Zamonaviy oshxona jihozlari
Oshxona kombayni. Oshxona kombayni universal mosla-
ma bo‘lib, bir qancha vazifalarni bajaradi (6-rasm). Ushbu
moslamada sabzavotlarni to‘g‘rash, meva va sabzvatolardan
sharbat chiqarish, xamir qorish, go‘shtni maydalash, tuxum
ko‘pirtirish, salatlarni qorishtirish va boshqa turli ishlarni
bajarish mumkin. Kombaynda sabzavotlarni to‘g‘rash uchun
avval sabzavotlarga birlamchi ishlov berilib, yuvib olinadi.
Sabzavotlarni istalgan o‘lcham va shaklda to‘g‘rash mumkin.
Go‘shtqiymalagich. Undan go‘shtni qiymalash va kotlet
massalarini tay
yorlash uchun foydalaniladi (7-rasm).
Mikser. Mikser, asosan, tuxum oqini ko‘
pirtirishda, tort
uchun kremlar tayyorlashda ishlatiladi (8-rasm).
Sharbat siqqich. Sharbat siqqich turli xil meva va sabza-
votlarning sharbatini siqib olish uchun ishlatiladi (9-rasm).
6-rаsm.
Оshхоnа
kоmbаyni.
Do'stlaringiz bilan baham: |