102
tashkil etish.
3. Iqtisodiyotga davlatning aralashuvi. Bu vazifa oldingilar (1-2) bilan bevosita
bog’langan holda, ulkan va ko’p qirralidir. Xozirgi bozor tizimi ko’p hollarda ziddiyatlarga
boy. Bozor kuchli yaratuvchanlik imkoniyatiga ega bo’lib xo’jalik yuritishni samarali olib
borishga iqtisodiy undaydi. Ammo 20-30-yillarning tajribasi shuni ko’rsatdiki, bozor
to’lasincha o’zini-o’zi tartibga solish qobiliyatini birmuncha yo’qotdi, bozor bilan bog’liq
bo’lgan muayyan «sotsial-xarajatlar» ham mavjud (ishsizlik, moliyaviy va iqtisodiy inqiroz,
aholini daromad va mulkiy tabaqalashuvining kuchayishi va boshqalar). Bundan tashqari
davlat bozor mexanizmining o’rnini olishi yoki to’ldirishini taqozo qiladigan xo’jalik
faoliyatining sohalari (fundamental fan, maorif, sog’liqni saqlash) ham mavjud.
Bunday holatlarning mavjudligi bozor va davlat mexanizmlaridan birgalikda,
foydalanishni taqozo etadi. Tajribalar va nazariy ishlanmalar natijasida yaratilgan qoidaga
e’tiborsizlik yomon oqibatlarga olib kelishini Rossiya iqtisodiyotini 1992-1998 yillar
davridagi isloh qilinishida ko’rish mumkin. Bu erda iqtisodiyotni tartiblashtirishda davlat
o’rnini uyushgan jinoyatchilik egalladi, chunki bu davrda davlat iqtisodiyotga deyarli
aralashmay qo’ygandi.
Davlatning iqtisodiyotdagi rolini yanada oshib borishini quyidagi statistika
raqamlarida ham ko’rish mumkin. Agar XIX asrning oxirlarida davlat sarflarini YaIMdagi
salmog’i jahon bo’yicha o’rtacha 8,3 % (AQShda 4,0 %) bo’lgan bo’lsa, keyinchalik bu
daraja XX asrning 20 inchi yillarida rivojlangan davlatlarda 15,4, 60-yillarda 27,9, 80-yillar
boshida 42,6% ga teng bo’lgan. Londonda nashr qilinadigan, «Ekonomist» jurnalida chop
etilgan «Davlatning kelajagi» ilmiy maqolada jahon bo’yicha davlat sarfi YaIMga
nisbatan kelajakda o’rtacha 50,0% atrofida bo’lishi taxmin qilinmoqda. Davlat
boshqaruvi sektorida millionlab xodimlar band, nomoliyaviy va moliyaviy aktivlarining
ko’lami va hamda shu sektorda hosil qilinayotgan YaIMning salmog’i yildan-yil oshib
bormoqda.
Demak, davlatni iqtisodiyotga faol aralashuvisiz hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti
na yashay oladi, na normal harakat qiladi va rivojlanadi.
4. Davlatning boshqa vazifalari. Bu vazifalar ham iqtisod bilan bevosita bog’liq:
davlat kreditini boshqarish, transfertlarni amalga oshirish va boshqalar.
XVFning 1986 yildagi qo’llanmasida davlat boshqaruvi sektorining asosiy
vazifalari tasnifi BMTning 1993 yildagi MHT-93 dagi KFOGU (davlat boshqaruvining
maqsadlar bo’yicha umumiy vazifalari tasnifi)ga mos tushadi. BMT dagi OESR
etakchiligida maxsus xalqaro ishchi guruhi (unda XVF ham qatnashmoqda) bu tasnifga
biroz o’zgartirishlar kiritish to’g’risida maslahatlarni o’tkazmoqda. Qayta ko’rib
chiqiladigan tasnifnomada moddalar (kategoriyalar) MHT-93 bilan to’la mos tushadigan
bo’ladi. Bunda amaldagi moddalar ichida, tarkibida «Ilmiy tadqiqotlar va tajriba
konstruktorlik ishlanmalari» bo’limining alohida hisobini yuritish va yangi modda «atrof
muhitni muhofaza qilish» ni kiritish ko’zda tutilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: