Ma’muriy-huquqiy munosabatlar va ularning turlari. Ma’muriy- huquqiy munosabat deganda, ma’muriy-huquqiy norma bilan tartibga solingan, taraflar ma’muriy-huquqiy normalar vositasida o‘rnatilgan hamda kafolatlangan o‘zaro majburiyatlar va huquqlar egasi bo'lib maydonga chiqadigan boshqaruv sohasidagi ijtimoiy munosabatlar tushuniladi.
Ma’muriy-huquqiy munosabatlar turli mezonlar bo‘yicha tasniflanadi. Ularga, avvalo, ijro etuvchi hokimiyat organlarining u yoki bu obyektga boshqaruv yoki tartibga solish xususiyatiga ega bo’lgan ta’sir ko‘rsatishidan iborat yuridik imkoniyati kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |