Ma’muriy huquq bilan tartibga solinadigan munosabatlar asosan, quyidagilardan iborat:
tashkiliy jihatdan biri ikkinchisiga bo'ysunadigan davlat organlari (О ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan vazirliklar, qo'mitalar, hokimliklar) o'rtasidagi munosabatlar;
bir-biriga bo'ysunmaydigan davlat boshqaruv organlari (ikki vazirlik, ikki hokimlik va hk.) о ‘rtasidagi munosabatlar;
davlat boshqaruv organlari va ularga bo ‘ysunadigan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar о ‘rtasidagi munosabatlar;
davlat boshqaruv organlari va jamoat birlashmalari (kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va boshqalar) o'rtasidagi munosabatlar;
davlat boshqaruv organlari va fuqarolar o'rtasidagi munosabatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |