Mavzu: teatr ta’rbiya maskani



Download 33,15 Kb.
Sana29.01.2022
Hajmi33,15 Kb.
#418634
Bog'liq
12.TEATR TA’RBIYA MASKANI


Mavzu: TEATR TA’RBIYA MASKANI
Reja:
1. Teatr – muhim tarbiya maskani
2. Teatr ilgichdan boshlanadi
Tarbiya va maʼnaviyat o‘chog‘i bo‘lgan – teatr har bir insonga hayotiy saboqlar beruvchi jonli vositadir. Teatrdan madaniy hordiq chiqarish uchungina emas, undagi namoyish etiladigan spektakllarni tomosha qilib, inson jamiyatdagi voqeliklarni, kechinmalarni teran anglashi mumkin.
Tomoshabinlar uchun havola etilgan sahna ko‘rinishi oilani mustahkamlash, uning baxtli hayot kechirishini taʼminlash, farzandlarni to‘g‘ri tarbiyalash kabi muhim masalalarni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, barchada katta taassurot qoldirdi.
Ma'lumki, yoshlarimizni yuksak ma’naviyatli, teran tafakkur va mustaqil fikrga ega insonlar etib tarbiyalashda teatr san’atining o‘rni beqiyos. “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi dotsenti Adham Mamataliyev rahbarligida "Gidromelioratsiya" fakulteti 2-kurs 202-guruh talabalari O‘zbekiston davlat drama teatriga tashrif buyurishdi. U yerda yaqinda 90 yillik yubileyi munosabati bilan Toshkent shahrida haykali o‘rnatilgan buyuk adib Chingiz Aytmatovning “Jamila” nomli asari asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish etildi. Talabalar spektaklni zo‘r qiziqish bilan tomosha qilishdi. Asarda beg‘ubor, pokiza muhabbat asosida inson erki va huquqi, asriy odatlarga faol munosabat ko‘rsatildi, urushga la’nat o‘qildi, sof muhabbatni ko‘klarga ko‘tarib qasida o‘qildi. Asar qahramonining o‘z baxti, muhabbati yo‘lidagi jasorati ko’rsatildi. Bu tashrif talabalarda katta taassurot uyg‘otdi, mushohadaga chorladi. Bu taassurotlar ularni teatrga bo‘lgan mehrlarini yanada yuksaltirgan bo‘lsa ajab emas. Shu o‘rinda talabalarning bu tashrif uchun institut rahbariyatidan benihoya minnatdor bo‘lganliklarini aytib o‘tmoqchimiz.
Teatr sanʼati uzoq tarixga ega boʻlib, uning asosiy unsurlari (boshqa qiyofaga kirish, dialog , toʻqnashuv kabi) insoniyatning ibtidoiy davrlarida ovchilik, mehnat va liniy marosim, bayramlar bilan, totemizm, animizm kabi ibtidoiy dunyoqarash va ajdodlarning ruhlariga sigʻinish bilan bogʻliq holda shakllangan. Yunoniston, Hindiston, Turonda mil. av. 5asrdayoq T. jamiyat hayotida muhim oʻrin tutgan. Hindistonda T. sanskrit T., xalq T.i shakllarida hamda "Mahobhorat" va "Ramayana" dostonlari bilan bogʻliq holda rivojlangan; dramaturgiya va sahna sanʼati haqida "Natyashastra" nomli risola yaratilgan. Keyinroq T. Yaqin Sharq va Rimga ham yoyildi. Ayniqsa, Rimda T.ning yangi shakl va turlari yaratildi. Gʻarbiy Yevropada T. sanʼatining dastlabki namunalari sayyor aktyorlarjonglyorlar ijodida, Rossiyadaskomoroxlar faoliyatida yuzaga kelgan. Uygʻonish davrida vujudga kelgan drama yangi shakldagi professional trning shakllanishiga zamin yaratdi. 16-asrdan opera, 18-asr oʻrtalaridan balet, 19-asr oʻrtalaridan operetta mustaqil T. turi sifatida rivojlana boshladi. T.ning keyingi taraqqiyoti klassitsizmning keng yoyilishi bilan bogʻliq. 18-asr da maʼrifatchilik oqimidagi T. taraqqiy etdi. Astasekin realistik tendensiya kuchaydi. Ayniqsa, K. Goltsoni, G. Lessing , P. Bomarshe, F. Shiller ijodida realizm yorqin namoyon boʻldi. 18-asrning oxirlariga kelib, drama, melodrama, vodevillarda satirik yoʻnalishning yuzaga kelishi T.da demokratik asosning kuchayishiga sabab boʻldi. T. gʻoyaviy va badiiy kurashlar maydoniga aylandi.
Teatr Ilgichdan boshlanadi
Moskva badiiy teatri asoschilaridan biri Konstantin Sergeevich Stanislavskiyga (1863-1938) tegishli. Ammo uning asarlarida u haqida zamondoshlarining xotiralarida bo'lgani kabi bu ibora topilmagan. Ehtimol, u KS Stanislavskiyning Moskva badiiy teatrining garderob xizmatchilariga (1933 yil 23-yanvar) yozgan quyidagi parchasi asosida tuzilgan bo'lishi mumkin, u o'zining 70 yoshiga bag'ishlangan tabrigiga javoban yozgan: «Bizning Badiiy teatr boshqa ko'plab teatrlardan farqi shundaki, undagi spektakl teatr binosiga kirganingizdan boshlab boshlanadi. Siz tashrif buyurgan tomoshabinlar bilan birinchi bo'lib uchrashasiz .

O‘zbek milliy akademik drama teatrida Yoshlar haftaligi doirasida tashkil etilgan talabalar teatr-studiyalari festivali yakuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.


O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o‘rinbosari F.Jalolov, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari B.Usmonov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi avlodni voyaga yetkazishda milliy teatr san’atining ahamiyati beqiyos ekanini ta’kidladi.
– Teatr – muhim tarbiya maskani, – deydi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti prorektori, san’atshunoslik fanlari doktori D.Rahmatullayeva. – Katta sahnalarda namoyish etilayotgan spektakllar yosh avlodni boy merosimiz, umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylashga, buyuk ajdodlarimizga munosib bo‘lishga da’vat etadi. Mazkur festival sohaga endi kirib kelayotgan yoshlargamilliy teatr an’analarini asrab-avaylash, ularni ravnaq toptirish, ijodiy jamoalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida ko‘mak berishi bilan ahamiyatlidir.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “O‘zbekteatr” birlashmasi tomonidan ko‘plab ta’lim dargohlarida tashkil etilgan talabalar teatr-studiyalari yoshlar ma’naviyatini boyitish, ularni sahna san’atining mumtoz namunalari bilan yaqindan tanishtirish, ijodiy fikrlash qobiliyatini o‘stirishda muhim omil bo‘lmoqda. Studiyalarga teatr san’atiga mehr qo‘ygan iqtidorli yigit-qizlar jalb etilib, ular milliy va jahon adabiyoti asarlarini sahnada ijro etishmoqda.
Download 33,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish