Tuxumni qaynatib pishirish usullari
Tuxumni uch xil usulda qaynatish mumkin (11-rasm):
1. Tuxumni qaynoq suvga solib 3–5 daqiqa ilitiladi va bu
tuxum xomligicha (yutiladi) iste’mol qilinadi.
2. Tuxumni suvga solib 7–8 daqiqa davomida qaynatib
«xaltacha» usulida pishiriladi. Bunda tuxumning oqi pishib,
sarig‘i esa suyuq holda qoladi va u organizmda oson hazm
bo‘ladi. So‘ngra tuxumning po‘stlog‘i oson ko‘chishi uchun
sovuq suvda sovutiladi.
3. Tuxumni suvga solib 10
–12 daqiqa qaynatsak, qattiq
bo‘lib pishadi va uni salatlar, taomlar tayyorlashda ishlatish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |