Kerakli asbob va idishlar. Suvni qaynatish uchun «Tefal»
yoki sirli chovgum, elektr yoki gaz plitasi, 3 l sig‘imli kas-
trulka, qahva qaynatkich, 1 l sig‘imli choynak, piyolalar, li-
kopchalar, qahva servislari,
finjon (chashka), choy qoshiq.
Choyni damlash tartibi. Kerakli masalliqlar: 1 l suv, 20 g
quruq qora yoki ko‘k choy.
1.
Choy damlash uchun choynak qaynoq suv bilan chayib
tashlanadi.
2.
Choynakka quruq choyni solib, choynak hajmining
1/3 qismicha qaynoq suv quyiladi va 5–7 daqiqa choynak
qopqog‘ini yopib damlab qo‘yiladi.
3.
So‘ngra qaynab turgan suv quyib choynak to‘l
diriladi
va dasturxonga issiqligida tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |