TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
M.Qo‘shjonovning o‘zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligida yangi yo‘nalishlar sifatida
e’tirof etildi.
Olimning ilmiy-ijodiy merosini va ilmiy salohiyatini baholash nuqtayi nazaridan 2012-
yilda chop etilgan “Matyoqub Qo‘shjonov zamondoshlar xotirasida” kitobida jamlangan
maqolalar xarakterlidir. Atoqli adabiyotshunos olimlar, hamkasblar va shogirdlar bildirgan
dil so‘zlarda asosiy e’tibor M.Qo‘shjonovning o‘zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligiga
olib kirgan yangicha konsepsiyasi, tahlil va talqin usullari, ilmiy jasorati kabi masalalarga
qaratiladi. Jumladan, Izzat Sulton olimning 80 yilligi munosabati bilan yozilgan “Jasorat”
nomli maqolasida uning ilmiy portretini chizar ekan, 50-yillardayoq “Zvezda Vostoka”
jurnalida chop ettirgan “Xarakterlar shakllanishi” nomli ilk maqolasi bilan adabiy
jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otgani, o‘ziga ma’qul kelgani bois ma’qullovchi
munosabatini matbuot orqali bildirganini yozadi.
M.Qo‘shjonov haqida yozar ekan, olim uning shogirdi N.Xudoyberganov tomonidan
aytilgan “Qo‘shjonov maktabi” haqidagi fikrlarini qo‘llab-quvvatlaydi. I.Sulton M.Qo‘shjonov
yaratgan maktabning ilmiy konsepsiyasi yashovchanligini birinchi navbatda iste’dodli
yozuvchilar asarlarini badiiy mahorat nuqtayi nazaridan tadqiq etishda deb biladi. “Olim
talant nima, adabiyotdagi badiiylik nimadan iborat ekanini konkret asarlar tahlilida keng
ochib beradi. Yozuvchining mahoratini tanqidchi o‘ziga xos sinchkovlik va badiiy did bilan
ko‘rsatadi. Olimning adabiyotda konflikt, syujet, kompozitsiya masalalariga bag‘ishlangan
ishlari ayricha puxtalik bilan ajralib turadi”
1
. Kitobda O.Sharafiddinov, B.Nazarov,
U.Normatov, N.Xudoyberganov, A.Rasulov, B.Karimov, S.Meli, Q.Yo‘ldoshev, S.Umirov,
O‘.Hoshimov, Sh.Xolmirzayev kabi ko‘plab olim-u yozuvchilar, shogirdlar tomonidan yozilgan
maqola va xotiralarda M.Qo‘shjonov ilmiy-ijodiy merosi va shaxsiyatining asosiy yo‘nalishlari
ochib beriladi. O‘zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov nashriyotda ishlab yurgan kezlari
o‘zi bosh bo‘lib chop ettirgan munaqqidning dastlabki kitobi haqida ma’lumot berar ekan,
“Qo‘shjonovning “Oybek asarlarida xarakter yaratish mahorati” degan kitobi o‘zbek
adabiyotshunosligida yangi bir yo‘nalishni boshlab berdi va bu holat atoqli yozuvchilar
e’tiborini ham jalb etdi. Oybek, Abdulla Qahhor, Asqad Muxtor kabi adiblar olimni har
jihatdan qo‘llab-quvvatladilar” (O‘sha manba, 23-b.), deb uning ilmiy kuzatishlarida
yozuvchining xarakter yaratish mahorati bosh yo‘nalish ekanini ta’kidlaydi. Akademik
B.Nazarovning “Tanqidchi shaxsi va ijodiy o‘ziga xoslik” nomli maqolasi va unga ilova shaklida
olim vafotidan keyin qo‘shilgan “Sabrgul”
2
epilogi olim shaxsiyati va ilmiy-ijodiy merosining
asosiy yo‘nalishlarini ochib berishi bilan alohida ajralib turadi. B.Nazarov M.Qo‘shjonov
faoliyatining dastlabki yillaridayoq adabiy jamoatchilikka, birinchi navbatda adiblarga
ko‘rsatgan ta’siri haqida quyidagilarni yozadi:
“50-yillar oxiri – 60-yillar avvalidan boshlab adabiy jarayonda faol ishtirok etayotgan
katta-yu kichik adiblar o‘z ijodiy komposlarini, ma’lum ma’noda M.Qo‘shjonov fikrlaridagi
yo‘nalishlarga qarab to‘g‘rilaydigan bo‘ldilar. U asta-sekin munaqqidlarning ham
karvonboshisiga aylana bordi”
3
. Olim Qo‘shjonov ilmiy salohiyatining asosiy fazilatini, eng
avvalo, “asardagi badiiy tarovatni, uni belgilovchi omillarni hamda yozuvchi mahoratining
sir-asrorlarini yoritish”da deb biladi. “Matyoqub aka jim, indamay yursa ham, ichi g‘alayonga
1
Матёқуб Қўшжонов замондошлари хотирасида. –Т., 2012.
2
Б. Назаров. Сабргул. “Ўзбекистон адабиёти ва санъати”, 2005 йил, 19 август.
3
Матёқуб Қўшжонов замондошлари хотирасида. –Т., 2012.
254
Do'stlaringiz bilan baham: |