M. R. Usmanov Turizm geografiyasi udk 911. 3(575. 13)



Download 2,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/146
Sana04.10.2022
Hajmi2,5 Mb.
#851372
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   146
Bog'liq
Turizm geografiyasi YANGISI

Portugaliya
mamlakatning maydoni 91985 km
2
(shu 
jumladan, orollarining maydoni 3,4 ming km
2
). Aholisining soni 
10 milion 600 ming kishi (2018). Poytahti Lissabon shahri. Ichki 
milliy mahsulotning umumiy hajmi 116,2 milliard AQSH 
dollari (jon boshiga 11665 AQSH dollari). Mahalliy turizm 
industriyasi Ispaniyanikidan miqyos bo‗yicha qolsada, ikki 
mamlakat o‗rtasida juda ko‗p umumiylik mavjud. Masalan, 
ikkala mamlakatda ham turizm mintaqasi kichik hududlarda, 
mamlakatning ichkarisida hamda janubiy qirg‗oqlarda joylashgan. 
Turistlarning eng gavjum joyi Portugaliyaning janubiy qismi 
Algarva viloyatiga to‗g‗ri keladi. G‗arbiy Afrika qirg‗oqlari yaqinida 
joylashgan va Portugaliyaga qarashli Madeyra oroli qishki turizmda 
muhim o‗rin egallaydi. Portugaliyaliklarning taxminan 30% o‗z 
mamlakatida dam oladi. Bu ko‗rsatkich Yevropadagi boshqa 
davlatlardan birmuncha pastroq. Portugaliya har yili 20 millionga 
yaqin turistlarni qabul qiladi. Bularning ko‗pchiligi bir kunlik 
turistlardir. 
Sayyohlar 
asosan 
Ispaniya, 
Buyuk 
Britaniya, 
Germaniya, Fransiya, Niderlandiya, Italiya va AQSHdan tashrif 
buyuradi. 
Gretsiya
mamlakatning umumiy maydoni 131 957 km
2

Aholisining soni 10 million 741 ming kishi (2018). Poytaxti 
Afina shahri. Savodxonlik darajasi 95%. Ichki milliy 
mahsulotning umumiy hajmi 101,7 mlrd AQSH dollari (jon 
boshiga 9686 AQSH dollari). 
Mamlakat hududi asosan orollardan iborat. Gretsiya tarkibiga 
O‗rta dengizidagi eng yirik orol Krit oroli kiradi. Ko‗p yillar 
mobaynida mamlakat tarixiy-madaniy turizmga yondashgani 
sababli ommaviy turizm Gretsiya uchun yangi soha hisoblanadi. 
Tarixiy-madaniy turizm 1950-yillarda, ayniqsa AQSHdan 
turistlarni ko‗p jalb etardi. Hozirda turistlar mamlakatga asosan 
Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya va Fransiyadan 
tashrif buyurmoqda. Afina Gretsiyaning poytaxti va shu bilan birga 
asosiy turistik markazi. Omoniya nomli kvartalda nisbatan arzon 


84 
buyum va suvenirlar sotiladi. Shu sabab bu yerda sayyohlar doimo 
gavjum. 
Salonika mashhur tarixiy shahar bo‗lib, XV asrda turklar 
tomonidan qurilgan Oq Minora shaharning ramzi hisoblanadi. 
Asosiy otellar: «Makedoniya Palas», «Elektra Palas», «Park», «El 
Greko», «Qirolicha Olga» va boshqalar. Kastoriya shaharning nomi, 
oliy xudo Zevsning o‗g‗li Kastor ismi bilan bog‗liq.
Gretsiya o‗zining dengiz bo‗yidagi kurortlari bilan shuhrat 
qozongan. Pieriya kurortining ramzi mahalliy Olimp tog‗i 
hisoblanib, uning balandligi 2917 metr. Olimp tog‗i va uning 
atroflaridagi hudud 1937- yildan milliy qo‗riqxona deb e‘lon 
qilingan. Gretsiyaga tegishli bo‗lgan orollar ham turizm 
infratuzilmasida juda muhim ahamiyatga ega. Ioniya orollari bu 
yerning asosiy markazi Korfu; Itaka oroli afsonaviy Odisseyning 
vatanidir. Kikladi orollari bu mintaqa go‗zalligi 
sababli 
«Gretsiyaning durdonasi» deb ataladi. Rodos oroli mamlakatning 
eng qadimgi savdo markazlaridan biri. «Krit oroli Yevropaning 
e ng qadimgi davlat birlashmalari aynan shu yerda paydo bo‗lgan. 

Download 2,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish