VI MA VZU
OILA HUQUQI ASOSLARI
l-§. Oila huquqi tushunchasi va predmeti
Oila yuridik tushuncha sifatida shunchaki odamlarning o'zaro er-xotin yoki qarindoshlik rishtalari bilan mustahkamlangan guruhi emas, balki qonunda belgilangan huquq va majburiyatlarga ega bo'lgan shaxslar guruhidir. Binobarin, oila a’zolari o'rtasidagi munosabatlar oila huquqi normalari bilan belgilangan bo'lib, ular oilaviy-huquqiy munosabatlar deb ataladi.
Oilaviy munosabatlami tartibga soluvchi asosiy qonuniy hujjatlar quyidagilardir: O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi, Oila kodeksi va oilaviy munosabatlami tartibga soluvchi boshqa normativ hujjatlar. O'zbekiston Respublikasining yangi Oila kodeksi 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan.
Oila huquqi sohasidagi xalqaro shartnomalar va xalqaro huquq normalari ham oila qonunchiligining manbai bo'lib hisoblanadi.
Fuqarolarning O'zbekiston Respublikasining oila qonunchiligida nazarda tutilgan huquqlari, erkinliklari, manfaatlari va albatta, majburiyatlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |