Kiyimlarni modellashtirish – birlamchi namunasi yoki
modelini yaratish jarayoni bo„lib, shu asosda tikuvchilik
korxonalarida buyumlar ishlab chiqariladi. Model modelyer-
rassomning mehnati orqali materialda mujassamlanadi, aniq qomat-
maneken uchun buyum yaratadi.
Kiyimlarni ommaviy ishlab chiqarish. Kiyimlar ommaviy,
turkumli yoki individual holda tikilishi mumkin. Ommaviy ishlab
chiqarishda bir turdagi buyumlar ko„p miqdorda, turkumli ishlab
chiqarishda uncha katta bo„lmagan partiyalar va yakka tartibda
kiyimlar atelyelarida tikiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |