Маъруза машғулотлар мавзуси соат



Download 120,29 Kb.
bet105/107
Sana11.01.2022
Hajmi120,29 Kb.
#344197
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107
Bog'liq
6 МАЪРУЗАЛАР

Tashxisi. Eng avvalo, klinik belgilarga e’tibor beriladi. Ultratovush
lekshirishda qovuqda ovol shaklga ega boigan o‘zidan akustik soya
beruvchi tosh aniqlanadi (5.8-rasm). Tasviriy rentgenogramma hal qiluvchi ahamiyatga ega. Rentgen tasvirida toshning oMchami, uning
shakli va soni aniqlanadi (5.9-rasm). Rentgen tasviriga buyrakni ham
tushirish shart. Kichik yoshdagi bolalarda rentgeno-kontrast toshlar
ham tez-tez uchraydi. Buni aniqlash uchun sistoskopiya bajariladi.
Uretra orqali temir kateter bilan qovuq kateterlanganida toshga
urilgani bilinadi.

Davosi. Episistolitotomiya bajariladi. Qovuq usti sohasi o‘rta
chizig‘idan kesilib, qovuq ochiladi va tosh olib tashlanadi. Qovuq
devori ikki qavat qilib tikiladi. Agar operatsiya paytida qovuqdan
siydik bilan birga yiring chiqsa, qovuqda rezina naycha qoldiriladi.
Uretra toshi. Odatda, siydik nayidan tushgan tosh uretraning
ichki teshigiga kelib tiqiladi. Bola qattiq bezovta bo‘lib, chinqirib
yig‘laydi. Avvalo, siydik tomchilab chiqa boshlaydi, keyin esa uretra shilliq qavati shishganligidan siydik umuman chiqmay qo‘yadi.
Qovuq haddan tashqari kattalashib, siydik uretradan sizib chiqa
boshlaydi. Bu siydikning o‘tkir tutilishi, deb ataladi. Uretraning
toshdan qattiq obturatsiyalanishidan kuchli og‘riq paydo boiadi.
Bu ogiiq kuchini kamaytirish uchun bolalar tashqi jinsiy a’zolarini
barmoqlari bilan silab ezgilaydilar. Umumiy rentgen tasvir orqali
tashxis qo‘yish mumkin (5.10-rasm).
Qovuqdagi bosim ortishidan tosh uretraning distal tarafi tomon
siljiy boshlaydi. Tosh uning membrana qismida yoki uretra tashqi
teshigi tutash joyida tiqilib qolishi sababli shishib, flegmonaga
aylanib ketishi ham mumkin. Davosi. Tosh tiqilib qolganda K.X. Toxirov tomonidan taklif
qilingan va amaliyotda keng qoilanilayotgan usuldan foydalaniladi:
1 %li iliq novokain eritmasi glitserin bilan teng yarim qilib
aralashtiriladi va uretraning tashqi teshigidan kerakli kuch bilan
yuboriladi. Oqibatda tiqilib qolgan tosh qovuqqa qaytib tushadi va
siydik kuchli oqim bilan chiqadi. Shundan keyin qovuqqa rezina
kateter qo‘yiladi va bola rejali ravishda operatsiya qilinadi.
Agar tosh uretraning distal qismida tiqilib qolgan boisa,
konservativ usuldan foydalaniladi: analgetik, spazmolitik eritmalar
yuborilib, bola badanini kuydirmaydigan issiq vannaga solinadi
(sathi qovuq usti sohasigacha chiqishi zarur). Bu usuldan keyin
ham tosh uretradan chiqib ketmasa, Toxirov usuli qo‘llaniladi. Agar
tosh uretraning tashqi teshigiga kelib tiqilib qolgan boisa, teshik
kengay tirilib, tosh pinset yoki «moskit» qisqichi bilan olib tashlanadi.
Shuni esda tutish kerakki, bolalarda uretraga tiqilib qolgan toshni
ustidan kesib bo‘lmaydi, ya’ni uretrolitotomiya qilinmaydi.

Download 120,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish