Bilet №35 1-savol Marketingda 4 P modeli haqida nimalarni bilasiz? Mayda korxonalar bu yo'nalishda juda sust rivojlanishmoqda. Taklif etilayotgan tovar va xizmatlarni sotish bozori istiqbolini belgilash zarurati mayda korxona egalarini marketingni turli yo'nalishlari bilan mustaqil ravishda shug'ullanishga majbur qiladi. Ammo bilimlarni yetishmasligi va bu biznes yo'nalishiga yaxlit yondashuvni bo'lmasligi bu ishlar samarasini yo'qqa chiqaradi. Servis firmasini chet el bozorlariga chiqqishida marketing mutaxassislari oldiga ular bizni amaliyotimizda yechadigan vazifalardan ancha farqlanib turuvchi yangi vazifalar yuzaga keladi. bu vaziyatda ishlab chiqaruvchi boshqa mamlakatdagi ommaviy iste'molchini turli ta'b, odatlarini hisobga olishi zarur. Chet el bozorlariga kirishda servis firmasi avvalo, boshqa mamlakat iste'molchilarini mo'ljallarini, etno milliy madaniyatida oilaviy bog'liqlar ahamiyatini, an'analar va ta'lim tizimini o'zaro munosabatini, shuningdek aholini hayot tarzi va ularni iste'mol standartlarini hisobga olishlari lozim. Shu bilan birgalikda boshqa davlat aholisi ichidagi muhim etnik, diniy va hududiy iste'molchilar segmentini aniqlash ham o'ta muhimdir. Bu holda marketing bo'yicha mutaxassisga iste'molchilar xatti-harakatiga bevosita aloqador bo'lmagan kundalik xatti-harakat, his-ruhiy holat, lingvistik kabi ko'pgina mayda-chuydalarni hisobga olishga to'g'ri keladi. Chet el iste'molchialrini hayotiy mo'ljallarini va odatlarini o'ziga xosligi, shuningdek ular talablarini nodatiy segmentlanishi boshqa davlat xizmat ishlab chiqaruvchilarini yangi bozorda o'z servis mahsulotlarini sotish taktikasini tuzatishga majbur qiladi. Ba'zi hollarda marketing strategiyasini muhim asoslarini qayta ko'rib chiqishga ham to'g'ri keladi. Xizmatlar marketingida servis mahsulotini sotishdagi pozisiyasini tamoyil va usullaridan foydalanishni ko'rib chiqamiz. Bu yo'nalish marketologlar va reklama vakillari e'tiborini ommaviy va aniq iste'molchi ongiga qaratadi. Hozirgi kunda har bir odamni o'sib borayotgan tovar va xizmatlarni turli tumanligi bilan to'qnash kelishini, uni o'ta kommunikativ maydon markazida bo'lishini va uni diqqati katta hajmdagi reklama ma'lumotlari bilan yuklanganligini hisobga olgan holda har bir servis firmasi o'z iste'molchisi tomon o'zini yo'lini topa olishi kerak