G. Q. Hasanova, Z. B. Jalilov


Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar hamda topshiriqlar



Download 1,07 Mb.
bet36/134
Sana27.06.2022
Hajmi1,07 Mb.
#710678
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   134
Bog'liq
G. Q. Hasanova, Z. B. Jalilov

Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar hamda topshiriqlar:

  1. Metod nima?

  2. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodlarning mohiyati va ahamyatini tushuntiring.

  3. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodlarning vazifalarini ayting.

  4. Mutaxassislik fanlarini o‘qitishda qo‘llaniladigan metodlarga qo‘yiladigan asosiy didaktik talablarni izohlang.

  5. Amaliyotda qo‘llanilayotgan o‘qitish metodlarining mazmuni nimalardan iborat?

  6. Ta’lim vositalari deb nimani tushunasiz?

  7. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish vositalari haqida ma’lumot bering.

  8. O`qitishning o`quv –ko`rgazmali vositalarining guruhlanishini tushuntiring?

8-MAVZU. MUTAXASSISLIK FANLARINI O‘QITISH SHAKLLARINING UMUMIY TAVSIFI; MA’RUZA TURLARI, SEMINAR MASHG’ULOTLARI, LABARATORIYA VA AMALIY DARSLAR
Tayanch so‘zlar:o‘qitish shallari, individual, guruhiy, sinf-dars tizimi, an’anaviy yondashuv, noan’anaviy yondashuv, texnologik yondashuv, monolog, dialog, polelog, ma’ruza, kirish maruzasi, mavzular bo‘yicha maruza, umumlashtiruvchi ma’ruza, seminar, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya mashg‘uloti, O‘quv konfrensiyasi va munozara mashg‘ulotlari
8.1. O‘qitish shakllari haqida tushuncha va oliy maktablarda o‘qitishing tashkiliy shakllari
Ma’lumki, hozirgi oliy ta’lim maktablari oldiga turgan vazifalarning bajarilishi ko‘p jihatdan o‘quv fanlarining mazmuni, ular mazmunidagi mavzularni o‘qitish metodlari va o‘qitishning tashkiliy shakllari kabi didaktik komponentlarning aniq to‘planishi, ularda sifat va samaradorlik darajasining ta’minlanganliga bog‘liq. Zero, ular yordamida talabalar ilmiy bilimlar bilan qurollanadilar, dunyoqarashlari rivojlanadi,o‘quv yurtining ideologik vazifasi bajariladi, jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi hal etiladi.Talaba shaxsida g‘oyaviy-siyosiy, axloqiy-ma’naviy sifatlar tarkib topadi.
Biz oldingi mavzularda pedagogika fanlarini o‘qitishda ta’limning metodlari xususida fikr yuritgan edik. Endi uning tashkiliy shakllarini izohlash malakasini ko‘rib chiqishimiz talab etilmoqda. Chunonchi, har qanday ta’lim muassasasi kabi, oliy o‘quv yurtlarida ta’lim-tarbiya ishlarini davlat talablari darajasida tashkil etmay turib, jamiyat ehtiyoji-yuksak ma’naviy–axloqiy salohiyat,yuqori malakaga ega bo‘lgan mutaxassisni tarbiyalab bo‘lmaydi. Buning uchun esa o‘quv ishlarini davr talablari asosida tashkillashtirish, ularning amaliy yo‘nalishini jadallashtirish kerak. Bunga oliy ta’lim maktablari ta’lim– tarbiya jarayoning tashkiliy shakllari yordam ko‘rsatadi.
Xo‘sh ta’limning tashkiliy shakllari deganda nima nazarda tutiladi? U qanday didaktik hodisa? Shakl (lotincha forma-tashqi ko‘rinish, sirtqi qiyofa) ma’nosini anglatib qandaydir mazmunning tashqi ko‘rinishi, qiyofasini ifodalaydi. Fanda ta’lim shakllari deyilgan o‘qitish,o‘qish jarayonoda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining tashqi ko‘rinishi qurilishini ifodalovchi didaktik hodisa tushuniladi. Prafessor T.A.Ilina ta’kidlaganidek (u yoki bu) tashkiliy shakl o‘qitishning turli jamoaviy va individual ko‘rinishini hamda o‘quvchilarning turli darajadagi mustaqilligini va o‘qituvchilarning ta’lim oluvchilar o‘qishiga rahbarlik qilishini o‘qitiishini ifodalaydi1. Demak, oliy ta’limda pedagog va talaba o‘quv munosabatlari o‘qitish- o‘qish faoliyatining tashqi ko‘rinishini ifodalashi –ta’limning tashkiliy shakllari deb yuritiladi. Ta’lim nazariyasi va amaliyoti o‘z taraqqiyotida turli tuman o‘qitish shakllarini kasb etdi, ularning ayrimlari o‘z qimmatini yo‘qotmay takomillashib borgan bo‘lsa, boshqalari keng tarqalib asta sekinlik bilan o‘z qimmatini yo‘qotib tarixga aylanib qoldi. Ta’limni tashkil qilishning tashkiliy shakllaridan individual o‘qitish bo‘lib bir o‘qituvchi yakka o‘quvchi bilan o‘qitish shularini olib borgan. Jamiyat talablarining o‘sib borishi natijasida o‘qitishning individual- guruhiy shakli paydo bo‘lib, o‘qituvchi uncha katta bo‘lmagan guruh uchun alohida o‘quvchi bilan o‘qitish ishini olib borgan, bunda ko‘proq o‘quvchining topshiriqlarni mustaqil bajarishi amalga oshgan. Induvidual-guruhiy o‘qitish ishlarining taraqqiyoti sinf-dars tizimining yaratilishiga asos bo‘lgan. Bu ta’lim tizimi aniq yoshdagi o‘quvchilar tarkibiga, aniq vaqtda, o‘qituvchi rahbarligida mashg‘ulot olib brogan. Uning nomi dars uslubi deyilgan, bu tizimning asoschisi va targ‘ibotchisi chex pedagogi Yan Amos Komenskiy edi ( XVII asr).
XVIII oxiri XIX-asr boshlarida paydo bo‘lib,keng tarqalgan o‘qitish shakllaridan biri o‘zaro o‘qitish (Bell-Lankaster tizimi )bo‘ldi. Bunda o‘qitish ishlari katta tarkibga ega bo‘lgan, o‘quvchilar yaxshi o‘zlashtirish mavqeini egallagan o‘quvchining o‘qituvchi rahbarligida mashg‘ulotlarni olib borishi bilan xarakterlanadi. O‘quvchilarning ko‘proq mustaqil bilim olishlarini ta’minlash yo‘lidagi izlanishlar XIX asr oxiri XX asr boshlarida AQSH maktablarida qollanilgan Dalton – reja o‘qitish shakli hisblanadi. Bunda o‘quv mashg‘uloti yakka ko‘rinishda va individual holda kabinetlarda, laboratoriyalarda, kutubxonalarda maxsus tayyorlangan topshiriqlarni bajarishga yo‘naltirildi.
Barcha qayd qilib o‘tilgan ta’lim shakllaridan hanuzgacha o‘zining qimmatini yo‘qotmagan, dunyoning barcha ta’lim muasasalarida keng qo‘llaniladigan sinf- dars tizimi hisiblanadi.
Professor N.X.Avliyoqulovning fikriga ko‘ra «sinf-dars tizimi o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi.
-Yoshi va tayyorgarlik darajasi taxminan bir xil bo‘lgan talabalar sinflarini (guruhini) tashkil etadi.

  • Sinfda (guruh, oqim) yagona o‘quv reja, yagona o‘quv dasturlari va yagona mashg‘ulotlar jadvali bilan shug‘ullanadi.

-Mashg‘ulotlarning asosiy birligi dars bo‘lib, u bitta fanning bitta mavzusiga bag‘ishlanadi va o‘qituvchi tomonidan boshqariladi.

  • O‘quv kitoblari asosan uy ishlari uchun qo‘llaniladi.

Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichi, jamiyat ehtiyojini fan-texnika yutuqlri oliy ta’lim muassasalarda o‘qitishning tashkiliy shakillarini mazmunan va tarkibidan o‘zgarishiga olib keldi. Ayniqsa, mamlakatimizda “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonun, “Kadirlar tayyorlash milliy dasturi” (29-avgust, 1997-yil) talablarni amalda bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlangan “Nizom”ga (1998) binoan oliy maktablarda o‘quv mashg‘ulotlarining ma’ruza, amalyot, seminar, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya ishi, nazorat ishi, malakaviy bitiruv ishi, magistrlik desertatsiyasini tayyorlash kabi shakl-usullar joriy etilgan1.
Shu o‘rinda e’tirof etish joizkiy, bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etishda quyidagi yondashuvlar ko‘zga tashlanmoqda:


  1. Download 1,07 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish