Bemor huquqlari.
Reja;
Bemor huquqi tushunchasi va mohiyati.
Fuqarolarning sog’ligini saqlashga doir qonunchilikdagi belgilab qo’yilgan huquqlari.
Xalqaro huquq normalarida belgilab qo’yilgan bemor huquqlari.
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, mazkur tushuncha har bir fuqaroning jismoniy va ruhiy salomatiligini muhofaza etish va mustahkamlash, uzoq hamda faol hayot kechirishi va sog‘lig‘ini yo‘qotganda tibbiy va boshqa yordam olishiga qaratilgan siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy, ilmiy, tibbiy, sanitar-gigienik va epidemiologik chora-tadbirlaming majmuasini o‘zida mujassamlashtiradi. Zero,
davlat fuqarolar sog‘lig‘ini muhofaza etishni tegishli qonun va me’yoriy hujjatlar bilan belgilaydi va kafolatlaydi. Fuqarolaming bu sohadagi huquqlarining buzilishi mos tarzdagi huquqiy javobgarlikka olib keladi 0 ‘zbekistonda huquqiy davlatning barpo etilishi, demokratik jamiyatning vuj udgakelishi, fuqarolar sog ‘ lig‘ ini saqlash masalasiga e’tiboming kuchayishi, jumladan, mamlakatda sog‘liqni saqlash
tizimining isloh etilishi barcha tibbiyot xodimlarining faoliyatini huquqiy jihatdan aniq me’yorlashni taqozo etadi. Fuqarolaming sog‘lig‘i va hayoti faqat tibbiy faoliyat obyekti bo‘lmasdan, balki turli xil huquqiy faoliyat jihatlariga ega. Binobarin, jamiyatda huquqiy savodxonlik va madaniyat darajasining ortishi ushbu
zaruriyatni yana bir bor ta’kidlaydi. Shu sababli tibbiyot xodimlari faoliyatini huquqiy me’yorlash, fuqarolaming sog‘liqni saqlash bo‘yicha qonuniy huquq va manfaatlarini himoya etish muammosi alohida siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyat kasb etadi Tibbiyot xodimlarida tegishli huquqiy tayyorgarlikning
yo‘qligi yoki uning etarli darajada emasligi fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash borasidagi ishlarga jiddiy ziyon keltiradi va sogliqni saqlash sohasida qonunchilikni ta’minlash darajasini pasaytiradi. Bu esa o‘z navbatida ayrim holatlarda tibbiyot xodimlari faoliyatiga nisbatan ko‘plab e’tiroz, shikoyatlaming vujudga kelishiga sabab bo‘lib, ularning murakkab holatga tushishiga, ba’zan esa jinoiy
javobgarlikka tortilishiga olib keladi
Shunday qilib bemor huquqlari quyidagilardan iborat;
-Tibbiy xizmatni olish huquqi
-Hurmat va izzat huquqi
-Maxfiylik huquqi
-Tibbiy xizmat ko’rsatuvchi shaxslarning kimligini bilish huquqi
-Axborot olish huquqi
-Aloqa huquqi
-Davolash qarorlarida ishtirok etish huquqi
-Maslahat olish huquqi
-Rejalashtirilgan davolanishdan voz kechish huquqi
-Tekshiruv va davolanish xarajatlari to’g’risida ma’lumot olish huquqi
-Ijtimoiy va psixologik yordam olish huquqi
-Shikoyat va takliflar berish huquqi
-Muassasaning tibbiy xizmatlari haqida xabardor bo’lish huquqi
-Diniy xizmatlardan foydalanish huquqi
Huquqlar bilan o’z navbatida majburiyatlari ham mavjuddir. Ular quyidagilar;
Do'stlaringiz bilan baham: |