Qonun osti hujjatlari qonunlar asosida qabul qilingan normativ- huquqiy hujjatlardir. Ularga quyidagilar kiradi:
Prezident farmonlari;
hukumat qarorlari;
boshqa ijroiya hokimiyat organlarining hujjatlari;
joylardagi ijroiya organlarning normativ hujjatlari.
Ayrim hollarda ijro etuvchi hokimiyat organlarining hujjatlari ushbu organlar tizimidan tashqarida vujudga keluvchi ijtimoiy munosabatlami tartibga soladi. Bunday vakolatlar Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziy bank va boshqa tashkilotlarda, ayniqsa, kattadir.
O'zbekistonda vazirliklar hamda tashkilotlarning fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor normativ hujjatlarni qayd etish davlat tizimi joriy etilgan. Ushbu vazifa O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi zimmasiga yuklatilgan.
ll-§. Huquqiy munosabatlar va ularning tuzilishi
Huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar huquqiy munosabatlar xususiyatiga ega bo'ladi. Ularning vujudga kelishi uchun yuridik fakt-hodisa (masalan, insonning
tug'ilishi yoki o‘lishi, yong'in) yoki harakat (masalan, huquqbuzarlik) mavjud boiishi lozim.
Huquqiy munosabatlar deganda, uning ishtirokchilari o'rtasida vujudga keladigan va huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabat tushuniladi. Huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi uchun uchta omil boiishi zarur: huquq normalari; subyektiv huquq va majburiyatlar; yuridik fakt. Faqat birgalikdagina ular huquqiy munosabatlami yuzaga keltiradi.
Huquqiy munosabat — uning ishtirokchilari o'rtasidagi haqiqiy yuridik aloqalar bo'lib, ularning o'zaro huquq va majburiyatlarida namoyon bo'ladi.
Huquqiy munosabat, tuzilishiga ko'ra, obyekt. subyekt va mazmun kabi elementlardan iborat.
Huquqiy munosabat ishtirokchilarining harakati nimaga qaratilgan boisa, shu narsa ushbu huquqiy munosabatlarning obyekti hisoblanadi. Masalan, xaridor sotib olayotgan molini olish huquqiga ega, lekin xarid uchun pul to'lashga majbur. Sotuvchi esa ushbu mol uchun haq olish huquqiga va xaridorga oldi-sotdi talablariga mos keladigan tovarni berish majburiyatiga ega. Sotilayotgan va sotib olinayotgan mol-mulk huquqiy munosabatning obyekti hisoblanadi. Huquq va majburiyatning uzviy aloqadorligi juda ko'p huquqiy munosabatlar uchun xosdir.
Huquqiy munosabatlarning ishtirokchilari, ya’ni huquq va majburiyat egalari ushbu huquqiy munosabatlarning subyektlari hisoblanadi. Chunonchi, quyidagilar subyektlar bo'lishi mumkin: o'zaro munosabatga kirishgan fuqarolar; davlat organlari va munosabatga kirishgan fuqarolar;
tashkilotlar va munosabatga kirishgan fuqarolar; o'zaro munosabatga kirishgan tashkilotlar; davlat organlari va munosabatga kirishgan tashkilotlar. Huquqiy munosabat subyektlari, avvalambor, jismoniy va yuridik shaxslardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |