100
klassifikatorida quyidagi fassetlar qo’llaniladi: jinsi, yoshi, fuqaroligi, millati, tili va boshqa
belgilari.
Byudjet tasnifi-ierarxik tasniflashdir, asosiy huquqiy va uslubiyat xujjati bo’lib,
davlat byudjetini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish va ijrosini nazorat qilish maqsadida
davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va sarflari to’g’risidagi
ma’lumotlarni tizimlashtirilgan holda guruhlashtirishdir. U milliy byudjet ma’lumotlarini
xalqaro standart tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslashtirishni
ta’minlaydi. XVF bir necha yil oldin moliyaviy ma’lumotlarni tarqatish hamda xalqaro
tashkilotlarga taqdim qilishning printsiplari va qoidalari ko’rsatilgan xalqaro standartni qabul
qilgan edi. Jahonning barcha davlatlariga mo’ljallangan boshqa maxsus standartda jahon
kapital bozoriga kirgan yoki kirish istagi bo’lgan davlatlar moliyaviy va iqtisodiy
ma’lumotlarni e’lon qilishda bir necha printsiplarga rioya qilishlari zarurligi ham
ko’rsatilgan. Bunda moliya-byudjet ma’lumotlarining asosiy o’lchamlari: ko’lami,
davriyligi va vaqti, jamoatchilik uchun tushunarli, ishonchli va sifatli bo’lishligi belgilangan.
O’zbekiston Respublikasining jahon bozorlariga (ayniqsa kapital bozoriga) kirishi,
uning imkoniyatlaridan foydalanish va samarali tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish
moliya-byudjet sohasida ham halqaro tasniflardagi printsip va qoidalarga rioya qilishni
taqozo etadi. XVF tomonidan tavsiya qilingan davlat byudjetining tasniflari tizimiga
quyidagilar kiradi.(markaziy xukumat uchun):
A) Daromadlar va grantlar tasnifi;
V) Sarflarning vazifa jihatidan tasnifi;
S) Sarflar va sof kreditlashning iqtisodiy tasnifi;
D) Byudjet defitsitini moliyalashtirilishining kreditorlar tipi bo’yicha tasnifi;
E) Byudjet defitsitini moliyalashtirilishining qarz majburiyatlari tipi bo’yicha tasnifi;
G’) Davlat kreditining kreditorlar (qarz egalari) tipi bo’yicha tasnifi.
Markaziy xukumat (federal, respublika) byudjeti tasniflaridan tashqari XVF shtat,
region yoki viloyat va mahalliy xukumati byudjetining tasniflari (A, V, S, D, E, G’ turlari)ni
ham tavsiya etgan. O’zbekiston respublikasida «Byudjet tizimi to’g’risida»gi qonunda 5ta
tasnif: Byudjet daromadlari tasnifi; Byudjet sarflarining vazifa jihatidan, tashkiliy va
iqtisodiy tasnifi; Davlat byudjeti taqchilligini moliyalash manbalari tasnifi (Rossiyada 8 ta
tasnif bor). Ko’rinib turibdiki, XVFning davlat byudjeti tasniflar tizimidan soni va turlari
bo’yicha biroz farqlanadi. Bundan tashqari mahalliy byudjetlar uchun alohida tasniflar
tizimi ko’rsatilmagan XVF tasnifi tizimida davlat byudjeti (hamda mahalliy byudjetlar)
sarflarining tashkiliy tasnifi yo’q, chunki barcha davlatlar bo’yicha bunday tasnifni tavsiya
qilish mumkin emasdir. XVFning amaldagi tasniflarini yanada batafsilroq ko’rishga o’tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: