4.1. O„zbekiston Respublikasi byudjet tizimining byudjetlari
O‗zbekiston
Respublikasida
byudjet
tizimining
modeli
markazlashgan bo‗lib, byudjet tizimi mos ravishda ikki darajaga ega.
Respublika byudjeti byudjet tizimining asosiy darajasi hisoblanadi,
Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar majmui
O‗zbekiston byudjet tizimining ikkinchi darajasini tashkil qiladi.
O‗zbekiston Respublikasining respublika byudjeti milliy soliq va
majburiy to‗lovlar hisobiga shakllantiriladi va umumdavlat xarakteridagi
tadbirlarni moliyalashtirish uchun foydalaniladi.
Respublika byudjeti daromadlarini quyidagilar shakllantiradi:
– umumdavlat soliqlari, yig‗imlari va to‗lovlari (yuridik shaxslardan
olinadigan foyda solig‗i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq,
jismoniy shaxslar daromadlariga soliqlar, QQS, aksiz solig‗i, yer
qa‘ridan foydalanuvchilar uchun maxsus to‗lovlar va soliqlar,
tadbirkorlik faoliyatining alohida turlari bo‗yicha qat‘iy belgilanganlik
soliq, davlat boji va bojxona to‗lovlari, yagona soliq to‗lovi, yer solig‗i);
– davlat moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirish, taqdim etish
va ulardan foydalanishni ta‘minlashdan olingan daromadlar;
– meros va xayriya huquqi asosida davlat mulkiga berilgan
mablag‗lar;
– yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, chet el davlatlaridan
beg‗araz pul tushumlari;
– rezident yuridik shaxslar va xorijiy davlatlarga beriladigan byudjet
ssudalarini so‗ndirish hisobiga to‗lovlar;
– qonunchilik tomonidan taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
Respublika
byudjetining
xarajatlari
tasdiqlangan
byudjet
mablag‗lari doirasida quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
– respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet mablag‗lari
oluvchilarning joriy xarajatlari;
– joriy byudjet transfertlari;
– kapital xarajatlar: asosiy jamg‗armalar va vositalar (jumladan, ular
bilan bohliq ishlar va xizmatlar) ning davlat ehtiyojlari uchun sotib
olinishi va ishga tushirilishi; chet elda davlat ehtiyojlari uchun yer va
boshqa mol-mulkni sotib olish; davlat ehtiyojlari uchun yer huquqi va
boshqa nomoddiy aktivlarni sotib olish; davlat zaxiralarini yaratish;
– yuridik shaxslarga kapital xarajatlarni qoplash uchun byudjet
transfertlari;
–Qoraqalpog‗iston
Respublikasi
byudjetiga
va
mahalliy
byudjetlarga byudjet dotatsiyalari, byudjet subvensiyalari va byudjet
ssudalari;
– rezident yuridik shaxslar va xorijiy davlatlarga byudjet ssudalari;
– davlat maqsadli jamg‗armalariga byudjet dotatsiyalari va byudjet
ssudalari;
– davlat qarzini qaytarish va xizmat ko‗rsatish bo‗yicha to‗lovlar;
– qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa xarajatlar.
Respublika byudjetidan umumdavlat xarakteridagi
tadbirlar
moliyalashtiriladi:
– fan, ta‘lim, madaniyat, sog‗liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport
(respublikaga bo‗ysunadigan byudjet tashkilotlari bo‗yicha);
– ijtimoiy ta‘minot;
– mudofaa, milliy xavfsizlik va jamoat tartibini ta‘minlash;
– sud va prokuratura organlari faoliyatini ta‘minlash;
– davlat va safarbarlik zaxiralarini yaratish va ta‘minlash;
– davlat markazlashtirilgan investitsiyalarini amalga oshirish;
–davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, O‗zbekiston
Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va missiyalari
faoliyatini ta‘minlash;
– iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi respublika bo‗ysunuvidagi
byudjet tashkilotlarini ta‘minlash;
– O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga
muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo‗yicha aniq maqsadli
davlat dasturlari va chora-tadbirlarini amalga oshirish;
– yerlarni meliorativ holatini yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza
qilish tadbirlarni amalga oshirish;
– qishloq xo‗jalik zararkunandalariga qarshi kurash;
– gidrometeorologiya, do‗lga qarshi tadbirlar;
– qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.
Respublika byudjeti defitsiti, asosan, davlat ichki va tashqi qarzi
hamda moliya yili boshida respublika byudjetining qoldiq mablag‗lari
hisobiga moliyalashtiriladi.
Byudjet tizimining ikkinchi darajali byudjetlari: Qoraqalpog‗iston
Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar.
Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti – daromad manbalari va
ulardan tushumlarni, shuningdek, xarajat yo‗nalishlari va moliya yili
mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratilgan mablag‗lar miqdorini
nazarda tutuvchi Qoraqalpog‗iston Respublikasi pul mablag‗lari
jamg‗armasidir.
Qoraqalpog‗iston
Respublikasi
byudjeti
Qoraqalpog‗iston
Respublikasining respublika byudjeti va respublika (Qoraqalpog‗iston
Respublikasi) bo‗ysunuvidagi tumanlar va shaharlar byudjetlarini o‗z
ichiga oladi.
Mahalliy byudjet – daromad manbalari va ulardan tushumlarni,
shuningdek, xarajat yo‗nalishlari va moliya yili mobaynida aniq
maqsadlar uchun ajratilgan mablag‗lar miqdorini nazarda tutuvchi
tegishli viloyat, tuman, shaharning pul mablag‗lari jamg‗armasidir.
Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning
daromadlari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
– mahalliy soliqlar, yig‗imlar, bojlar va boshqa majburiy to‗lovlar
(mulk solig‗i, yer solig‗i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani
rivojlantirish bo‗yicha soliqlar, transport vositalari uchun benzin, dizel
yoqilg‗isi va gaz iste‘moli uchun jismoniy shaxslardan soliqlar, alohida
turdagi tovarlar chakana savdosi va ayrim turdagi xizmatlar ko‗rsatish
huquqi uchun yig‗imlar);
– umumdavlat soliqlari, yig‗imlar, bojlar va qonunchilikda
belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog‗iston Respublikasi
byudjetiga va mahalliy byudjetlarga yo‗naltiriladigan boshqa majburiy
to‗lovlar;
– qonunchilikda belgilangan normativlarga muvofiq davlat mulki
obyektlarini joylashtirishdan, taqdim etishdan tushgan daromadlar;
– meros huquqi asosida davlat mulkiga berilgan mablag‗lar, qonun
hujjatlariga muvofiq hadyalar;
– yuqori turuvchi byudjetdan byudjet dotatsiyalari, byudjet
subvensiyalari va byudjet ssudalari;
– yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, xorijiy davlatlardan
beg‗araz pul tushumlari;
– qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning
xarajatlari tasdiqlangan byudjet mablag‗lari doirasida quyidagilar tarzida
amalga oshiriladi:
– Qoraqalpog‗iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar
Respublikasi
byudjetidan
moliyalashtiriladigan
joriy
byudjet
tashkilotlari;
– joriy byudjet transfertlari;
– asosiy jamg‗armalar va vositalarni (shu jumladan, ular bilan
bog‗liq ishlar va xizmatlar) davlat ehtiyoji uchun sotib olish va ishga
tushirishga kapital xarajatlar hamda davlat ehtiyoji uchun yerga va
boshqa nomoddiy aktivlarga egalik huquqini sotib olish;
– qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa xarajatlar.
Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlardan
quyidagilarga xarajatlar moliyalashtiriladi:
– ilm-fan, ta‘lim, madaniyat, sog‗liqni saqlash, jismoniy tarbiya va
sport (Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar
byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari bo‗yicha);
– ijtimoiy ta‘minot;
– aholini ijtimoiy himoya qilish;
– Qoraqalpog‗iston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini
ta‘minlash;
– Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi
iqtisodiyotning turli tarmoqlariga oid byudjet tashkilotlarini ta‘minlash;
– qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish
uchun mo‗ljallangan maqsadli dasturlar va tadbirlarni amalga oshirish;
– va boshqa maqsadlar uchun.
O‗zbekiston Respublikasi byudjet tizimi quyidagi xususiyatlarga
ega: Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar
balanslashgan daromad va xarajatlarga ega bo‗lishi kerak, defitsitga yo‗l
qo‗yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |