13
Бабич, А.М. Государственные и муниципальные финансы / А.М. Бабич, Л.Н. Павлова. - М.: Юнити-
Дана, 2017. - 687 c
Moliya tizimida markaziy o„rinni egallaydi
ustuvor yo„nalishlar
uchun moliyaviy
resurslarni
konsentratsiya qilishda
asosiy instrument
bo„lib xizmat qiladi
iqtisodiyot alohida
tarmoqlarining
rivojlanishida asosiy
manba rolini ham o„ynashi
mumkin
Davlat
byudjetining
ahamiyati
subyektlarning moliyaviy
barqarorligini
ta‟minlashda byudjet katta
ahamiyat kasb etadi
uning yordamida katta
hajmdagi moliyaviy
resurslar davlatning qo„lida
to„planadi va ular umum
davlat ehtiyojlarini
qondirishga sarf etiladi
jamg‗armasini tashkil qilish va sarflashning qonun bilan mustahkamlab
qo‗yilgan shaklidir.
Byudjet hokimiyatning vakillik organi tomonidan qabul qilinadigan
va shu sababli qonun kuchiga ega bo‗lgan huquqiy hujjat shakliga ega.
O‗zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, Davlat byudjeti
daromad manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya
yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‗lar hajmi va
sarflash yo‗nalishlarini ko‗zda tutuvchi markazlashgan davlat
jamg‗armasini o‗zida aks ettiradi (jumladan, davlat maqsadli
jamg‗armalari mablag‗lari).
Ixtiyoriy iqtisodiy kategoriyaning mohiyati uning funksiyalarida
namoyon bo‗ladi.
Davlat byudjeti moliyaning iqtisodiy kategoriyasining tarkibiy
qismi
bo‗lgani
uchun,
byudjet
munosabatlari
moliyaviy
munosabatlarning tarkibiy qismi sanaladi, o‗z navbatida, ularga pul
shakli va moliyaning asosiy funksiyalari: taqsimot (qayta taqsimlash) va
nazorat xos.
Taqsimot funksiyasini byudjet daromadlari, jumladan, soliqlar,
zayomlar, davlat mulki daromadlari, qog‗oz pullar emissiyasidan
daromadlar bajaradi. Bunda byudjet jamg‗armasi sof milliy mahsulot:
ishchi va xizmatchilarning ish haqi, yollanib ishlovchi shaxslarning
daromadlari, tadbirkorlik foydasi, renta va foizlarning birlamchi
taqsimoti natijasida olingan xo‗jalik subyektlari (yuridik va jismoniy
shaxslar)ning daromadlari hisobidan shakllantiriladi.
Byudjet daromadlarining tuzilmasi barqaror emas, u har bir
mamlakatning o‗ziga xos iqtisodiy sharoitlariga bog‗liq. Byudjet
daromadlari tuzilmasidagi o‗zgarish iqtisodiy jarayonlar dinamikasi
bilan bog‗liq o‗zgarishlarni aks ettiradi.
Shunday qilib, soliqlar bilan qarzlar o‗rtasidagi nisbatning qarz
ulushining ortishi tomon o‗zgarishi ishlab chiqarishdagi pasayish,
jamiyatda iste‘mol bilan jamg‗arish o‗rtasidagi o‗zaro nisbat
o‗zgarganligidan dalolat beradi.
Byudjetning qayta taqsimlash funksiyasi aniq maqsadli byudjet
xarajatlariga tegishli. Umumiy xo‗jalik subyekti sifatida namoyon
bo‗luvchi davlat ishlab chiqarish jarayonidagi barcha ishtirokchilarning
iqtisodiy manfaatlarini inobatga oladi, shuning uchun byudjet xarajatlari
xo‗jalik yuritishning barcha tarmoqlari va sohalarini qamrab oladi.
Milliy iqtisodiyotda makroiqtisodiy proporsiyaga rioya etish zarurati
alohida tarmoqlarni byudjetdan moliyalashtirish hajmini, ijtimoiy
sohalar, iqtisodiy mintaqalar, mulkchilikning turli shakllari va alohida
xo‗jalik subyektlarini tartibga solishni taqozo etadi.
Byudjetning nazorat funksiyasi byudjetga mablag‗lar tushishining
o‗z vaqtidaligi va to‗liqligi hamda ulardan maqsadga muvofiq
foydalanish ustidan davlat nazoratining imkoniyati va majburiyatini
nazarda tutadi.
Shunday qilib: taqsimot funksiyasi byudjet jamg‗armasi (byudjet
daromadi) shakllantirilishini; qayta taqsimot – byudjet mablag‗laridan
foydalanishni (byudjet xarajatlari); nazorat – byudjetga mablag‗ kelib
tushishi va ulardan foydalanish ustidan nazorat qilish uchun shart-sharoit
yaratishni ta‘minlaydi.
Davlat byudjeti ishlab chiqarishning barcha bosqichlariga faol ta‘sir
qiladi, milliy iqtisodiyotning tarmoqlari o‗rtasida, milliy daromad qayta
taqsimlash imkonini beradi noishlab chiqarish sohasiga, jumladan,
moddiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohasida milliy
daromadning qayta taqsimlanishini ta‘minlaydi (ishchi kuchini ishga
solish uchun shart-sharoitlar yaratish, jamiyatni jismoniy va ma‘naviy
rivojlantirish, ijtimoiy barqarorlik ko‗payishi uchun shart-sharoit
yaratish, aholining kam ta‘minlangan qatlami – pensionerlar, talabalar,
ishsizlar, kam ta‘minlangan ko‗p bolali oilalar va boshqalar munosib
yashashini qo‗llab-quvvatlash); jamiyat uchun favqulodda muhim va
zarur mahsulotlar va xizmatlar bo‗yicha barqaror past daromadlilikka
ega tarmoqlarning (energetika, transport, aloqa va hokazo) moliyaviy
qo‗llab-quvvatlashni amalga oshiradi va boshqalar.
Davlat bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjet daromadlarini
shakllantirishning asosiy manbai bo‗lgan soliqlar orqali muayyan
tarmoqlar, xo‗jalik subyektlari va jismoniy shaxslarning tasarrufida
qoluvchi pul mablag‗lari ulushini kamaytirgan yoki ko‗paytirgan, tiyish
yoki rag‗batlantirish siyosatini amalga oshirgan va shu tariqa iqtisodiy
muvozanatni ta‘minlagan holda ularning iqtisodiy faolligini tartibga
soladi.
Shu bilan birga, byudjet orqali byudjet tizimi darajalari
(subvensiyalar, transfertlar) o‗rtasida daromadlar qayta taqsimlanishini
amalga oshirib, bu bilan mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
darajasini tenglashtirish uchun imkon yaratadi.
Shunday qilib, davlat byudjeti iqtisodiyotning samarali regulyatori
hisoblanadi – u davlat uchun zarur moliyaviy resurslarni hajmini aks
ettiradi, mamlakatning soliq siyosatini belgilaydi, mablag‗larni sarflash,
milliy daromad va yalpi ichki mahsulotni qayta taqsimlashning aniq
yo‗nalishlarini qayd qiladi.
Tarixning turli davrlarida davlat byudjeti milliy iqtisodiyotga
turlicha ta‘sir qiladi. Masalan, kapitalistik rivojlanish davrida davlat
iqtisodiyotga faol aralashmadi – shuning uchun davlat byudjeti orqali
milliy daromadning 19 foizigachasi qayta taqsimlandi. XX asrning
ikkinchi yarmiga kelib davlat byudjeti makroiqtisodiy jarayonlarni
tartibga solishning kuchli instrumentiga aylanadi – hozirgi paytda milliy
daromadning 30-50% gachasi byudjet orqali qayta taqsimlanadi.
Davlat byudjetining faoliyati maxsus iqtisodiy shakllar – daromad
va xarajatlar bilan ta‘minlanadi.
Byudjet daromadlari – davlat organlari va mahalliy o‗zini o‗zi
boshqarish organlarining tasarrufiga qonun hujjatlariga muvofiq
beg‗araz tartibda kelib tushadigan pul mablag‗laridir.
Jahon amaliyotida byudjetga pul tushumlarining uchta asosiy
yo‘llari mavjud:
– qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan soliqlar va yig‗imlar
ko‗rinishida undiriladigan yuridik va jismoniy shaxslarning majburiy
to‗lovlari;
– foydalanilganligi uchun to‗lovlar yoki badallar undirilishi mumkin
bo‗lgan davlat mulki va umumdavlat resurslari;
– davlat zayomlari, boshqa qimmatli qog‗ozlarni sotishdan olingan
daromadlar, lotareyalar, davlat banklariga omonatlarning bir qismi va
boshqa shakldagi jalb qilingan resurslar.
Byudjet daromadlarining miqdori YAIMning o‗sishiga va soliq
stavkalari bo‗yicha belgilangan soliq yukiga bog‗liq. Daromadlar
byudjet xarajatlarini ta‘minlashga mo‗ljallangan.
Byudjet xarajatlari bu – davlat va mahalliy o‗zini o‗zi boshqarish
organlarining vazifalari va funksiyalarini moliyaviy qo‗llab-quvvatlash
uchun yo‗naltiriladigan pul mablag‗laridir.
Byudjet xarajatlari kategoriyasi xarajatlarning aniq turlari orqali
namoyon bo‗lib, ularning har biri sifat va miqdoriy jihatdan tavsiflanishi
mumkin. Sifat jihatidan tavsif byudjet xarajatlarining har bir turiga xos
iqtisodiy mazmun va ijtimoiy ahamiyatni belgilash imkonini bersa,
miqdoriy tavsif ularning kattaligini aniqlaydi.
Byudjetning uchta asosiy holati mavjud: defitsit, profitsit,
balanslashgan. Byudjet xarajatlarining daromadlaridan ortib ketishi
(byudjetning manfiy saldosi) byudjet defitsitidan darak beradi.
Byudjet daromadlarining xarajatlaridan ortiqligi (byudjetning
musbat saldosi) byudjet profitsiti hisoblanadi.
Balanslashgan – xarajatlar summasi va kelib tushgan daromadlar
miqdori teng bo‗lgan byudjet.
Iqtisodiyot nazariyasida agar defitsit yoki profitsit umumiy
xarajatlarning 1 foizidan oshmasa, byudjetni balanslashgan deb
hisoblash qabul qilingan.
Byudjet defitsiti davlat uchun yoqimsiz hodisa. Biroq byudjet
defitsitini favqulodda va halokatli hodisalar toifasiga kiritish mutlaqo
mumkin emas, chunki defitsit sifati va tabiati har xil bo‗lishi mumkin.
Davlat byudjeti defitsiti nazorat qilinuvchan hisoblanadi, agar uning
hajmi YAIMning 3 foizidan (Maastrixt mezoni) oshmasa, iqtisodiyot
uchun xavfli sanalmaydi. Aksincha holatda, u pul, kredit tizimi va
umuman butun iqtisodiyotning faoliyatiga ta‘sir qiladi.
Byudjet defitsitining quyidagi shakllari ajratib ko‗rsatiladi:
tuzilmaviy
– iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida davlat
xarajatlarini oshirish va soliqlarni kamaytirish bo‗yicha hukumat chora-
tadbirlari natijasida yuzaga keluvchi defitsit, u ijtimoiy jarayonlarning
inqiroz kechishini aks ettirmaydi, balki aniqrog‗i, ijtimoiy ishlab
chiqarish tuzilmasida progressiv siljishlarni ta‘minlashga davlatning
intilishi oqibati sanaladi;
davriy – ishlab chiqarishning davriy pasayishi natijasida yuzaga
keladigan va iqtisodiyotdagi inqirozni, hodisani, hukumatning moliyaviy
vaziyatini nazorat qilishga qodir emasligini aks ettiradigan defitsit.
Byudjet defitsitini moliyalashtirish manbalari sifatida o‗z
mablag‗lari va qarz mablag‗lari namoyon bo‗lishi mumkin. O‗z
mablag‗lari – davlat va mahalliy hokimiyatga tegishli bo‗lgan mol-
mulkdan resurslar tushumi, qaytmas xarakterda bo‗ladi. Ichki va tashqi
moliya bozorlaridan o‗zlashtirish qaytar xarakterga ega bo‗lib, davlat
qarzining ko‗payishiga olib keladi, ularga xizmat ko‗rsatish bo‗yicha
foiz xarajatlari qoplanishini talab etadi.
O‗zbekiston Respublikasida Davlat byudjeti daromad manbalari va
ulardan tushumlarni, shuningdek, xarajat yo‗nalishlari va moliya yili
mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratilgan mablag‗lar miqdorini
nazarda tutuvchi markazlashgan davlat jamg‗armasini o‗zida aks ettiradi
(jumladan, davlat maqsadli jamg‗armalari mablag‗lari).
O‗zbekistonning Davlat byudjeti tarkibiga respublika byudjeti,
Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar kiradi.
Shuningdek, davlat byudjeti tarkibida davlat maqsadli jamg‗armalari
birlashtiriladi.
Respublika byudjeti – davlat byudjetining daromad manbalari va
ulardan tushumlarni nazarda tutuvchi umumdavlat xarakteridagi
tadbirlarni moliyalashtirish uchun foydalaniladigan qismidir.
Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti – davlat byudjetining
daromad manbalari va ulardan tushumlarni, shuningdek, xarajat
yo‗nalishlari va moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratilgan
mablag‗lar miqdorini nazarda tutuvchi Qoraqalpog‗iston Respublikasi
pul mablag‗lari jamg‗armasidan iborat tarkibiy qismidir.
Qoraqalpog‗iston Respublikasining byudjeti Qoraqalpog‗iston
Respublikasi byudjeti va respublika (Qoraqalpog‗iston) bo‗ysunuvidagi
tumanlar va shaharlar byudjetini o‗z ichiga oladi.
Mahalliy byudjet – davlat byudjetining daromad manbalari va
ulardan tushumlarni, shuningdek, xarajat yo‗nalishlari va moliya yili
mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratilgan mablag‗lar miqdorini
nazarda tutuvchi tegishli viloyat, tuman, shaharning pul mablag‗lari
jamg‗armasidan iborat qismidir.
Viloyat byudjetiga viloyat byudjeti, tumanlar va viloyatga
bo‗ysunadigan shahar byudjetlari kiradi.
Tuman bo‗ysunuvidagi shaharlar mavjud tumanlarning byudjetlari
tuman byudjeti va tumanga bo‗ysunadigan shaharlar byudjetini o‗z
ichiga oladi.
Tuman bo‗linishiga ega shahar byudjeti shahar byudjeti va shahar
tarkibiga kiruvchi tumanlarning byudjetidan iborat bo‗ladi.
Davlat maqsadli jamg‗armalari – davlat byudjeti tarkibiga
birlashtiriladigan jamg‗armalar bo‗lib, ularning har biri uchun
qonunchilik bilan moliyalashtirish manbalari, har bir manbadan
mablag‗lar tushumi me‘yorlari va shartlari, shuningdek, ushbu
mablag‗lar foydalanishi mumkin bo‗lgan maqsadlar belgilab berilgan.
Shunday qilib, mohiyatan, O‗zbekiston Respublikasining Davlat
byudjeti respublika byudjeti, Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti va
mahalliy byudjetlar (ya‘ni, konsolidatsiyalangan byudjet) va byudjetdan
tashqari jamg‗armalarning byudjetlarining daromad va xarajatlarini o‗z
ichiga oluvchi jamlanma byudjetni o‗zida aks ettiradi.
Nazariya va amaliyot nuqtayi nazaridan jamlanma byudjet tegishli
ma‘muriy-hududiy birlik hududining barcha darajadagi byudjetlari
jamlanmasi, davlat byudjet tizimi, daromadlar va xarajatlar bo‗yicha,
shuningdek, mablag‗lar tushumi manbalari va ulardan hududlar bo‗yicha
foydalanish va butun mamlakat byudjet tizimi bo‗yicha jamlangan
ma‘lumotlarni tavsiflovchi byudjet ko‗rsatkichlarining statistik to‗plami
sanaladi. Konsolidatsiyalangan byudjet ko‗rsatkichlaridan quyidagilarda
foydalaniladi:
– byudjetni rejalashtirishda, masalan, umumdavlat miqyosida
tartibga solinuvchi soliqlardan mahalliy byudjetlarga ajratmalar
me‘yorlari kattaligini va dotatsiyalar miqdorini belgilashda;
– mamlakat aholisining yaxlit va alohida olingan hududlarda
ta‘minlanganligining jon boshiga tibbiy xizmat ko‗rsatishga byudjet
xarajatlari, ta‘lim, jon boshiga o‗rtacha byudjet daromadlari kabi alohida
hududlarning qiyosiy tahlili uchun mezon hisoblanuvchi turli
ko‗rinishlarini tavsiflovchi ko‗rsatkichlarni hisoblashda;
– istiqbolli moliyaviy rejalashtirishda umuman davlatning va uning
alohida hududlarining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish prognozlarini
ishlab chiqishda. Masalan, byudjetni prognozlashning iqtisodiy-maBOB
tik modellarini ishlab chiqish, jumladan, mintaqaning moliyaviy
resurslari va byudjetdan ta‘minlanganligini hisoblash YaIM, milliy
daromad, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi, qishloq xo‗jaligi kabi
o‗zgaruvchilar va konsolidatsiyalangan byudjetlarning daromadlari
hajmi o‗rtasidagi korrelyatsion munosabatlarni tadqiq qilish uchun zarur
konsolidatsiyalangan byudjetlar ma‘lumotlarisiz mumkin emas.
Davlat byudjeti respublika parlamenti – Oliy Majlis tomonidan
tasdiqlanadi va qonun kuchiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |