Ma’muriy huquq predmeti — ijroiya hokimiyat faoliyatini tashkil etish jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar yig'indisidir.
Davlat boshqaruvi tizimini rivojlantirish, davlat apparatining ishini yaxshilash, boshqaruv faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarning deyarli barchasi ma’muriy huquq normalari yordamida amalga oshiriladi. Ya’ni, aynan ma’muriy huquq normalari boshqaruv organlari, korxona, muassasa va tashkilotlarni tashkil etish, o'zgartirish yoki tugatish qoidalarini belgilab beradi.
Ma’muriy huquq normalari shu bilan birga boshqariluvchi obyektlarning faoliyatini, uning davlat boshqaruvi organlari bilan o'zaro aloqalarini tartibga solib turadi. Ushbu normalar rejalash- tirish tartibini, moddiy resurslarni taqsimlashni, ish haqini belgilash bilan bog'liq munosabatlarni ham tartibga soladi.
Ma’muriy huquq nafaqat boshqaruvni, balki boshqariluvchi faoliyatini ham tartibga soladi. Misol uchun, yo‘l harakati qoidalari, jamoat joyida yurish-turish qoidalari, ov qilish, savdo, sanitariya va yong'indan saqlash qoidalari va hk.
Shunday qilib, ma’muriy huquq normalari qanday qilmishlar (harakat yoki harakatsizlik) ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanishi, ma’muriy javobgarlik turlari va usulini, bunday huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish tartibini o‘rnatadi.
Ma’muriy huquq fanining boshqa huquqiy fanlar bilan o'zaro aloqalari, munosabatlariga kelsak, shuni aytib o'tish joizki, ma’muriy huquq boshqa huquqiy fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Xususan, oldingi mavzuda biz davlat (konstitutsiyaviy) huquqi sohasida fikr bildirgan edik. Agar mana shu huquq sohasi misolida ma’muriy huquqning boshqa huquq sohalari bilan o‘zaro munosabatlari haqida fikr yuritadigan boisak, aytib o‘tish joizki, ma’muriy huquq davlat (konstitutsiyaviy) huquqi faniga juda yaqin turadi. Lekin shu bilan birga bu ikki fan o‘rtasida o'zaro farqlar ham mavjud. Jumladan, davlat (konstitutsiyaviy) huquqida davlatning ijtimoiy tuzilishi va siyosatining asoslari, davlat bilan shaxs o'rtasidagi o'zaro munosabatlar, milliy davlat va ma’muriy- hududiy tuzilish, davlat organlari tizimining asoslari ifodalangan. Davlat huquqi fanining predmeti ma’muriy huquq fanining predmetiga nisbatan kengdir. Masalan, davlat huquqi barcha davlat organlari uchun umumiy bo'lgan tashkil etish va faoliyat ko'rsatish tamoyillarini belgilab bersa, ma’muriy huquq normalari esa yuqoridagilarga asoslanib, davlat boshqaruvida ularni qo'llashni tartibga soladi. Davlat huquqi fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlarini belgilab beradi. Ma’muriy huquq esa davlat huquqining ko'pgina normalarini yanada aniqlashtiradi, fuqarolarning huquqiy maqomini asosiy bo'lmagan boshqa huquq va majburiyatlar bajarilishining boshqaruv mexanizmini belgilab beradi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan fuqarolar davlat organlari va mansabdor shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga ega. Ushbu jarayon davlat (konstitutsiyaviy) huquq nomalari bilan tartibga solinadi. Ma’muriy huquq esa mana shu shikoyatlarni qaysi organga tegishliligini, shikoyatni ko‘rib chiqish muddati va tartibini hamda boshqa tomonlarini tartibga soladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |