38-bilet 1 - savol Bar – kichkina restoran, ilgari mayxona nomi bilan atalgan. Keng assortimentda har xil ichimliklar sotiladi. Shuning bilan birga barda taomlar, gazaklar, qandolat mahsulotlari ham bolishi mumkin. Barlarning vazifasi bu yerga keluvchilarga yaxshi xizmat korsatish, shinam jihozlangan, chiroyli joyda kongildagidek dam olish sharoitini yaratish, musiqa, sanoatkorlar chiqishi, videoeshittirishlar tashkil qilish. Assortimentga qarab barlar quyidagi turlarga bolinadi: pivo barlari, vino, sut-qatiq, kokteyl-xoll, kokteyl-barlar. Kokteyl-xoll kokteyl-bardan zalining kattaligi, jihozlanishining turli-tumanligi bilan farqlanadi. Alkogol ichimliksiz barlar paydo bola boshladi. Bunday joylar ommaviy dam olish joylariga aylanadi, har xil kasbga ega yoshlar uchrashadi va alkogolsiz ichimliklarni taklif qiladi. Yaxshi jihozlangan, did bilan bezatilgan, musiqa xizmatining alo darajada yolga qoyilganligi tufayli bu barlar tezda kozga tashlanadi, yoshlarning sevimli dam olish maskaniga aylanadi. Salat-barlar maxsus peshtaxta bilan jihozlangan, ochiq sovutgich vitrinasiga ega. Maxsus idishlarda tayyorlangan har xil salatlar: kok salat, bodring, rediska, pomidor, tuxum, kartoshka, sabzi, qizilcha, ukrop, piyoz, petrushka, karam, shuningdek, gosht, baliq, kolbasa, pishloq va boshqalar qoyiladi. Alohida idishlarda: yog, sirka, gorchitsa, krem, qaymoq, mayonez, shakar, tuz, garimdori beriladi. Oz didi va ishtahasiga qarab har bir mijoz tegishli mahsulotlardan idishlariga solib oladi. Bu barlar «shved dasturxoni»ning bir korinishidir. Hol meva barlari umumiy ovqatlantirish korxonalarining yangi bir turi. Ijtimoiy vazifalarni hal qilishga qaratilgan, alkogol ichimliklar istemolini kamaytirish nazarda tutilgan tadbir sifatida paydo boldi. Bu xildagi barlar oziga xos usulda binolarda joylashgan bolib, oddiygina jihozlanadi (peshtaxtalar qoyilgan, vitrinalarda 15 xilgacha sharbatli ichimliklar, sut kokteyllari, elektro-kofeyniklar, samovarlar). Mijozlar sharbatlardan tashqari choy, kofe ichishlari, restoranning qandolat sexidan keltirilgan qandalat mahsulotlaridan bahramand bolishlari mumkin. Sut mahsulotlari barlari oz mahsulot assortimenti bilan boshqalardan farqlanadi. Sut va sariyog kokteyllaridan tashqari barning kundalik taomnomasida buterbrodlar, pishloq, kolbasa, bir necha xil sutli taomlar, quymoqlar, qaymoqli, tvorogli somsalar, un-qandolat mahsulotlari, shirin taom va ichimliklar boladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |