Vzu davlat va huquq asoslari


mehnatkashlarning mehnat muhofazasiga oid huquqlarini ta 'minlaydi



Download 395,4 Kb.
bet66/112
Sana01.02.2022
Hajmi395,4 Kb.
#421280
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   112
Bog'liq
Huquqshunoslik

mehnatkashlarning mehnat muhofazasiga oid huquqlarini ta 'minlaydi;

  • mulkning barcha shaklidagi korxonalarda xodimlar bilan ish beruvchi о ‘rtasidagi mehnat muhofazasiga oid munosabatlami huquqiy jihatdan tartibga solishning yagona tartibini belgilab beradi;

  • xodimlar uchun sog'/om va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta ’minlashga huquqiy zamin yaratadi.

    Mehnat nizolari tushunchasi va uning klassifikatsiyasi. Mehnat nizolari deganda ish beruvchi bilan xodim o'rtasida mehnat to'g'risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, jamoa shartnomasi hamda mehnatga oid boshqa shartnomalarni qo'llash, shuningdek, yangi mehnat shartlarini belgilash yoki mavjud shartlarini o'zgartirish masalalari yuzasidan kelib chiqadigan kelishmovchiliklar tushuniladi.
    Mehnat nizolari predmetiga qarab ikki guruhga ajratiladi:

    1. mehnat huquqi normalarining muayyan ijtimoiy muno- sabatlarga tatbiq etilishi bilan bog'liq nizolar (masalan, xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish, boshqa ishga o'tkazish, asosiy ish vaqtida bajarilgan ish uchun haq to'lashga doir nizolar;

    2. qonunlar yoki normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinmagan yangi mehnat shartlarini o'rnatish bilan bog'liq nizolar (masalan, mahsulot ishlab chiqarish normasini qaytadan ko'rib chiqish, jamoa shartnomasi, kelishuvini tuzish bilan bog'liq nizolar).

    Mehnat nizolari mazmuniga ko'ra ikki turga: da’voli va da’vosiz nizolarga bo'linadi. Da’voli nizolarning predmetini xodimlarning mehnat huquqlarini tan olish yoki uni tiklash tashkil etadi. Xodimning bunday mehnat huquqi avvalboshdan qonun yoki boshqa normativ-huquqiy huj jatlar, shuningdek, jamoa shartnomasi yoki kelishuv va mehnat shartnomasi bilan belgilangan bo'ladi. Bunday hollarda xodim o'z mehnat huquqlarini yoki qonun bilan qo'riqlanadigan qonuniy manfaatlarini qayta tiklashni talab etadi (masalan, mehnat shartnomasi g'ayriqonuniy ravishda bekor qilingan xodimni qayta ishga tiklash yoki foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun kompensatsiya to'lash va hk.).
    Da’vosiz mehnat nizolari ish beruvchi bilan korxonadagi kasaba uyushma qo'mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari o'rtasida mehnat shartlarini o'rnatish yoki o'zgartirish kabi masalalarda namoyon bo'ladi. Odatda, bu turkumdagi nizolar tegishli qonunlar yoki boshqa ayrim normativ-huquqiy hujjatlar bilan hal etilmagan masalalar yuzasidan kelib chiqadi. Bunday vaqtda nizo bevosita korxonada ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi o'rtasida kelishish yo'li bilan hal etiladi (masalan, korxonada yangi ishlab chiqarish normasini belgilash haqidagi nizolar). Ushbu nizolarning predmeti muayyan xodimga tegishli bo'lmasligi, balki korxona xodimlarining barchasiga taalluqli bo'lishi mumkin.
    Mehnat nizolari subyektiga qarab quyidagilarga bo'linadi:

    1. yakka tartibdagi nizolar;

    2. jamoalarga doir nizolar;

    Mehnat nizolari o'z obyektiga ko'ra, mulkiy xarakterdagi va mulkiy xarakterga ega bo'lmagan nizolar deb ataladi.
    Ta’kidlash joizki, mehnat nizolari turli sabablar oqibatida kelib chiqadi. Jumladan, nizoning yuzaga kelishida quyidagilar sabab bo'ladi:

    1. ayrim mansabdor shaxslar, shuningdek, bazi xodimlar ongida saqlanib kelayotgan o'tmish qoldiqlari;

    2. ayrim mansabdor shaxslarning, shuningdek, ba’zi xodim- laming mehnat qonunchiligini bilmasligi;

    3. korxonalarda tashkiliy-xo'jalik va tarbiyaviy ishlarda uchraydigan kamchiliklar (masalan, xodimlar mehnat sharoiti, ularning oila a’zolariga madaniy-maishiy xizmat ko'rsatish bilan bog'liq nizolar);

    4. tashkiliy-texnikaviy xarakterdagi kamchiliklar (masalan, korxonada mehnatning to'g'ri tashkil etilmagani, ilmiy jihatdan asoslangan mahsulot ishlab chiqarish normasining yo'qligi va hokazolar);

    5. ayrim huquqiy normalarning bozor iqtisodiyoti sharoitida tobora taraqqiy etib borayotgan ishlab chiqarish shakllaridan orqada qolishi (masalan, korxonada yangi texnologiya joriy qilinishi natijasida paydo bo'lgan yangi kasb, ta’rif-malaka ma’lumot- nomasida ko'rsatilmagan malakaga oid tavsifnomalar yo'qligi va hokazolar);

    6. mehnat bozorini tashkil qilish borasidagi kamchiliklar.

    Qonunchilikda o'rnatilgan mehnat nizolarini ko'rish tartibi
    demokratik tamoyillarga asoslanadi. Fuqarolarning mehnat huquqlarini har tomonlama himoya qilishni nazarda tutgan mazkur tamoyillar quyidagilarda namoyon bo'ladi:

    • mehnat nizolarini koruvchi organlarga erkin ravishda murojaat qilish imkoniyati yaratilgani;

    • nizolarning tez va to‘liq hal etilishi;

    • nizoni hal etishda keng mehnatkashlar ommasining ishtirok etishi;

    • nizolarning ochiq tartibda ko‘rilishi;

    • nizolarning kollegial hal etilishi;

    • nizolarni hal etishda ularning har tomonlama tekshirilishi.

    Qonunchilikda mehnat nizolarining taalluqliligi muhim ahamiyat kasb etadi.

    Download 395,4 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   112




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish