riqqa aylanadi, odatda, bu xildagi og‘riq bilan bolalar ota-onalariga shikoyat qilmaydilar.
Tashxisi.Nefrolitiaznianiqlashdabemorlarvaularningota-otialaridan
to‘g‘ri va batafsil anamnezni yig‘ish katta ahamiyatga ega. Bemorlami
umumiy ko'zdan kechirganda, ulaming jismoniy ko‘rinishiga alohida
ahamiyatbermoq lozim. Ulaming rangi oqargan bo‘lib, rivojlamshda o‘z
tengqurlaridan orqada qoladilar. Chuqur paypaslaganda buyrak sohasida
og‘riq borligini aytishadi. Ko‘pgina bemorlarda gipotrofiya va raxit belgilari yaqqol ko‘zga tashlanib, ulaming yoshi qanchalik kichik bo‘lsa,
bu sifatlar shunchalik yaqqolroq ko‘rinadi. Siydikni tahlil qilganda,
deyarli barcha bemorlarda proteinuriya aniqlanadi. Leykosituriya va
eritrosituriya darajasi har xil nisbatda bo‘lishi mumkin. Qon tahlilida
esa anemiya, eritrositlar cho‘kish tezligining oshgani, ayrim hollarda
anizasitoz, poykilositoz ham kuzatiladi.
Ultratovush tekshirishda buyrak sinuslari sohasida akustik soya
beruvchi exopozitiv tosh aniqlanadi (5.2-rasm). Hal qiluvchi tashxis
usuli - rentgendir. Awalo tasviriy rentgen bajariladi. Rentgen
tasviridatosh soyasi 90-95 foiz hollarda yaqqol ko‘rinadi
Ayrim hollarda rentgenokontrast, ya’ni tasviriy rentgenda
ko‘rinmaydigan toshlar ham uchraydi. Bunday toshlami aniqlashda,
ekskretor urografiya tengi yo‘q usul hisoblanadi. Bu usul orqali
nafaqat toshni, balki buyrakdagi ikkilamchi o‘zgarishlami, toshning
aniq joylashgan o‘mini ham bilsa boiadi. Buyrakning funksional
holatiga ham baho beriladi.
Buyrakdagi toshlarni aniqlashda ultratovush apparatlaridan
loydalanishning amaliy ahamiyati juda katta. Bu apparatlar
yordamida 3 mm dan katta toshlarni bemalol aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |