G. Q. Hasanova, Z. B. Jalilov


Ko‘rishga moslashtirilgan vizual (ekranli) vositalar



Download 1,07 Mb.
bet35/134
Sana27.06.2022
Hajmi1,07 Mb.
#710678
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   134
Bog'liq
G. Q. Hasanova, Z. B. Jalilov

Ko‘rishga moslashtirilgan vizual (ekranli) vositalar. Bu o‘quv–texnika vositalari o‘qitishning didaktik vositalar majmui orasida eng birinchilaridan biri hisoblanadi va o‘quv jarayonida ham eng ko‘p qo‘llaniladi. Chunki, ular oddiy bo‘lib foydalanish uchun eng qulay va ko‘p tarqalgan vositalardir. Bunday texnika vositalariga diapozitivlar, epidioskoplar, kodaskoplar, diafil’mlar, transparantlar, dioproek-torlar, grafoproektorlar, fil’moskoplar, kinoproektorlar, videoproek-torlar kiradi. Ularning ishlash texnologiyasi deyarli bir xil bo‘lib, ular shisha, shaffof plyonkalarda yozilgan ma’lumotlar va axborotlarni ekranda proektsiyalab beradi. Fikrlar aniq, lo‘nda qilib bayon etilgan, ammo tovushsiz. Tovushli eshittirish orqali ma’lumotlarni idrok etish zamonaviy o‘quv radiosi, tovush yozuvchi va tovushni kuchaytirib beruvchi apparaturalar orqali amalga oshiriladi.

  • Ko‘rish va eshitishga moslashtirilgan audiovizual vositalar. eshitish va ko‘rish yordamida ma’lumotlarni idrok etish. Audiovizual vositalar yordamida amalga oshadi. Bularga kinofil’mlar, teleko‘rsatuvlar, videoyozuvlar, diafil’mlar, videomagnitafonlar taalluqli bo‘lib, ular videoproektorlar yordamida video axborotlarni proektsiyalab beradi. Bugungi kunda videomagnitafonlar, kinofil’mlar, televidenie o‘quv jarayonida keng qo‘llaniladigan didaktik vositalar sirasiga kirib qoldi.

    Ilmiy-nazariy ma’lumotlar va maktab tajribasining ko‘rsatishicha o‘quv-ko‘rgazmali vositalar o‘qitishning didaktik vositalari majmui mazmunidagi eng oddiy, eng qulay va qo‘llash uchun har tomonlama oson hamda ko‘p tarqalgan vositalar hisoblanadi.
    O‘qitishning o‘quv-ko‘rgazmali vositalarini ba’zan vizual, ya’ni o‘qitishning tovushsiz vositalari deb ham atashadi. Chunki, o‘quvko‘rgazmali vositalarda axborotlar (ob’yekt) tasvirlangan bo‘lib, ularda tovush bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ularni faqat namoyish etish mumkin bo‘ladi.
    O‘qitishning o‘quv-ko‘rgazmali vositalarini ko‘p qo‘llanishining yana bir sababi, ular oddiy maktab sharoitida ham tayyorlanishi mumkin. Ularda ma’lumotlar (ob’yekt) qisqa, lo‘nda, yo‘nalishli, bayon etiladi. Shuning uchun ulardan foydalanish, ularni qo‘llash va yaratish juda oson hisoblanadi. Shu o‘rinda e’tirof etish joizki, o‘quvko‘rgazmali vositalar muntazam faoliyatda bo‘lishi, o‘qituvchining mavzuli-ishchi rejasida o‘z ifodasini topishi uchun ta’lim muassasalarida o‘quv-ko‘rgazmalari vositalar kartotekasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Kartotekada o‘quv-ko‘rgazmali vositaning nomi, mavzuli-o‘quv dasturdagi mavzu raqami, qisqacha mazmuni ifodalanishi darkor. Chunki, bu vositadan aniq vaqtda, aniq mavzuda foydalanishni osonlashtiradi. O‘quv-ko‘rgazmali didaktik vositaning juda ko‘p turlari mavjud bo‘lib, ular o‘quv predmetlarining juda ko‘p jihatlarini, kunlik turmushimizdagi hodisotlarni, ishlab chiqarish sohalaridagi ayrim lavhalarni aks ettiradi. Ulardan o‘rinli foydalanish o‘quv predmetining mazmunini qiziqarli, o‘quv ma’lumotlarini ta’sirchan, o‘quvchilar o‘zlashtirish jarayonini samarali qiladi. O‘quvko‘rgazmali vositalarini tor ma’noda ko‘rgazmali vositalar, kengroq ma’noda o‘qitishning didaktik vositalari deb atash qabul qilingan. Uning o‘ziga xos xususiyatlari, o‘quvchilarning ko‘rish organlariga ta’siri, ko‘rinish qoidalari, ma’lumotlarni bayon eta olish imkoniyati, axborotlar etkazish turi bo‘yicha quyidagicha guruhlash mumkin.
    O`qitishning o`quv vositalarining guruhlanishi–ko`rgazmali

    Jadvalda aks ettirilgan o‘quv-ko‘rgazmali vositalar, didaktik vositalar majmuidan o‘rin olgan muhim o‘quv vositalari hisoblanadi. Axborotni uzatish, muayyan ko‘rinishda izohlash nuqtai nazaridan natural o‘quv-ko‘rgazmali vositalar eng qulay va ko‘p qo‘llaniladigan vosita hisoblanadi. Chunki, ularni tabiiy holda ko‘rsatish imkoniyatlari katta. Ularni pechatli (chop etilgan) ko‘rsatmali vositalar to‘ldiradi. Ular mavjud va ularni ta’lim muassasasi sharoitida ham yasash mumkin. O‘qitishning hajmli ko‘rgazmali vositalari ko‘p tarqalgani hamda ularni yaratish imkoniyati mavjudligi uchun ham ular eng qulay o‘quv-ko‘rgazmali vosita sanaladi. Bugungi bozor iqtisodi sharoitida ulardan foydalanish faoliyat uchun samarali bo‘ladi. Proektsion ko‘rgazmali vositalar garchi texnika bilan bog‘liqlik tomoni bo‘lsada, ular ovozsiz namoyish etilganligi sababli ular ushbu guruhga kiritilgan. Ularni ham tabiiy holatda uncha ko‘p mablag‘ sarflamasdan taxrlash va qo‘llash mumkin bo‘ladi. Qayd etib o‘tilgan, guruhlardan o‘rin olgan o‘quv-ko‘rgazmali vositalardan foydalanganda, birinchidan, o‘quv yurtining shart-sharoitidan kelib chiqish, ikkinchidan, o‘quvchilarning ushbu didaktik vositaga munosabatlarini inobatga olish va nihoyat, uchinchidan, ularning samaradorligiga va didaktik jarayonning muhim tamoyillariga tayanish lozim bo‘ladi. endi har bir guruhdagi o‘quv-ko‘rgazmali vositalar mazjmui bilan tanishib chiqamiz.

    Download 1,07 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   134




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish