To'plovchi-ToshDO'TAUsirtqi ta'lim 216(s)-guruh
talabasi Xursandova Munira Muzaffar qizi.
Manba to'plangan manzil:Surxondaryo viloyati Denov tumani shevasidan.
1.O'ruscha- ruscha so'zi ma'nosida qo'llaniladi.
2.O'lum- o'g'lim ma'nosida qo'llaniladi.
3. Shibirdamoq-pichirlab gapirmoq.
4.Shivoz-emadigan holi sutdan chiqmagan 6 oylik bola.
5.Shirbirich-shirguruch (sutdan tayyorlanadigan taom).
6.Ovloq-pana,chekka joy.
7.Chunoq-xasis odam ma'nosida kelyabdi.
8.Chinoq- qulog'i kertik mol manosida kelyabdi.
9.Ayna-murojaat uchun ishlatiladigan joy.
10.Ayna-bu yerda oyna ma'nosida qo'llanilyabdi.
11.Oyg'oq-shatta,janjalkash ayg'oq kishi ma'nosida.
12.Ural-boshning tarki birikkan joyda.Ural daryo nomida ha keladi.
13.Alag'alay-qandaydir allaqanday ma'nosida keladi.
14.Aptab-quyosh ma'nosida qo'llaniladi.
15.Chuvoq-issiq quyosh tegib turadigan joy.
16.Atqamar-uch tomoni berk joy.
17.Oxmoy-paxta yog'i ya'ni oddiy o'simlik yog'i.
18.Arqayin-bamaylixotir yuradigan .
19.Ottaba-oftoba ya'ni suv solib qo'yiladigan oddiy idish.
20.Tutandiriq-quruq o'tin ya'ni quruq o'tin solib olov yoqish uchun ishlatiladigan narsa.
21.Uvuz-yangi tug'gan mol suti.
22.Uchunmoq-qattiq qo'rqmoq.
23.To'rsalak-lo'ppi semiz inson.
24.Tuyato'pon-sabziga o'xshaydigan yovvoyi o'simlik.
25.To'bal-qashqa.
26.Allamchi-aldoqchi,yolg'onchi kishiga nisbatan.
27.Taxtay-sabzi to'g'rash uchun ishlatiladigan buyum.
28.Boybicha-xotin-qizlaga murojaat.
29.Baqimti-qo'lidan kelgancha.
30.Taboq-milliy kurashda polvonlar uchun qoyiladigan sovrin.
31.Toboq-oddiy lagan osh soladigan taboq ma'nosida.
32.Siyirmoq-shilmoq ma,nosida.
33.Vo'pka-hovliqma ma'nosida.
34.Boyinsa-insonni o'zini tengquri.
35.Siyir-sigir ma,nosida.
36.O'qariq-ekinlarni boshiga suv keladigan joy.
37.Ganna-xunuk odam ma'nosida.
38.Alma-bu oddiy olma mevasi ma'nosida.
39.Kashalok-hamyon pul soladigan buyum.
40.Hamshoya-qo'shni ma'nosida.
41.Tarilka-ovqat soladigan yo nimadir soladigan lagan.
42.Ayoq-bu yerda oyoq ma'nosida.
43.Qayvor- qo'limni qo'ib yubor ma'nosida qo'llanilyabdi.
44.Jetti-bu yerda 7 soni aytilyabdi.
45.Dovcha-o'rik mevasining kichik mevasi.
46.Chapak-qarsak ma'nosida.
47.Kadi-poliz ekinidagi qovoq ma'nosida.
48.Shaltak- oyoqqa kiyiladigan poyabzal.
49.Og'ayin-qarindosh ma'nosida.
50.Sopi qilmoq-guruchni ovqatga solishdan oldin yaxshilab yuvish.