M. R. Usmanov Turizm geografiyasi udk 911. 3(575. 13)



Download 2,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/146
Sana04.10.2022
Hajmi2,5 Mb.
#851372
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   146
Bog'liq
Turizm geografiyasi YANGISI

Chexiya va Slovakiya
1993-yil Chexoslovakiya davlati 2 
qismga bo‗linib ketdi. Chexoslovakiya Sharqiy Yevropaning eng 
yirik turistik markazi edi. Yiliga bu yerga 24,6 million sayyoh
kelgan. Mahalliy aholi asosan Vengriya, Germaniya, Polsha va 
Avstriyaga sayohat qiladi. 1989-1991- yillardan boshlab turizm 
sohasi tez rivojlana boshladi. 
Chexiya
ning umumiy maydoni 78864 km
2
. Aholisining 
soni 10 million 649 ming kishini tashkil etib, ularning 94% 
chexlardan iborat (2019). Poytaxti Praga shahri.
Slovakiya
ning maydoni 49035 km
2
. Aholisining soni 5 
million 455 ming kishi (2019). Ularning 85% slovaklardan 
iborat. Poytaxti Bratislava. Savodxonlik darajasi 99%. Chexiyada 
turizmni rivojlantirish uchun yirik xorij sarmoyalari kiritilmoqda. 
Slovakiyadagi Bratislaua, Koshise, Preshou, Jilina, Banska-Bistrisa 
va boshqa. Mashhur kurortlar Tatra tog‗ yonbag‗irlarida ko‗p 
bunyod etilgan. «Ozon», «Elizabeta», «Astoriya», «Yontana» va 
boshqa sanatoriylar sayyohlarni hamda mahalliy aholini o‗ziga jalb 
e tadi. 


86 
Slovaklarning Zvolen shahrida eksportga chiqariluvchi brinza va 
dudlangan pishloqlar «oshtepok» va «parenisa» (ishlab chiqarish 
markazlari Liptov hamda Banska-Bistritsa shaharlari) mashhur.
Vengriya
mamlakatning maydoni 93030 km
2
. Aholisining 
soni 9 million 772 ming kishi (2019). Poytaxti Budapesht shahri. 
Savodxonlik darajasi 99%. Ichki milliy mahsulotning umumiy 
hajmi 72,5 milliard AQSH dollari (kishi jon boshiga 7042 AQSH 
dollari). 
Vengriya Sharqiy Yevropaning eng barqaror davlati hisoblanadi. 
Vengriyaga kelayotgan turistlarning asosiy qismi Avstriya, Germaniya, 
Slovakiya, Sloveniya va Ruminiyaga to‗g‗ri keladi. Tekislik 
mintaqalarida chorvachilik yaxshi rivojlangan. Mahalliy otliq 
cho‗ponlar «chikoshi»lar milliy liboslarda yurgani sababli 
sayyohlarni jalb etadi. Azaldan «chikoshi»lar quritilgan xamir 
(«tarxonya») dan tayyorlangan taomlarni iste‘mol qiladilar. Yog‗li 
ovqatlardan cho‗chqa go‗shtidan tayyorlangan qalampirli taomlar 
katta o‗rin egallaydi. Vengrlarning quyuq qalampirli sho‗rvasi 
«gulyash» xorijda ham juda mashhur. Ichimliklardan qora kofe 
ko‗proq iste‘mol qilinadi.
Polsha
mamlakat maydoni 313895 km
2
. Aholisining soni 38 
million 313 ming kishi (2019). Poytaxti Varshava shahri. 
Savodxonlik darajasi 99%. Ichki milliy mahsulotning umumiy 
hajmi 226,7 milliard AQSH dollari (jon boshiga 5882 AQSH 
dollari). 
Polsha aholi soni bo‗yicha mintaqadagi eng yirik mamlakat 
hisoblanadi. Siyosiy o‗zgarishlar 1989-1992-yillarda xorijlik turistlar 
sonining birmuncha kamayishiga olib keldi. Shu bilan birga G‗arb 
davlatlaridan, jumladan, Germaniyadan tashrif buyuruvchilar soni o‗sa 
boshladi. Turizm infratuzilmasi Chexiya va Vengriyaga nisbatan past 
rivojlangan. Polshada azaldan katolik mazhabining ta‘siri kuchli 
bo‗lgan. 1978-yili asli polyak bo‗lgan Karol Voytila Rim papasi etib 
saylangandan keyin bu ta‘sir yanada kuchayib ketdi. 
Polyaklarning 
milliy 
kiyimlaridan 
«kerpse» 
(yozgi 
poyabzalning turi), «sukman» (kurtkaning turi) va boshqalarni 
ajratsa bo‗ladi. Liboslarda turli tasvir va ornamentlarga katta e‘tibor 


87 
beriladi. Chorva mahsulotlarini iste‘mol qilish bo‗yicha Polsha 
Sharqiy Yevropa mamlakatlari ichida yuqori o‗rinni e gallaydi. 
Polyak taomnomasida brinza, pishloq va boshqa sutli 
mahsulotlar ko‗p. Karamdan tayyorlangan taomlar ham mashhur 
bo‗lib, maxsus sho‗rva «bigos» keng tarqalgan. Shirinliklardan kichik 
pecheniy turi «nouoletka» iste‘mol qilinadi. To‗y marosimlarida 
azaliy urf-odatlar qishloq mintaqalarida saqlanib qolgan.

Download 2,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish