M. R. Usmanov Turizm geografiyasi udk 911. 3(575. 13)



Download 2,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/146
Sana04.10.2022
Hajmi2,5 Mb.
#851372
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   146
Bog'liq
Turizm geografiyasi YANGISI

Buyuk Britaniya
. Mamlakatning umumiy maydoni 244101 kv. 
km. Aholisining soni 67,545,757 kishi bo‗lib (2019), ularning 82% 
ni inglizlar tashkil etadi. Poytaxti London shahri. Savodxonlik 
darajasi 99%. Ichki milliy mahsulotning umumiy xajmi 1 trillion 
138,4 milliard AQSH dollari (jon boshiga 19641 AQSH dollari). 
Britaniyaliklar, ayniqsa, ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda 
faollik bilan sayohat qila boshlashdi. Sayohatlar miqdorining 
o‗sishiga 1970-yillardagi neft inqirozi va 1980-yillardagi iqtisodiy 
tushkunlik salbiy ta‘sir ko‗rsatdi. 
Shu bilan birga biznes-turlar miqdorining o‗sishi davom etdi. 
Masalan, agar 1978-yili biznes-turning soni 17 million bo‗lgan 
bo‗lsa, 1980-yili ularning soni 20 millionga etdi. 1970-yillardan 
boshlab 
tashqi 
turizm 
ichki 
turizmga 
nisbatan 
faolroq 
rivojlanmoqda. Britaniyaliklar ta‘tillarini dunyoning eng yaxshi 
kurortlarida Ispaniya, Fransiya, Gretsiya, Kipr, Portugaliya, Tunis 
va Turkiyada o‗tkazishni xush ko‗radilar. Yoz faslida, ayniqsa 
Amerika kurortlaridan Mayami britaniyaliklar orasida mashhur 
bo‗lib qoladi. Ekzotik yo‗nalishlar Tailand, Gambiya hamda Karib 
dengizi havzasidagi mamlakatlarga sayohat qilish ham muhim o‗rin 
egallaydi. 1977-1979-yillarda Buyuk Britaniyaga 12,5 million xorij 
sayyohlari kelgan bo‗lsa, 1980-yillarning boshida ularning soni 


74 
biroz qisqardi (11,4 mln). 1992-yili bu ko‗rsatkich 18,1 million 
turistni tashkil etdi. Buyuk Britaniyaga tashrif buyurayotganlarning 
43% ta‘tilini o‗tkazish uchun, 21% ish bilan keladi. Xorijlik 
mehmonlarning 50% Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan, qolgan 
qismi Shimoliy Amerikadan tashrif buyuradi. 
Londonning metrosi dunyodagi eng qadimgi bo‗lib, 1863-yili 
ishga tushgan. Qizig‗i shundaki, dastlabki lokomotivlar bug‗ 
yuritgichlarida ishlagan. Dunyodagi eng hashamatli magazinlar ham 
Londonda mujassamlashgan. Faqat poytaxtning o‗zida 14000 ga 
yaqin restoranlar joylashgan. Buyuk Britaniyaning mashhur 
shaharlaridan biri Oksford, birinchi navbatda, shuhrat qozongan 
o‗quv markazi sifatida turistlarni jalb etadi. Oksford 912- yili tashkil 
topgan bo‗lib, hozirga qadar ingliz tilini dunyo miqyosida tashviqot 
qilishda juda muhim o‗rin egallaydi. Buyuk Britaniyaning shimolida 
joylashgan Shotlandiyaning qadimgi poytaxti — Edinburg (hozirgi 
poytaxti Glazgo) turizm tizimida muhim o‗rin egallaydi. Mahalliy 
mintaqa asosan tog‗ rel`efidan iborat bo‗lganligiga qaramasdan, bu 
yerda o‗rta asrlarda ko‗plab qasrlar qurilgan. Ayniqsa, l33 metr 
balandlikdagi qoyada bunyod etilgan qadimgi qasr, sayyohlar 
orasida katta qiziqish uyg‗otadi. Edinburgda har yili bir marta 
harbiy orkestrlarning xalqaro festivali o‗tkazilib, «Tatu» nomi bilan 
mashhur bo‗lgan. Turistlarni Shotlandiyaga jalb etuvchi xususiyatlar 
qatoriga Lox-Ness ko‗li ham kiradi. Ingliz taomlari ham o‗ziga xos 
bo‗lib, dunyo restoranlarining taomnomasiga kirgan. Dunyoda 
mashhur bo‗lgan britaniyaliklarning iborasi «Mening uyim - mening 
qasrim» mahalliy aholining xarakterini ifodalaydi. Britaniyaliklar 
uchun azaldan oila va u bilan bog‗liq bo‗lgan barcha muammolar 
muqaddas hisoblangan. Kamchiliklar ovoza qilinmagan. Shu bilan 
birga, keyingi yillarda bu sohada ham o‗zgarishlar bo‗la boshladi. 
Britaniyaliklarning qadimgi urf-odatlarga sodiqligi va ma‘lum 
darajada konservatorligi hayotning ko‗p sohalariga hozir ham ta‘sir 
ko‗rsatadi. 

Download 2,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish