M. R. Usmanov Turizm geografiyasi udk 911. 3(575. 13)


Janubiy Yevropa subregioni



Download 2,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/146
Sana04.10.2022
Hajmi2,5 Mb.
#851372
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   146
Bog'liq
Turizm geografiyasi YANGISI

 
6.5.Janubiy Yevropa subregioni 
 
Janubiy Yevropa subregioni. 
Janubiy Yevropa siyosiy 
xaritasida Ispaniya, Portugaliya, Italiya, Gretsiya hamda Andorra, 
San-Marino, Mal`ta va Vatikan ―mitti‖ davlatlari joylashgan. Bu 
davlatlar iqtisodiy-geografi k o‗rni va xo‗jalik rivojlanishi jihatidan 
uzoq tarixi davomida O‗rta dengiz bilan chambarchas bog‗liqligi 
sababli Yevropaning O‗rta dengizbo‗yi mamlakatlari deb ham 
ataladi. Bu mintaqa Yevropa sivilizatsiyasi va madaniyatining chin 
beshigi hisoblanadi, chunki bu qit‘adagi eng qadimgi davlatlar 
Gretsiya bilan Rim aynan O‗rta dengiz qirg‗oqlarida rivoj topgan. 
Malta O‗rta dengizdagi orollarda joylashgan kichik davlat bo‗lsa, 
subregionning qolgan davlatlari geografik o‗rni nuqtai nazaridan 
yarim orol mamlakatlari hisoblanadi. Andorra, San-Marino, Vatikan 
davlatlari yarim orollarda joylashsada, dengizga chiqish imkoniyati 
yo‗q. San-Marino bilan Vatikan anklav davlatlar
 
hisoblanadi, 
chunki ular faqat bitta davlat, ya‘ni Italiya bilan chegaradosh bo‗lib, 
butunligicha uning hududi bilan o‗ralgan. Janubiy Yevropa 
mamlakatlaridan Ispaniya va Andorra boshqaruv shakli jihatidan 
konstitutsiyaviy monarxiya, Vatikan davlati Yevropada yagona 
mutlaq teokratik monarxiya (davlat rahbari Rim-katolik cherkovi 
etakchisi hisoblanmish Rim Papasi), qolganlari esa respublikadir. 
Janubiy Yevropa davlatlari O‗rta dengiz geosinklinal mintaqasida 
joylashganligi tufayli seysmik jihatdan faol hudud hisoblanadi. 
Qadimdan olamga mashhur etna, Vezuviy, Stromboli vulqonlari 
ham Yevropaning shu qismida joylashgan. Foydali qazilmalardan 
rangli metall rudalari va mineral tuzlar zaxiralari mavjud. O‗rta 
dengiz tipidagi subtropik iqlim (yozi issiq, birmuncha quruq, qishi 
esa iliq va yomg‗irli) qishloq xo‗jaligi va turizm uchun juda qulay 
sharoit yaratadi. Lekin Yevropaning boshqa subregionlarga nisbatan 
suv resurslar bilan ta‘minlanish darajasi pastroq bo‗ib, ayrim 
hududlarda suv tanqisligi ham sezilmoqda. Janubiy Yevropadagi 
demografik vaziyatga aholining tabiiy va migratsion ko‗payishining 


80 
past ko‗rsatkichlari xos. Ular orasida, ayniqsa, aholisi kamayib 
borayotgan Ispaniya, Portugaliya va Gretsiya davlatlari alohida 
ajralib turadi. Rivojlanayotgan davlatlardan, xususan Shimoliy 
Afrikadan, ko‗plab immigrantlar ko‗chib kelishi bilan bir vaqtda bu 
yerdan G‗arbiy Yevropa mamlakatlariga tomon emigratsion 
oqimning faolligi subregionning migratsiya qoldig‗ini ancha 
pasaytiradi, yuqorida aytib o‗tilgan davlatlarda esa manfiy 
ko‗rsatkichlargacha tushirmoqda. Janubiy Yevropa rel`efi, asosan, 
tog‗lardan iborat bo‗lganligi tufayli aholisi juda notekis joylashib, 
asosan qirg‗oqbo‗yi tekisliklari va daryo vodiylarida joylashgan. 
Urbanizatsiya Shimoliy va G‗arbiy Yevropa mamlakatlariga 
nisbatan biroz pastroq bo‗lsada, 60 foizdan yuqori darajada. 
Yevropaning O‗rta dengizbo‗yi mamlakatlari Shimoliy va G‗arbiy 
Yevropa 
davlatlariga 
nisbatan 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish 
ko‗rsatkichlari nisbatan past. Ayniqsa, Gretsiya, Ispaniya va 
Portugaliya iqtisodiyotidagi inqirozli vaziyat Yevropa Ittifoqi 
doirasida ko‗zga tashlanadi. Italiya garchi ―katta ettilik‖ guruhi 
a‘zosi bo‗lsada, mamlakatning turli hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishi keskin farq qiladi. Shimoliy Italiya Yevropadagi eng 
rivojlangan iqtisodiy rayonlardan biri hisoblansa, Janubiy Italiya, 
aksincha, Yevroittifoqning eng qoloq rayonlaridan biri hisoblanadi. 
Xalqaro mehnat taqsimotida Janubiy Yevropa mamlakatlari, eng 
avvalo, subtropik dehqonchilik (uzum, sitrus mevalari, yong‗oq, 
zaytun va hokazo) bilan turizmga ixtisoslashgan. Bu subregion 
dengiz turizmining dunyodagi eng yirik rayoni hisoblanadi.
Italiya
ning umumiy maydoni 301,3 ming km
2
. Aholisining 
soni 60,588,366 kishi (2018), (Yevropada Germaniyadan keyin 2-
o‗rinda turadi). Poytaxti Rim shahri. Milliy jihatdan aholining 98% 
ni italiyaliklar tashkil etadi. Savodxonlik darajasi 97%. Ichki 
milliy mahsulotning umumiy hajmi 1 trillion 88,6 milliard 
AQSH dollari (jon boshiga 19209 AQSH dollari). 
XX asrda Italiya dunyoning eng yirik turistik markazlaridan 
biriga aylandi. 1991-yili O‗rta dengizi havzasiga tashrif 
buyurayotgan sayyohlarning 36% aynan shu mamlakatga keldi. 
Italiyaning asosiy turistik zaxiralariga tog‗lar, ko‗llar va madaniy 
boyliklar kiradi. Kelayotganlarning 45% ni Italiyaning madaniy-


81 
tarixiy boyliklari qiziqtiradi. Xalqaro turizm mamlakatning 
shimolida mujassamlashgan. Mehmonlarni qabul qilish bo‗yicha 
1-o‗rinni Venetto shahri egallaydi. Barcha turistlarning 20% shu 
yerga keladi. Undan keyin Toskano va Alto-Adije shaharlari 
turadi (har biriga 13%). 39 mlnga yaqin italiyaliklar o‗z 
kurortlarida dam olishni xush ko‗radilar. Emiliya-Romanya, 
Venetto, Toskano va Lombardiya viloyatlari, o‗rtacha har biri
ichki turistlarning 10% ni qabul qiladi. Mehmonxonalarning 
asosiy qismi (46,l%) mamlakatning shimoli-sharqida joylashgan. 
Ayniqsa, Trentino va Alto-Adije hududlarida mehmonxonalar ko‗p 
qurilgan. 1980-yillarda Yevropa Ittifoqi yordami bilan Italiyaning 
janubi Medzojorno mintaqasida yangi loyiha bo‗yicha turistik 
infratuzilma rivojlantirila boshlandi. Natijada qo‗shimcha 65 
ming mehmonxona nomerlari tashkil etildi. Turistlarning asosiy 
qismi 3 yulduzli otellarda joylashadi. SHuningdek kemping, turistik 
qishloqlar, dam olish uylari, yoshlar markazlari, xususiy 
xonadonlar, alp uylar tizimi ham yaxshi rivojlangan. Tashqi 
turistlar asosan qo‗shni Germaniya, Fransiya. Avstriya va 
Shveytsariyadan tashrif buyuradilar. AQSH va Yaponiyadan 
kelgan sayyohlar asosan Rim, Florensiya va Venetsiya 
shaharlarini xush ko‗radilar. 
Rim mamlakatning poytaxti bo‗lib, qadimgi yodgorliklarga 
juda boy. Italiyadagi dengiz kurortlaridan quyidagilari eng 
mashhur: Liguriya, Rimini, Lido de ezolo, Kaorle, Cherviya, Pezaro, 
Linyano va boshqalar. Alohida guruh sifatida tog‗ kurortlarini 
ajratsa bo‗ladi, masalan: Kurmayor, Kronplas, Val Gardena
Sestrier, Madonna de Kampilo, Passo Tonale va boshqalar. 
Italiyaning milliy taomnomasidagi eng mashhur hamda dunyo 
miqyosida tarqalgan taom «pitsa» bo‗lib, uning turlari talaygina. 
Restoranlarda ko‗p taqdim etiladigan maxsus gazak «chipole» 
tarkibida qizil qalampir bor. Italiyaliklar orasida «anguila» (baliq 
sho‗rvaning bir turi) taomi ham mashhur. Ichimliklardan kofe ko‗p 
imte‘mol qilinadi. Spirtli ichimliklardan oq vino «Tokay» hamda 
qizil vino «Kaberne» sayyohlar orasida ham katta shuhrat qozongan. 
Italiyaliklar kiyimga katta e‘tibor beradilar va ayniqsa, bayramlarda 


82 
chiroyli kiyinishni yoqtiradilar. Italiyaliklarga xos bo‗lgan yana bir 
xususiyat har bir italiyalik o‗z tug‗ilgan hududini juda hurmat qiladi.

Download 2,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish