Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 7,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/398
Sana26.02.2022
Hajmi7,21 Mb.
#467559
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   398
Bog'liq
Тайёр Миллий корпус тўплам 17.05

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“O‘ZBEK MILLIY VA TA’LIMIY 
KORPUSLARINI YARATISHNING NAZARIY 
HAMDA AMALIY MASALALARI”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2021) 
115 
lozimligini inobatga oladigan bo‘lsak, bunday kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish ishlarini tizimli 
ravishda yo‘lga qo‘ymoq lozim.
Korpus tilshunosi juda katta miqdordagi matnlar asosida ishlaydi. Korpuslarhar doim elektron 
shaklda saqlanadi va shu bilan ularga tez va oson kirish mumkin.Shuningdek, bir necha savollarga qisqa 
soniyalarda javob topish mumkin. Korpuslar yirik ma’lumotlar bazasida adashib qolmaslik uchun xarita 
vazifasini bajaradi. Korpuslarda o’zbek tilida qo’llaniluvchi so’zlar chastotalarini aniqlsh mumkin. Ayrim 
so’zlar matnda tez-tez uchraydi. Sud jarayonida lingvistik ekspertizalarini amalga oshirishda anonim 
xatlar muallifini aniqlashda konfliktli matndagi odatda kam qo’llaniladigan so’zlarni korpus orqali qidirib
chastotasini aniqlash imkoni beradi. Masalan, turli nutq uslublari doirasida so’zlikning tanlanishi farq 
qiladi. Shuningdek,yoshi, ma’lumot darajasi, jinsiga ko’ra nutq bir-biridan farq qiladi. AQSHda bo’lgan 
bir sud majlisida guvoh noma’lum xat tashkilot rahbari tomonidan yozilganligi haqida ko‘rsatma beradi. 
Biroq matnda qo‘llangan so‘zlar “the Brown corpus” orqali qo’llanilish doirasi, chastotasiga ko’ra 
lingvist-ekspertlar tomonidan tekshiriladi. Shunda matn va ayblanuvchining boshqa qo’lyozmalari 
o’rtasida sezilarli tafovutlar borligi aniqlanadi. [Malcolm Coulthard. 2013:202]. Korpus bizga birgalikda 
sodir bo'lishlar yoki kollokatsiyalar haqida ham aytib berishi mumkin. Aksariyat hollarda alohida so'zning 
matnda paydo bo'lishi o'z-o'zidan ajoyib yoki o'ziga xos hodisa emas, lekin uning boshqa so'zlar bilan 
Grammatik jihatdan bog’lanishida noodatiy hollar kuzatilishi mumkin. So’z nutqda o’z valentligiga ega 
bo’lmagan so’z bilan bog’lanishi mumkin.. Masalan, matn uchun “mehanika” so’zining “solmoq” fe’li 
bilan bog’lanishi odatiy emas. Korpus birinchi navbatda bizgamatnda ushbu so'zlarning alohida-alohida 
paydo bo'lishi ehtimoli qanchalik katta bo'lsa, unda bu ehtimolular uchun umuman paydo bo'lishi va 
nihoyat, qisqa matnda qanday bo'lishi mumkinligini aytib berishi mumkin.Shunda lingvist-ekspert uchun 
holatlarni aniqroq baholash imkoniyati yuzaga keladi. Yuqorida hosil bo’lgan bog’lanishning matnlarda 
tasodifiy paydo bo’lish ehtimoli va uning yirik yoki kichik matnlarda qo’llanilishi shakli haqidagi 
ma’lumotlar aniqlanadi. Shunda matn bir muallifga yoki mualliflar jamoasiga tegishli ekanligi 
oydinlashadi. baholash uchun ancha yaxshi holatga keladi. 
So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda shaxs ijtimoiy xavfsizligiga, sha’ni va qadr qimmatiga daxl 
qiluvchi xabarlar, kommentlarning ko‘payishi, keng jamoatchilik e’tiborini tortishi natijasida bu boradagi 
da’vo arizalari soni ortib bormoqda. Ayniqsa, internet taraqqiyoti natijasida Konstitutsion tuzumga 
tajovuz qiluvchi, milliy, etnik , irqiy va diniy nizolarni qo‘zgashg‘ash, urushni targ‘ib qilish mazmunidagi 
siyosiy xabarlar, kiber jinoyatlar soni ortishi kriminolingvistika takomili, shuningdek, malakali lingvist-
ekspertlarga bo‘lgan ehtiyojni tobora ortishiga sabab bo‘ladi. Dastavval qo‘lyozma matnlar bilan ish 
tutgan ekspertlar endi keng ko‘lamdagi konfliktli matnlar bilan ishlashlariga to‘g‘ri keladi. Bunda , 
birinchidan, tilning yirik korpusidan foydalanish ish hajmining samaradorligiga omil bo‘lsa, ikkinchi 
tarafdan ekspertlar potensialini oshirishga xizmat qiladi.Sababi ekspert konfliktli matnning stilistik 
jihatlarini tahlil qilishda turli lingvistik bilimlarga ehtiyoj sezadi. Til korpusidan foydalangan holda, 
yuqoridagi “Evans ishi” singari holatlarda aynanlik, o‘xshashlik va tafovutlarni oson aniqlash imkoniyati 
yuzaga keladi. Odatda anonim xatlar muallifini anilqashda tezkorlik muhim omil sanaladi. Tergovchi va 
lingvist-ekspertlar guruhi matn “kod”ini qanchalik qisqa muddatda ochishsa, jarayonning ijobiy yechim 
topishiga shuncha katta ta’sir o‘tkaziladi. Kriminalistikadagi ko‘pgina ochilmagan jinoyatlar muallif 
shaxsini aniqlay olmaslik, yoki aniqlashga kechikish asnosida yuzaga keladi.Boisi birinchidan, lingvistik 
ekspertiza jarayonida ekspert juda ko‘p ma’lumotlar bazasiga tayanadi; ikkinchidan aniq xulosa berish 
uchun matnning lingvistik belgilari taqqoslanadi, tahlil qilinadi. Albatta, bunda lingvist-ekspert o‘z 
gipotezalariga asoslanib ish tuta olmaydi. Uning xulosalari sud jarayonining o‘zgarishiga omil bo‘lishi 
mumkin. Shu sababdan ekspert tayyor ilmiy asoslangan yirik ma’lumotlar bazasidan foydalandi. Bu esa 
til korpusi va uning negizida kriminolingvistika uchun xususiy tarmoq korpuslarning yaratilishiga katta 
ehtiyoj borligini ko‘rsatadi. 
Korpus tilshunosligi 1960-yillardan beri mavjud bo‘lib, sud-lingvistikasi nisbatan yangi soha 
sifatida sudda lisoniy dalillarni va tilshunoslikning huquqiy matnlar va nutqlarga nisbatan keng 
qo‘llanilishini o‘z ichiga oladi. Tabiiy tilning kompyuter korpuslari orqali matn nafaqat leksik-semantik, 
balki grammatik tarzda belgilanishi, tahlil qilinishi, kelishuv, kollokatsiya va boshqa maxsus dasturiy 
ta'minot bilan tahlil qilinishi mumkin. Sud tilshunosligining nisbatan qisqa tarixida uning namoyandalari 
munozarali mualliflik kabi savollarga oydinlik kiritish maqsadida korpus tilshunoslik texnikasidan tez-tez 
foydalanib kelishgan. Lingvistik ekspertiza jarayonida korpuslardan foydalanishni keng va tor ma’noda 
qo‘llash mumkin. Tor ma’noda tergovgacha surishtiruv-qidiruv jarayonlarida ekspertiza belgilangan 



Download 7,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish