G. Q. Hasanova, Z. B. Jalilov


Mutaxassislik fanlarini o‘qitishda qo‘laniladigan ta’lim metodlariga qo‘yiladigan talablar



Download 1,07 Mb.
bet31/134
Sana27.06.2022
Hajmi1,07 Mb.
#710678
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   134
Bog'liq
G. Q. Hasanova, Z. B. Jalilov

7.3. Mutaxassislik fanlarini o‘qitishda qo‘laniladigan ta’lim metodlariga qo‘yiladigan talablar
Mutaxassislik fanlarini o‘qitishda ta’lim metodlarini tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, tanlash o‘qituvchi imkoniyatlarini kengaytiradi, ta’lim o‘rganishda ta’lim oluvchilarning o‘quv-biluv faoliyatlarini faollashtiradigan ta’lim metodlarini tanlash muhim pedagogik hodisa hisoblanadi. Ta’lim metodlarini tanlash va optimal qo‘llashda o‘qituvchi muayyan tartib qoidalarga rioya qilishi lozim:

  1. Tanlanayotgan metod o‘quv materiali mazmuniga muvofiq bo‘lishi, mavzuni murakkabligi, o‘rganilayotgan o‘quv material yuzasidan o‘quvchilarda ayrim hayotiy hodisalar mavjudligi, o‘quv materialining hajmini inobatga olish zarur. Mavzu o‘quvchilarning real o‘quv imkoniyatlariga muvofiq bo‘lishi talab etiladi. Shuningdek, o‘rganilayotgan material o‘quv jarayonining qaysi bosqichida turganligini va qanday aniq o‘quv hamda tarbiyaviy masalalar hal etilayotganligini aniq tasavvur qilish lozim. Mavzu o‘quvchilarning o‘quv imkoniyatiga muvofiq kelsa, yani u shu mavzu yuzasidan qandaydir tushunchalarni egallagan bo‘lsalar, yoxud avvalgi o‘qish bosqichlarida o‘rganilayotgan o‘quv ma’lumoti yuzasidan muayyan tasavvurga ega bo‘lsalar, reproduktiv metodlar bilan muammoli bayon qilish metodlaridan foydalanish yaxshi samara beradi.

  2. Qo‘llaniladigan ta’lim metodlari ta’lim printsiplariga muvofiq kelishi lozim. Bunda tanlanadigan o‘qitish metodlari pedagogika fanlarining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olib, ta’lim printsiplarini amalga oshirishda real imkoniyat vujudga keltirilmog‘i darkor. Mutaxassislik fanlarini o‘qitishda talabalarga ta’lim-tarbiya berish, tarbiyalash, talaba shaxsini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi bunda nazariyaning amaliyot bilan, ilmiylikning puxtalik bilan mustaqillik va izchillik printsiplariga bog‘liqlikda olb borilishi ta’lim metodi muvaffaqiyatini ta’minlaydi va o‘zlashtirishni kuchaytiradi. Shuningdek real o‘quv imkoniyatlarini inobatga olgan holda pedagogik ma’lumotlar-shaxs ta’lim, tarbiya, bilim oluvchilarning ijtimoiy kelib chiqishlari pedagogik jarayonning xos xususiyatlarini hamda bolaning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi faktorlar, ota-onaning tarbiyachilik sanati; tarbiya va ma’naviyat, bolaning rivojlanishi, tarbiyaning nazariy ilmiy va milliy asoslari to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlarni o‘zaro bog‘liqlikda o‘rgatish, pedagogika turkum fanlarini o‘qitishda tarixiylik va milliylikka asoslanishda reproduktiv, tadqiqiy-ijodiy, tadqiqot, muammoli o‘qitish, maqsadga muvofiq bo‘ladi

  3. Ta’lim metodi mashg‘ulot turi, maqsadi va vazifalariga muvofiq bo‘lishi shart. Mutaxassislik fanlari ta’limiy, tarbiyaviy rivojlantiruvchi funksiyalar bilan ruhiy-ijtimoiy malakalar, aqliy qobiliyat, ijodiy tafakkur, o‘zini anglash, shaxs, faoliyat, ijtimoiylashuv, jamiyat, o‘zini boshqarish, ma’naviy yuksalish kabilarni amalga oshirish pedagogika darslarining muhim vazifalaridan hisoblanadi. Buning uchun pedagogik turkum fanlar mashg‘ulotlarida bu funksiyalarni amalga oshirishga yaxlit bir tizim sifatida yondashishga yordam beradigan metodlarni qo‘llash kerak. Bu funksiya va maqsadlar yaxlitligini ta’minlashda namoyish-kuzatish, maruza, suhbat metodlari bilan birga nazorat, o‘z-o‘zini nazorat metodlarini qo‘shib olib borish tavsiya etiladi.

  4. Talabalarning o‘quv materialini o‘zlashtirish va qayta shug‘ullanishdagi faoliyatlarini faollashtiruvchi o‘qish motivlarini shakllantiruvchi, o‘quv axborotini egallashga qiziqish, tashabbusni, mustaqillikni va o‘z faoliyatidan qoniqish hosil qilishga undovchi metodlarni qo‘llash. Bunga uchun ta’limning muammoli, qisman izlanish va evristik, tadqiqotlilik, rag‘batlantirish metodlaridan foydalanish orqali erishiladi.

  5. Qo‘llaniladigan metod o‘qituvchining o‘quv ishi sharoitlari va imkoniyatlari-mashg‘ulot o‘tkaziladigan xona va uning jihozlanishi, o‘quv asboblari, gigiyenik sharoitlar mavjudligi, yil fasli, kunning tarkibiy qismi, o‘quvchilarning o‘quv mashg‘ulotlarini o‘zlashtirishga tayyorligi va shu kabilarni inobatga olib tanlanishi lozim.

  6. Qo‘llaniladigan metod o‘rganilayotgan mavzu xususiyatlariga muvofiq bo‘lgan taqdirda samarali bo‘lishni nazardan qoldirmaslik darkor. Masalan, “Pedagogikaning umumiy asoslari” bo‘limini o‘tishda, ko‘proq pedagogika fanining predmeti, metodologiyasi, drektiv va normativ hujjat (“Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim sohasida davlat ta’lim standarti” vazirliklar, rektorat tomonidan fanni o‘qitishga qo‘yilgan talablar)ni inobatga olgan holda metod tanlash lozim. Buning uchun o‘qitishning tushuntirish-illyustrastsiya, muammoli bayon qilish, hikoya, suhbat, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish kabi metodlardan foydalanish maqul hisoblanadi.

  7. Qo‘llaniladigan metod talabalarning real o‘quv imkoniyatlari o‘zlashtirish darajali, yosh va individual xususiyatlarni hisobga olgan holda tavsiya etiladi. Talabalarning real o‘quv imkoniyatlaridan kelib chiqib bir mashg‘ulotning o‘zida bir necha metoddan foydalanish mumkin. Masalan, o‘quvchi-talabalar tomonidan bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishi bo‘sh bo‘lgan talabalar uchun reproduktiv, produktiv, qisman izlanish (evristik) metodlardan foydalanilssa yaxshi bo‘ladi.


Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish