Issn 2181-9580 toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 4,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/299
Sana03.06.2022
Hajmi4,96 Mb.
#632497
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   299
Bog'liq
7908 1061 TDPU I A 2-son 2020

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 
 
2020/2
 
nazaridan o‘rgandi. Ozod Sharafiddinov ilk kitobidayoq qalb, poeziya masalasini ko‘targan 
edi. Olimning barcha asarlari, maqolalarida qalb bilan bog‘liq muammolar asos qilib olinadi”. 
Taniqli adabiyotshunos olim A.Rasulovning ushbu fikrlari, ayrim istisnolar borligiga 
qaramay, XX asr adabiyot ilmining uch zabardast olimi, ularning ilmiy konsepsiyasi va uslubiy 
o‘ziga xosligini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Buni biz ko‘plab olimlarning haqli 
e’tiroflarida ko‘ramiz. Taniqli adabiyotshunos olim H.Umurov 60-yillar tanqidchiligi haqida 
fikr yuritar ekan, M.Qo‘shjonovning munaqqidlik mahoratini A.Qodiriy va Oybek romanlari 
tadqiqiga bag‘ishlangan tadqiqotlari tahlili orqali yoritadi. Olimning “Abdulla Qodiriyning 
tasvirlash san’ati” kitobida yozuvchining san’atkorligi, avvalo, romanda tasvirlanayotgan 
tarixiy davrning qaysi jihatlari qayday aks etgani bilan, adib qay darajada yangi so‘z ayta 
olgani, asardagi obrazlar, xarakterlarni badiiy unsurlar, haqqoniy detallar orqali tahlil qila 
olishida, deb belgilaydi. “Ana shu tahlilni o‘rni kelganda o‘zining his-hayajoni, “dardi” va 
e’tiqodi bilan, publitsistik ruh va falsafiylik bilan charxlaydi”
1
. Bu fikrlar olimning 
M.Qo‘shjonov ilmiy uslubining o‘ziga xosligini aniq-tiniq ifodalovchi xulosadir.
Darhaqiqat, M.Qo‘shjonov ilmiy tahlillarida asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari 
bilan qahramonlar xarakterining shakllanish jarayoni izchil, sistemali, mantiqan asoslangan 
kuzatishlar yetakchilik qiladi. Munaqqid talqinlariga xos xususiyatlardan yana biri quruq 
akademizm o‘rniga jonli mulohazalar, ilmiy tahlil bilan publitsistik ruh hamda obrazli 
ifodaning o‘zaro birikib ketishi, ba’zan esa badiiy ifoda va hayotiy lavhalardan ham o‘rinli 
foydalanishida ko‘zga tashlanadi. Bunday talqin usuli mutaxassislarni ham, oddiy kitobxonni 
ham o‘ziga birdek jalb qilib, olim adabiy-tanqidiy kuzatishlarini ham xuddi badiiy asar singari 
qiziqish bilan o‘qishiga olib keladi. Tanqidchining ehtirosi o‘quvchiga ham “yuqadi”, uning 
munaqqiddek xulosalarga kelishiga zamin tayyorlaydi. Tanqidchi fikrining asosli ekanligiga 
kitobxonda chuqur ishonch hosil bo‘lishi bilan birga yozuvchining o‘ziga xos ijod 
psixologiyasini to‘la his qilishga, aniq tushunishga yordam beradi”
2
, deb yozadi H.Umurov bu 
haqda. O‘rol O‘tayevning “Tanqid va uslub” nomli adabiy-tanqidiy maqolalar to‘plamida ham 
M.Qo‘shjonov ilmiy-ijodiy faoliyatini yorituvchi bir necha maqolalar o‘rin olgan. Munaqqid 
M.Qo‘shjonovning adabiy jamoatchilikda “Mahoratshunos olim” deya e’tirof etilganini 
ta’kidlar ekan, A.Qodiriyning qahramon yaratish mahoratini ochuvchi kuzatishlarini 
umumlashtirib, quyidagi fikrlarni bayon etadi: “A.Qodiriy badiiy mahorati qirralarini – sir 
saqlash, taqqoslash, ichki va tashqi qarama-qarshiliklar zanjiri, aks tasvir kabi badiiy tasvir 
vositalarini tahlil qilish orqali Otabek va Kumush obrazlarini to‘laroq ochishga intiladi”
3

O‘.O‘tayev boshqa bir o‘rinda olimning tahlil usuli va uslubiy o‘ziga xosligiga to‘xtalib, tahlil 
jarayonida “qayta yaratish” mahoratiga ham e’tibor qaratadi. “M.Qo‘shjonovning A.Qodiriy, 
Oybek, A.Qahhor ijodiga oid tadqiqotlarini ko‘zdan kechirarkansiz, yana bir o‘ziga xoslikka – 
obrazlarni adabiyotshunoslik yo‘li bilan qaytadan yaratish usuliga duch kelasiz. Tanqidchi 
“O‘tkan kunlar”, “Qutlug‘ qon”, “Navoiy”, “Sarob” asarlaridagi xarakterlarni xuddi shu 
yo‘sinda tahlil qilib, go‘yo adabiyotshunoslik yo‘li bilan qaytadan yaratadi”
4
. Darhaqiqat, olim 
ta’kidlayotgan qayta yaratish usuli, keng ma’noda esa, badiiy matn bilan ishlash, asardagi 
barcha komponentlarni yagona markaz – ijodkorning g‘oyaviy-estetik konsepsiyasi va 
qahramon yaratish muammosi bilan uyg‘un tarzda tahlilga tortish, matndagi butun bilan 
qism o‘rtasidagi aloqadorlikni badiiy mahorat nuqtayi nazaridan tadqiq etish 
1
Расулов А. Танқид, талқин, баҳолаш. –Т.: ФАН, 2016. 
2
Умуров Ҳ. Таҳлил санъати. – Т., 1978.
3
Ўтаев Ў. Танқид ва услуб. – Т., 1979. 
4
Ўтаев Ў. Танқид ва услуб. – Т., 1979. 
253



Download 4,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish