Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’izlik


E. Byudjet difitsitini  moliyalashtirishning



Download 6,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/260
Sana25.01.2022
Hajmi6,07 Mb.
#408770
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   260
Bog'liq
Moliya statistikasi darslik

E. Byudjet difitsitini  moliyalashtirishning 
qarz majburiyatlari  tipi  bo’yicha tasnifi 
 
Bu  tasnifni  ba’zan  boshqacha  holda,  byudjet  difitsitini  moliyalashtirish  
instrumentlari  tasnifi,  deb ham  ataladi.  Bu  tasnif  bo’yicha  statistika  ma’lumotlari davlat 
idoralari  davlat byudjetini defitsitini  moliyalashtirishda qaysi usullar, instrumentlardan  
foydalangani hamda sarflardan ortgan moliya  resurslari (profitsit)ni  qaysi yo’nalishlarda 


 
105 
ishlatilganligini  tahlil  qilish  imkonini  beradi.  Bu  tasnifda  kreditorlar  (qarz  egalari) 
to’g’risida  ma’lumotlar  bo’lmasada,  turli  tipdagi  jalb  qilishlar  yoki  ularning  usullarini, 
qoplanishlarining iqtisodiy oqibatlari yoki iqtisodiy muammosi (fe’l atvori)ni ehtimollash 
mumkin.  Bu  tasnifda  rezidentlar  va  norezidentlar  chegaralanadi,  turli  vaziyatlar:  uzoq 
muddatli  obligatsiyalar  (1  yildan  ortiq),  qisqa  muddatli  obligatsiyalar  va  veksellar    (1 
yilgacha),  boshqa  kategoriyalarga  kiritilmagan  uzoq  muddatli  ssudalar,    boshqa 
kategoriyalarga kiritilmagan qisqa muddatli ssudalar va bo’naklar, boshqa mujburiyatlar; 
likvidlikni  boshqarish  maqsadlari  uchun  naqd  pul  mablag’lari,  depozitlar  va  qimmatli 
qog’ozlar  hajmidagi  o’zgarishlar  alohida  ajratiladi.  Tasnifning  quyidagi  chizmasi 
keltiriladi. 
I. Ja’mi moliyalashtirish (xuddi D.I) 
II. Ichki moliyalashtirish (xuddi D.II) 
 
 
1. Uzoq muddatli obligatsiyalar 
 
 
1.1. Chiqarildi 
 
 
1.2. Qoplandi. 
  2. Qisqa muddatli obligatsiyalar va veksellar. 
  3. Boshqa kategoriyaga kiritilmagan uzoq muddatli ssudalar. 
 
 
3.1. Olindi 
 
 
3.2. Qoplandi 
 
 
4. Boshqa kategoriyalarga kiritilmagan qisqa muddatli ssudalar va  bo’naklar 
 
 
5. Boshqa majburiyatlar 
 
 
6.  Likvidlikni  boshqarishga  mo’ljallangan  naqd  pul  mablag’lari,  depozitlar  va 
qimmatli qog’ozlar xajmidagi  o’zgarishlar. 
III. Tashqi moliyalashtirish  (huddi D. III) 
 
 
7. Uzoq muddatli obligatsiyalar: 
 
 
7.1. Chiqarildi 
 
 
7.2. Qoplandi 
 
 
8. Qisqa muddatli  obligatsiyalar va veksellar 
 
 
9. Boshqa kategoriyalarga kiritilmagan uzoq muddatli ssudalar va bo’naklar. 
 
 
10. Boshqa kategoriyalarga kiritilmagan qisqa muddatli ssudalar va bo’naklar 
 
 
11. Boshqa majburiyatlar. 
 
 
12. Likvidlikni  boshqarishga  mo’ljallangan  naqd  pul  mablag’lari  depozitlar  va 
qimmatli qog’ozlar hajmidagi o’zgarishlar. 
Tasnifdagi  1.2,  3.2  va  7.2  qatorlaridagi  «Qoplandi»  deyilganda  uzoq  muddatli 
obligatsiyalar  (ichki  va  tashqi),  turli  ssudalar  (ichki  va  tashqi)ni  davlat  idoralari 
tomonidan  asosiy  summasini  (ya’ni  foiz  to’lovlarisiz)  qoplanishi  tushuniladi.  Chunki, 
foiz  to’lovlari  davlat  byudjetining  sarflarida  alohida  modda  holida  ko’rsatiladi 
(sarflarning iqtisodiy tasnifiga qarang). XVF ning keyingi ishlanmalarida bu tasnifga (E) 
biroz  o’zgartirishlar  va  qo’shimchalar  kiritish  borasida  maslahat  tariqasida  fikrlar 
bildirilmoqda.  Chunonchi  «E»  tasnifining  nomi,  tarkibi  bo’yicha.  Jumladan,  ja’mi 
moliyalashtirish alohida-alohida holida: siyosat maqsadlariga moliya  aktivlarini sof jalb 
qilish  (E.A.I),  likvidlikni  boshqarishga  moliya  aktivlarini  sof  jalb  qilish  (E.A.2)ni 
ko’rsatish.  Bundan  tashqari,  shu  tasnifda  maxsus  «EL»  bo’limi  «Sof  olingan 
majburiyatlar» kiritilishini taklif qilinmoqda. XVF davlat moliyasi statistikasini MHT-93 
bilan  uyg’unlashtirish  maqsadida  yangi  «Sektorlar  bo’yicha  moliyalashtirish»  tasnifini 


 
106 
tavsiya qilmoqchi. Unda ja’mi moliyalashtirish tarkibida: 
1.
 
Siyosat uchun moliyaviy aktivlarni sof jalb qilish (sektorlar bo’yicha)  
2.
 
Likvidlikni  boshqarish  uchun  moliyaviy  aktivlarni  jalb  qilish  (sektorlar 
bo’yicha)  
3.
 
Sof olingan majburiyatlar, bo’limlarini bo’lishi taklif qilinmoqda. 
Makroiqtisodiyot  va  moliya  fanlarida  davlat  byudjeti  difitsitini    moliyalashtirish 
texnikasi  sifatida  pulli  va  qarzli  moliyalashtirish  usullari  ko’rsatiladi.  Davlat  byudjeti 
defitsitini  moliyalashtirishning  birinchi  usulidan  muntazam  foydalanish  har  doim  va 
hamma  erda  inflyatsiyaga  olib  keladi.  Buni  o’tish  iqtisodiyotdagi  davlatlar  misolida 
ko’rish  mumkin.  Masalan,  Rossiyada  1995  yilgacha  davlat  byudjeti  defitsitini    asosan 
naqd  pul  chop  etadigan  stanokdan  foydalanish  (pul  emissiyasi)  orqali  moliyalashtirish 
natijasida inflyatsiya darajasi faqat 1993 yilda 874,6 % ni tashkil etdi. (GFS,2000,p 653). 
Bunday  holni  boshqa  davlatlarda  ham  ko’rish  mumkin.  Ikkinchi  usuli  davlatni  ichki  va 
tashqi  qarzini  ko’paytirish  evaziga  defitsit  moliyalashtiriladi.  O’zbekiston  Respublikasi 
«Byudjet tizimi to’g’risida»gi qonunida davlat byudjetining defitsiti:  

 
davlat tomonidan xorijdan va ichki mablag’larni  jalb qilish; 

 
Respublika byudjeti mablag’larining moliya yili boshlanishidagi qoldiqlarini;  

 
qonunlarga muvofiq boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi, deb belgilangan.  
 

Download 6,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish