Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 7,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/398
Sana26.02.2022
Hajmi7,21 Mb.
#467559
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   398
Bog'liq
Тайёр Миллий корпус тўплам 17.05

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“O‘ZBEK MILLIY VA TA’LIMIY 
KORPUSLARINI YARATISHNING NAZARIY 
HAMDA AMALIY MASALALARI”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2021) 
116 
bo‘lsa , lingvist-ekspert qidiruv bazalariga tayangan holda korpuslardan foydalanadi. Masalan, sudda 
lingvistik dalillardan foydalanishni, tortishuvlarga sabab bo‘lgan iqrorliklar, savdo markasidagi nizolar
tahdidlar va tovlamachilik harakatlari, pora berishda ayblanib yozilgan suhbatlar,o‘z joniga qasd qilish 
to‘g‘risidagi yozuvlar bahsli mualliflik singarilar. Keng ma’noda esa korpuslardan foydalanish turli 
tipdagi jinoyatlar va huquqbuzarliklarda qo‘llaniladi. Demak, keng ma’noda terrorizm(O‘zbekiston 
Respublikasi J/K 115-modda), urushni targ‘ib qilish(150-modda,)O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga 
tajovuz qilish(158-modda),milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni qo‘zg‘atish(156-modda), O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsion tuzumiga tajovuz qilish(159-modda), saylov yoki referendumni tashkil qilish 
haqidagi qonunchilikni buzish(146-modda), jamiyat xavfsizligi va ijtimoiy tartib-intizomga tahdid 
soluvchi mazmunga ega materiallarni tarqatish(244/1-moddasi) singari holatlarda til korpusidan 
foydalanish ehtiyojini yuzaga keltiradi.[O’zbRes jinoyat kodeksi. 1994:218]. 
Maxsus korpuslar muayyan bir vaqtda, holatda va mintaqada matnning muallifini aniqlash uchun 
qo‘llaniladi. Odatda, korpuslar turli xil belgilar bilan belgilanadi. Tilda mavjud ma’lumotlar bazasi 
asosida shaxsning gender, yosh, hududiy xoslanishiga ko‘ra belgilari oydinlashadi. Haqorat matnlari 
bo‘yicha haqorat darajasi, ijtimoiy xavfi kabilar oydinlashtiriladi, internet tarmog‘idagi siyosiy 
xabarlarning xavflilik darajasi baholanadi. O‘zbek tilining ham o‘z milliy korpusi yaratilishi tarmoq 
yo‘nalishlar korpusi yaratilishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Anonim xatlar avtorizatsiyasi masalasida 
elektron ko‘rinishdagi xabarlar, ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy yozishmalar matnidagi turli morfologik 
sintaktik belgilar matn muallifi masalasiga oydinlik kiritishga yordam beradi. Lingvistik ekspertiza uchun 
korpusning quyidagi ahamiyatlari mavjud: 

Turli hudud vakillari nutqining fonetik, leksik grammatik, xususiyatlari; 

Plagiatlik holatlarida aynan va o‘xshashlik jihatlarini anilqash; 

Haqorat, qarg‘ish va obro‘sizlantirish kabi holatlarni taftish qilish; 

Murojaat. Chaqiruv ko‘rinishidagi ekstermistik materiallarning milliy etnik xoslanishi korpus 
bazalaridan foydalangan holda aniqlash. 
Sud lingvistikasida korpus tahlilidan foydalanish bo‘yicha ushbu qisqacha ma'lumot va lingvistik 
dalillarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, korpus tilshunosligi nafaqat istiqbolli soha, balki tarmoq 
yo‘nalishlar takomiliga sezilarli ta’sir. Shuni ta’kidlash kerakki, korpus tilshunosligining yangi sohalari 
lingvistik dalillarni tahlil qilish yuridik mutaxassislar yoki tergovchilarning ehtiyojlari sifatida paydo 
bo‘ladi va texnologiya jamiyat o‘zgarishi bilantarmog‘I kengayib boradi. 
Sud lingvistikasi ‒ bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarida chat transkriptlarini tahlil qilish 
jinoyatchini aniqlash yoki yashirin belgilarni tahlil qilishni ta'minlashda korpuslardan foydalanadi. Bunda 
asosiy korpus asosida tarmoq korpuslar yaratilishi soha istiqboliga xizmat qiladi. 
Umuman aytganda, korpus tilshunosligi sud lingvistikasini to‘liq rivojlangan sud ekspertizasi 
sifatida asos solishda hal qiluvchi rol o‘ynaydiva taxmin qilish mumkinki, murakkab hisoblash usullari 
bilan birgalikda katta korpuslardan foydalanishularni tahlil qilish, sud tilshunosligi kelgusida odatiy holga 
aylanadi. Demak, o‘zbek tilining milliy korpusi yaratilishi boshqa fan sohalari qatori kriminolingvistika 
uchun juda muhim va g‘oyatda ahamiyatli bo‘lgan ilm yo‘lidagi ulkan qadam bo‘lib xizmat qiladi. Bu 
bugungi kunda soha taraqqiyoti uchun muhim faktorlardan biri bo‘lishi shubhasiz. Kelgusida milliy 
korpus negizida fanning turli sohalari uchun turli tarmoq korpuslar yaratilishi ilm-fan rivoja va muayyan 
soha tarqqiyoti uchun omil bo‘lib xizmat qiladi. 

Download 7,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish