Azallariga sharhlar


Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/80
Sana30.12.2021
Hajmi0,67 Mb.
#98553
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   80
Bog'liq
alisher navoiy gazallariga sharhlar

Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar 

Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov 

 

61 



library.ziyonet.uz/ 

 

Sharhlashga urinsak, dastlab baytning mazmuni juda soddadek tuyuladi. Ya’ni, goʻyoki, 



«Mayxonada mast boʻlgan chogʻida Navoiyni koʻrasiz, u olam gumbazini qoʻlida bir 

olma kabi oʻynatish qudratiga ega boʻladi». Ammo baytning zamirida bundan koʻra 

salmoqli va sehrli ma’no yashiringandek, sharhdan koʻnglimiz toʻlmaydi. Balki, baytning 

botinida soʻfiyona mazmun yotgandir. Faraz qilaylik, «mugʻ»—ma’iaviy mayxona, unda 

mast boʻlish — haqqa erishish timsoli boʻlsin. Bunda ma’nan Haq darajasiga koʻtarilgan 

lirik qahramonning olam gumbazini bir olma kabi oʻynashi (borliqni ma’naviy jihatdan 

tugal anglab yetish)ni aniqroq tasavvur etish mumkin. Tugallanmaning falsafiy tus olishi 

Navoiy gʻazaliyoti uchun umumiy xususiyatdir. 

«...Y

OR 


U

ZAR 


B

ULSA 


M

UHABBAT 


R

ISHTASIN


...» 

Alisher Navoiy gʻazaliyotida bugungi insoniy, oilaviy munosabatlarda ham ibrat 

boʻlgulik hayotiy saboqlar, kechinma, mulohazalar mujassam asarlar koʻp. Mana, 

shunday gʻazallardan biri: 



Kimki, oning bir malaksiymo parivash yori bor

Odami boʻlsa, pari birla malakdin ori bor. 

Kecha ulkim chirmanur bir gul bila, ne tong, agar 

Gʻunchadek har subh oʻlub xandon vashot izhori bor. 

Yoʻq ajab bulbulgʻa gul shavqidin oʻlmoq zorkim, 

Pardin oʻq jismigʻa sonchilgʻon adadsiz xori bor. 

Belingu la’ling xayoloti bila koʻnglum erur 

Ankabutekim, oning jon rishtasidin tori bor. 

Sunbuli zulfi agar oshuftadur, ayb etmakim, 

Gul yuzida yotqon ikki nozanin bemori bor. 

Aylab oʻzni mastu bexud, chiqmasun mayxonadin 

Kimki, mendek davr elidin koʻnglida ozori bor. 

Ey, Navoiy, yor uzar boʻlsa muhabbat rishtasin

Kelmas oʻlsa ul sening sori, sen oning sori bor. 

(«Navodir ush-shabob», 181-gʻazal) 

Bu asar Navoiy ijodiy takomilining uchinchi bosqichida yaratilgan va dastlab «Navodir 

ui-nihoya» devoniga kiritilgan boʻlib, unda yetarli hayotiy tajriba, xayoliy emas, mavjud 

turmush kuzatishlari zaminida yuzaga kelgan ijtimoiy xulosalar mujassamlashgan. 




Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish