114
bo‘ladi. Sabzavotli
taomlar ovqat hazm qilishda, ichak faoli-
yatini yaxshilashda katta yordam beradi.
Sabzavotlarni
qaynatib, qovurib, dimlab pishirish mumkin.
Ularni qaynatib pishirishda quyidagilarga amal qilish zarur:
1. Sabzavotlarni qaynatib taom tayyorlanadigan bo‘lsa,
ular biroz qay
nab turgan tuzli
suvga solinadi va past olov-
da pishiriladi. Shunda ularning to‘yimliligi, foydali moddalari
yo‘qolmaydi va vitaminlari parchalanib ketmaydi.
2. Lavlagi va
sabzi tuzsiz suvda qaynatiladi, chunki tuzli
suv ularning ta’mini buzadi.
3. Sabzavotlarni qaynatishda suv ularni 1–1,5 sm ko‘mib
turishi kerak. Agar suv ko‘proq bo‘lsa, ularning to‘yimli
moddalari kamayib ketadi.
4. C vitamini yo‘qolishining oldini
olish uchun sabzavotni
usti yopiq idishda qaynatish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: