72
Norvegiyaliklarning milliy kiyimi «bunad» deb ataladi.
Hozirda «bunad» odatda bayram va tantanalarda kiyiladi. Mahalliy
taomnomada baliqdan tayyorlangan turli ovqatlar katta o‗rin
egallaydi. Turistlarda katta qiziqishni mahalliy sutli taomlar
uyg‗otadi. Ayniqsa, echki sutidan tayyorlangan pishloq, tuzsiz non
(«flatbryod»), qaymoqli bo‗tqa («fletegryot») o‗ziga xosligi bilan
sayyoxlarni o‗ziga jalb etadi. Skandinaviya xalqlarining milliy
afsonalari «saga» deb ataladi. Bulardagi
turli personajlar kino va
televidenie orqali dunyoning turli nuqtalariga tarqalgan.
Daniya
- maydoni 43,094 km
2
(Grenlandiya va Farer
orollarisiz). Aholisining soni – 5,811,413 kishi (2018). Poytaxti
- Kopengagen shahri. Urbanizatsiya darajasi 85%. Savodxonlik
darajasi 99%. Ichki milliy mahsulotning umumiy hajmi - 112,8
milliard AQSH dollari (jon boshiga 21,772 AQSH dollari).
Mamlakat qishloqlaridagi qurilish uslubi «Solskifte» deb nom
olgan. Daniyada milliy an‘analarga katta e‘tibor beriladi. O‗rta
asrlarda qurilgan shamol tegirmonlari mamlakatga o‗ziga xos
joziba beradi. Qadimgi qasrlar va ibodatxonalar ko‗plab
turistlarni jalb etadi. Butun dunyoda, asli daniyalik bo‗lgan,
bolalar yozuvchisi Gans Xristian Anderesen juda mashhur.
Uning ertaklaridagi personajlarining haykallari butun Daniya
bo‗ylab qo‗yilgan.
Eng mashhurlaridan biri, poytaxt
Kopengagendagi «Suv parisi» haykali hisoblanadi. Poytaxtning
nomi datchada «savdogarlarning shahri» ma‘nosini anglatadi.
Kopengagenda mashhur pivo zavodlari «Karlsberg» va
«Tyuborg», hamda «Kopengagen qirol farfor zavodi»
qarorgohlari joylashgan. Sayyohlarni poytaxtda kutib oluvchi
eng yirik otellar «Radisson sas Royyal» va «Kosmopole». O‗rta
asrlarda qurilgan ko‗p shaharlarning tashqi qiyofasi qonuzgacha
saqlanib qolgan. Ko‗p asrlik tarixi mobaynida Daniya xalqi o‗ziga
xos madaniyatni shakllantirdi. Milliy
liboslarda yugurayotgan
hayvonlarning tasviri katta o‗rin egallaydi.
Milliy taomnomada kartoshka va cho‗chqa go‗shti katta o‗rin
egallaydi. Ichimliklar orasida pivo juda mashhur bo‗lib, uning
iste‘moli bo‗yicha Daniya Yevropada yuqori o‗rinlardan birini
egallaydi. Ta‘lim tizimida Yevropada eng qadimgilardan biri
73
Kopengagen universiteti (1479-yili tashkil etilgan) alohida o‗rin
egallaydi. Bu mamlakatga Germaniyaning yaqin bo‗lgani alohida
ahamiyat kasb etadi. Sayyohlarning 37% aynan Germaniyadan
tashrif buyurishi tasodif emas. Daniya
tarixiy yodgorliklar va
muzeylarga boy bo‗lib, poytaxt Kopengagen bosh turistik
markaz hisoblanadi. 1990-yili bu shahar barcha xorijiy
mehmonlarning 28% ini qabul qildi. Kopengagenning, ayniqsa
Tiuoli-Garden hiyoboni mashhur. Bu bog‗ 1843-yili
ochilgan
bo‗lib, dunyodagi eng birinchi atrraksionlar bog‗i hisoblanadi.
Tivoli-Gardenga har yili 4 millionga yaqin mehmonlar tashrif
buyuradilar. Legolend nomli xiyobon har yili millionga yaqin
mehmonlarni qabul qiladi, ayniqsa britaniyaliklar shu yerni xush
ko‗radilar. Skandinaviyaliklar xorij turizmida Germaniya, Fransiya,
Buyuk
Britaniya, Polsha va O‗rta dengizi qirg‗og‗idagi
mamlakatlarga ko‗proq e‘tibor beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: