Musulmonova Kamola Xusniddin qizi *
45
Annotatsiya : Maqolada kriminolingvistika rivojiga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan omil sifatida milliy korpusning ahamiyati ta'kidlangan. Jahon kriminolingvistikasi doirasida olib borilgan lingvistik tekshiruvlarda korpuslardan foydalanish samaradorligi misollar bilan ko'rsatilgan. Korpusning kriminalistika sohasidagi qo'llanilishi va uning ahamiyati asoslanadi. Kalit so‘zlar : korpus, kriminolingvistika, yuridik tilshunoslik, lingvistik ekspertiza, lingvist-ekspert. Annotation : The article highlights the importance of the national corpus as a factor that has a positive impact on the development of criminolinguistics. The effectiveness of the use of corpus in linguistic examinations conducted in the framework of global criminolinguistics is illustrated by examples. The application of the corpus in the field of criminology and its significance will be clarified. Keywords : corpus, criminolingusitics, forensic linguistics, linguistic exam,linguist-expert Har qanday tilning ichki imkoniyatlari, o‘ziga xosligi uning qay darajada ommalashishi bilan
bog‘liq. XX asr texnika taraqqiyoti asri kirib kelishi bilan qator davlatlarning o‘z milliy korpuslari yaratib
bo‘lindi. Albatta, XXI asrda internet, axborot texnologiyalarining keng quloch yoyishi tilning jahon
miqyosida e’tirof etilishi, keng miqyosda targ‘ib qilinishi zamonaviy kommunikatsiyalar bilan bog‘liqligi
bilan belgilanishi shubhasiz. Tilning, xususan, o‘zbek tilining jahon hamjamiyati tomonidan o‘rganilishi,
e’tirof etilishi uchun , avvalo, uning asosiy leksik-grammatik bazalari shakllantirtilishi va dasturiy
ta’minoti yaratilishi lozim. Ana shu masalalarni inobatga olgan holda tilshunos olim B.R.Mengliyev
quyidagilarni ta’kidlaydi: “ Tilimizning murakkablik bo‘yicha bosqichlari ilmiy aniqlanib, shu asosda
turli leksik-grammatik darajadagi, ketma-ketlikka asoslangan qo‘llanmalar yaratish – dolzarb vazifa.
Birinchi o‘rinda lingvistik baza shakllantirilishi kerak. Bu tizimli, chuqur ilmiy tadqiqotlarni taqozo
etadi” [Mengliyev B.2020:10.18].
Xo‘sh, korpusning lingvistik ekspertiza jarayoniga aloqadorligi bormi? Konfliktli matnlar lingvistik
ekspertizasida korpus qanday ahamiyat kasb etadi? Ushbu maqolada shu singari javoblarga oydinlik
kiritiladi.
Sud lingvistikasi atamasi birinchi marta 1968 yilda paydo bo‘lgan, o‘shanda shved tilshunos
professori Yan Svartuk uni Britaniya sudi tomonidan o‘limga mahkum etilgan Timotiy Jonning ishini
ko‘rib chiqish jarayonida qo‘llaydi.[Suryata Ali. 2018: 218]. 1950 yilda Timoti Jon Evans rafiqasi va
bolasini o‘ldirganlikda ayblanib Londonda o‘limga hukm etiladi. Politsiya Evansning o‘z aybiga iqror
bo‘lganligini so‘zma-so‘z yozib olishga muvaffaq bo‘linganini ta’kidlaydi va shu asosda Evans osib
o‘ldiriladi. Ammo sud jarayonida ishtirok etgan tilshunos Yan Svartik Evansning bayonoti va oldin
yozgan xatlarini o‘zaro taqqoslaydi, shunda har ikkala matndagi o‘xshashlik bilan bir qatorda so‘zlarning
qo‘llanilishi, bog‘lanishi, sintaktik, stilistik jihatdan tafovutlarini aniqlaydi. Iqrornoma esa Evansga
tegishli emasligini isbotlaydi. Jarayonda Evansning ko‘rsatmalari, yozib olingan audio yozuvlar alohida
tahlil qilinadi va asl qotil aniqlanadi.Evans vafotidan keyingina aybsiz deb topiladi va afv etiladi.
[Georgina Heydon. 204:2] Aynan mana shunday sud jarayonidagi notog‘ri xulosalar, faktlarning aniq
teksirilishiga ehtiyoj natijasida konfliktli matnni lingvistik ekspertiza qilishga ehtiyoj tug‘ildi. 1993-yilda
Xalqaro sud tilshunosligi assotsiatsiyasi, 1994-yilda esa “Sud, til va qonunnutqi” nomli dastlabki
kriminolingvistika sohasidagi jurnal yuzaga keladi. Keyinchalik Buyuk Britaniya va Ispaniyada xalqaro
lingvist-ekspertlarni tayyorlaydigan universitet ham tashkil etildi. Bugungi kunda jahonning ko‘plab
rivojlangan davlatlarida lingvist-ekspertlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari faoliyat yuritadi.
Respublikamizda Ichki ishlar akademiyasi kursantlari uchun alohida ekspertiza o‘tkazish doirasida
lingvistik ekspertiza bo‘yicha saboq beriladi. Lingvist-ekspert keng doiradagi mutaxassis bo‘lishi
45
*Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Amaliy tilshunoslik va
lingvodidaktika kafedrasi o‘qituvchisi. musulmonova95@mail.ru