Klinika va diagnostikasi. Oddiy ureterotsele siydik trakti
infeksiyasi yoki obstruksiya bilan namoyon bo‘ladi. Ultratovushli
tadqiqotda gidronefroz va gidroureter aniqlanadi. Ekskretor urogrammada siydik nayining siydik pufagiga tushish hududida bulbasimon hosila aniqlanishi mumkin. Miksion sistouretrogrammada
to‘lish nuqsoni namoyon etiladi. Reflyuks kamdan kam uchraydi.
Yuqori siydik yo‘llari sohasidagi o‘zgarishlar, odatda, ureterotsele
joyidagidek ifodalanmagan. Sistoskopiya tashxisni tasdiqlaydi.
Ektopik ureterotseleda, odatda, hayotning birinchi bir necha oyi
davomida siydik trakti infeksiyasi rivojlanadi. Qiz bolalarda ektopik
ureterotselening tushishi hosil bo‘lishi mumkin, bu ba’zan uretra
obstmksiyasiga olib keladi. Oddiy ureterotseledan farqli ravishda
ektopikni ba’zan aniqlash nafaqat tekshiruvda, balki sistoskopiyada
ham qiyin, hatto tekshiruv tajribali mutaxassislar bilan amalga oshirilsa
ham. Ureterotseleda odatda buyrakda displastik o‘zgarishlar kuzatiladi.
Ureterotsele tashxisini tasdiqlash imkonini beradigan eng to‘g‘ri va
axborotli tekshiruv metodi ultratovushli tekshiruv hisoblanadi.
Pastki kosalar deformatsiyasi va «yiqilgan» holati, so‘ligan
gul simptomi yoki ekskretor urogrammalarda bo‘shliq tizimining
asimmetriyasi, shuningdek, miksion sistouretrogrammada siydik
pufagidagi to‘lish nuqsoni tashxisni tasdiqlaydi. Ba’zan zararlangan
tomonda siydik pufagi devorining to‘liq rivojlanmasligi va pastki
siydik nayi instramural bo‘limning yo‘qligi tufayli bo‘ladigan
pastki segmentga reflyuks kuzatiladi. Siydik nayining ifodalangan
kengayishi va egriligi reflyuksga emas, siydik nayi pastki bo‘limining
obstruksiyasiga olib kelishi mumkin. Juda katta ureterotsele ba’zan
241
nafaqat zararlangan tomonda o‘zgarishlar, balki qarama-qarshi tomonda obstruksiya yoki reflyuks chaqiradi.
Garchi rentgenologik maiumotlar bo‘yicha shubhalanayotgan tashxisni tasdiqlash uchun sistouretroskopiyadan foydalanilsada, lekin ureterotsele har doim ham endoskopik aniq namoyon qilinmasligi mumkin.
Ektopik ureterotsele juda aniqlanmagan chegaralarga ega va ba’zan
siydik pufagi bo'yinchasi va uretraning sezilarli qismini egallaydi. Ba’
zi holatlarda sistokopiyada u katta divertikul ko‘rinishida boiadi. Ureterotsele teshigini ko‘rishga urinishlar murakkab bo‘lishi mumkin va
ba’zan bu teshik mutlaqo kutilmagan payt va tasodifan ko‘rinadi. Siydik nayi kateteriga ulangan ingichka igna orqali ureterotselening inyetsirlanishi zararlanish hududini ko‘rsatadi. Bu usul operatsiya vaqtida
siydik pufagi ochilganidan so‘ng qoilanilishi mumkin.
Davolash. Oddiy ureterotselening davolanishi ko‘p holatlarda ureterotselening kesilishi va siydik to‘g‘rilovchining reimplantatsiyasidan tashkil topadi. K ichik oddiy ureterotseleda ba’zi jarrohlar
uni endoskopik transurethral kesim bilan cheklash imkoni bor deb
hisoblashadi. Agar reflyuks hosil bo‘Isa, unda keyin antireflyuks
operatsiyani amalga oshirishadi. Buyrakning o g ir zararlanishi b oiadigan kamdan kam holatlarda nefroureterektomiyani amalga oshirish
maqsadga muvofiq. Oddiy ureterotselening siydik trakti ikkilanishi
bilan noodatiy birlashuvida, tanlov operatsiyasi, hatto pastki siydik
nayiga obstruksiya yoki reflyuks boimaganda ham, ureterotsele
devorchasining («tomning kesilishi») qisman kesilishi va umumiy
qinda ikki siydik to‘g‘rilovchining reimplantatsiyasi hisoblanadi.
Ureterotseleni jarrohlikyo‘li bilan davolash deyarli siydik nayi
ektopiyasi prinsiplari bo‘yicha amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda
ureterotsele devorchasining endoskopik qisman kesilishi bilan
(«tomning kesilishi») sistoskopiya kam qoilanilmoqda. Ko‘krak
bolalarida kechiktirilgan rentgenogrammalar maiumoti yoki
intraoperatsion tekshiruv bo‘yicha buyrak parenximasi o‘zgarishlari
yo‘qligida yuqori siydik tozalovchi qolgan boiim i kesilishini
va ureterostomiya amalga oshirish maqsadga muvofiq, bunda
uning pastki qismini qorin orti sohasida ochiq qoldirishadi. Agar 242
buyrakning yuqori segmenti funksiyasi bo‘lmasa, unda siydik nayi
qoldig‘ini qisman ureterektomiya va drenirlash (yoki drenirlashsiz)
bilan y uqori geminefrektomiyani o‘tkazish kerak.
Operatsiya infeksiya fonida amalga oshirilayotgan holatlarda
oczida yopiq sohani namoyon qiladigan siydik to‘g‘rilovchining
qolgan qismini operatsiyadan so‘ng infeksiyalanishidan qochish
imkonini ikki metod beradi: retrograd kiritilgan kateter bilan
ureteral qoldiq drenirlanishi yoki ureterotselening endoskopik
qisman kesilishi («tomning olib tashlanishi»). Biz ureterotselening
qolgan segmentini o‘chirishga zaruriyat yo‘q deb hisoblaymiz.
Faqat keyinroq, agar pastki qutbiga reflyuks saqlansa ureterotsele
joyida hosil bolgan siydik pufagi mushak devorchasi nuqsoni
sohasida uning rekonstruksiyasi va pastki siydik to‘g‘rilovchi
reimplantatsiyasi bilan kombinatsiyada ureterotseleni pufak orqali
kesilishini amalga oshirish lozim.
Og‘ir ahvolda bo‘lgan bemorlami birinchi bosqichi ureterotsele
devorchasining qisman kesilishi («tomning olib tashlanishi») va
yuqori siydik nayini vaqtincha ajratish yoki drenirlashdan tashkil
topgan bosqichli davolash mumkin. Bemor holati keyinchalik
yaxshilangach, endi ancha ijobiy sharoitlarda pastki siydik nayi
reimplantatsiyasi bilan yoki usiz ureterektomiya yoki ureterostomiyani va geminefrektomiyani amalga oshirishadi. Ba’zan buyrak
yuqori segmentining yaxshi funksiyalanishi va yetarlicha saqlangan
yuqori siydik nayida jarrohlik yo‘li bilan to‘g‘rilash ureterotsele
devorchasining qisman kesilishi («tomning olib tashlanishi»), siydik
pufagi tubining rekonstruksiyasi va yuqori siydik to‘g‘rilovchi
diametrini konussimon kichraytirilishi yoki bu qo‘shimchasiz ikkala
siydik nayini yagona qinda reimplantatsiyasidan iborat bo‘ lishi
mumkin. Yaxshiyamki, total nefrektomiya va ureterektomiya
kamdan kam amalga oshiriladi va faqatgina obstruksiya yoki
reflyuks bo‘lishi yoki pastki segment obstruksiyasi natijasida yuqori
segment parenximasining o‘tkir ifodalangan o‘zgarishlari bo‘lganida
ko‘rsatilgan.