Farzandlarning huquq va burchlari
Farzandlar ham ota-onalarining oldida o‘z burchlarini bajarishlari shart. Bu burchlar, ayniqsa, mehnat qo- biliyatini yo‘qotgan, kasal bo‘lgan, boquvchisiz qolgan ota-onalarga g‘amxo‘rlik qilishdan iboratdir. Farzandlar burchlarini bajarishlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 66-moddasida, jinoyat, nikoh va oila qonunlarida ko‘rsatilgan.
Qonun ajrim bilan birgalikda, agar talab qilsalar, voyaga yetmagan farzandga nafaqa to‘lashni ham hal qilish yo‘llarini ko‘rsatgan.
Alimentni ota yoki ona to‘lashi mumkin. Farzand kimning qaramog‘ida qolsa, o‘sha shaxsga aliment olish huquqi beriladi. Aliment miqdori yuqorida ko‘rsatildi. Voyaga yetgan farzandlar esa o‘z navbatida, ota-onalari talab qilsalar, ularga ham aliment to‘laydilar. Faqat ali- ment sud hay’ati belgilagan miqdorda amalga oshiriladi. Ota-onaga to‘lanadigan aliment aniq miqdorda ko‘rsatilmagan. Nikohda turgan ota-onalardan tug‘ilgan farzandning familiyasi ota-onasining nikohi haqidagi hujjat bilan bel- gilanadi. Farzandlikka olish tartibi Har bir voyaga yetgan erkak va ayol, fuqarolar farzandlikka olish huquqiga ega. Faqat qamoqdagilar, ota-onalik huquqidan mahrum qilinganlar, ruhiy kasal- lar, muomalaga layoqatsizlar yoki narkologiya muassa- salarida ro‘yxatda turuvchilar, jinoiy jazoga tortilganlar bunday huquqdan foydalanishdan mahrumdirlar.
Farzandlikka olish haqidagi ariza farzandlikka oluv- chi shaxs turgan joydagi yoki farzandlikka olinuvchi tur- gan joydagi vasiylik va homiylik organiga beriladi. Farzandlikka olishga faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan va ularning manfaatlarinigina ko‘zlab yo‘l qo‘yiladi. Farzandlikka oluvchining iltimosiga ko‘ra farzandlik- ka olinuvchining familiyasi va ota ismi — farzandlikka oluvchining familiyasi va ismiga qarab berilishi, shu- ningdek, farzandlikka olinuvchining ismi o‘zgarishi mumkin. Farzandlikka olinish sir saqlanadi. Farzandlikka olinishning sir saqlanishini ta’minlash maqsadida farzandlikka olinuvchi bolaning tug‘ilgan joyi haqidagi yozuvini, uning tug‘ilgan vaqti haqidagi yozuv- ni o‘zgartirishi mumkin. Farzandlikka olishni sir saqlash qonun bilan himoya qilinadi. Ma’lumki, ayrim bolalar otasiz-onasiz qolishlari mumkin. Bu holatlar bolaning ota-onasi vafot etishi tu- fayli, ota-onasi otalik-onalik huquqlaridan mahrum etil- ganligi, ota-onasi kasalligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra vujudga keladi. Bunday sharoitda qolgan bolalarga vasiy- lar va homiylar belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |