36 b 2-savol. Servirovkalash va taomlarni uzatish. Restoranlarda xizmat qilishning hozirgi zamon shakllariga quyidagilar kiradi:- oldindan berilgan buyurtma bo‘yicha mehmonxonada yashayotgan mehmonlar uchun komplekt tushliklar berish; - zal-ekspress va stol-ekspress tashkil qilish; - choy stoli tashkil qilish; - oilaviy tushliklar tashkil qilish; - milliy pazandachilik bo‘yicha taomlarni yeb-sinab (degustatsiya) ko‘rish. Xizmatning yuqorida aytilgan shakllari xizmat madaniyatini oshirishga, xizmat tarmoklarining ko‘payishi, mahsulotlarni realizatsiya qilish miqdorining o‘sishiga olib keladi. Taomlarni komplekt qilib berilganda vaqtdan yutiladi. Bu tushlik ovqatiga gazak, yarimta suyuq ovqat, ikkinchisiga issiq ovqat va shirinlik. Taomnoma har bir kun uchun alohida-alohida tuziladi. Zalda komplekt ovqat uchun stol bo‘ladi. Mijozlarga kirishda bu haqda aytiladi yoki stolda bu haqda yozilgan qog‘oz bo‘ladi. Bu tushlik chek bo‘yicha beriladi. Zalga kirishda eshik oldida kassa mashinasi ishlaydi. Stolga tarelkalar, fujer, ziravor, kuldon, oshxona anjomlari (vilka, pichoq, qoshiq) qo‘yiladi. Alohida zallar bo‘lganda ekspress-zallar uyushtiriladi. Bunda komplekt tushlik ovqat bo‘ladi. Ekspress-zalda har bir ofitsiantga to‘rt o‘rinlik 4-5 tadan stol to‘g‘ri keladi. Xizmat tezroq bo‘lishi uchun bu zallarda sovutgich shkaflari bo‘lishi zarur. Ekspress zalning hamma stollari oldindan mijozlarni kutishga tayyorlanadi. Tushlik stollariga tarelkalar, fujerlar, ziravorlar, salfetkalar qo‘yiladi. Har bir stol ustida taomnoma bo‘li-shi shart. Ofitsiantlar oldindan chek yozdiradilar, sovuq gazak, shirin taomlarni zalga olib kirishadi. Non ham oldinroq keltiriladi. Xo‘randalar sovuq gazakdan tamaddi qilib turganda, ofitsiant katta idishda suyuq ovqat keltirib, o‘zining yordamchi stoliga qo‘yadi va mehmonlarga tar-qatadi. Ikkinchi taom berilgandan so‘ng, ofitsiant idish-tovoqlarni yig‘ishtiradi va mijozlar bilan hisob-kitob qiladi. Ekspress-zalda tushlik ovqat qilish uchun hammasi 20-25 daqiqa vaqt ketadi
36 b 3-savol. Yangi xizmatlarni ishlab chiqish va yaratishga undovchi omillar Sotishlar strategiyasidagi o‘zgarishlar. Kompaniya-gigantlar (monopoliyalar), muvoffaqiyatida marketing katta rol o‘ynagan va o‘ynaydi. Lekin uning vositalari yordamida sotishlarni rag‘batlantirish sohasidagi muommolar amaliy jihatdan hal etilmaydigan bo‘lib bormoqda. Vujudga kelgan holatdan chiqishning yo‘li bo‘lib, ixtisoslashtirilgan korxonalar distribyuterlar va dillerlarni yaratishni o‘z ichiga oladigan mahsulotlarni tarqatishning qiyin tizimlarini tuzish hisoblanadi. Ammo, ushbu korxonalar hamma vaqt ham asosiy firma balansida bo‘lishlari va bozorga faqat uning mahsulotlarini siljitishlarining imkoni bo‘lmaydi. Undan tashqari distribyuterlar va dillerlar tanlash «kengligi» nuqtai nazaridan mijozlarning xohishlarini maksimal darajada qondirish maqsadida raqobatchi gigant kompaniyalar mahsulotlarini bir joyga to‘plashadilar. Shuning uchun mahsulotlarni bozorga siljitish uchun harakat qilinayotganda, kompaniya juda ko‘p sonli bug‘inlarga suyanishga majbur bo‘ladi. Ushbu bug‘inlar ichida asosiy o‘rinni tadbirkor-sotuvchi (qayta sotuvchi tadbirkor) egallay boshladi. Servis tadbirkori. Mahsulot o‘zi haqida gapirishi yoki sotishni rag‘batlantirishi mumkin emas. Zamonaviy iqtisodiyotning ko‘pchilik mahsulotlari qiyin tarkib va harakat tamoyillariga egadirlar. Bunday mahsulotlarni sistemaga birlashtirish, sistemali yaxlitlikka erishish va qo‘shimcha iqtisodiy samara olishga imkon beradi. Tadbirkor-sotuvchi dastlabki mahsulot qiymatini qo‘shimcha oshiradi va uning asosida (masalan blok modullar) konkret foydalanuvchi uchun konkret sistemani quradi. Shu bilan birga servis tadbirkori o‘z malakasi orqali, buyurtmachiga noyob xizmatlar ko‘rsata borib, bir firma mahsulotlariga bog‘lanib qolmaydi. Uning o‘z kelgusi sistema uchun, hatto bir nusxadagi alohida blok modullarini yaratishi va ishlab chiqarishga buyurtma berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |