Xulq-atvor qoidasi huquqiy normaga aylanishi uchun ma’lum yuridik shakl olishi kerak. Bunday o'zgarish davlatning huquq ijodkorligi faoliyati natijasida yuzaga keladi.
Natijada qonun chiqaruvchi organning irodasi bajarilishi majburiy bo'lgan muayyan huquqiy hujjalda o'z ifodasini topadi. Huquq manbai deganda. uni obyektiv ifodalash usullari tushuniladi. Huquq manbalarini quyidagi asosiy lurlarga bo'lish qabul qilingan:
Huquqiyodat deb doimiy takrorlanishi natijasida barqaror xulq- atvor normasiga aylangan va keyinchalik davlat tomonidan tasdiqlangan xulq-atvor qoidasiga avtiladi.
Odat insoniyat jamiyati rivojlanishining ilk bosqichlaridagi ijtimoiy munosabatlami tartibga soluvchi asosiy huquq manbai bo'lgan. Odat asta-sekin normativ hujjat bilan siqib chiqarilgan va almashtirilgan. Shundan keyin u huquqning yuridik manbai bo'lmay qolgan.
Hozirgi vaqtda odalning ahamiyati katta emas. U faqat qonun yetarli bo'lmagan yoki qonunning o'zi odatga havola qiladigan hollardagina saqlanib qolmoqda.
Yuridik pretsedent — huquqning shunday manbaiki, bunda muayyan ish bo'yicha chiqarilgan sud qarori kelgusida shunday ishlarni hal etishda qoidaga aylanishi mumkin.
Yuridik pretsedent ish bo'yicha sud yoki ma’muriy organning qaroriga muayyan normativ (umummajburiy) kuch berishni bildiradi. Bunday qaror kelgusida shun-day ishlarni ko'rib chiqishda majburiy bo'ladi va shu bilan huquqiy tus oladi.
Huquqiy odat va yuridik pretsedent bir qator xorijiy mamlakatlarning huquq tizimida katta ahamiyatga ega. lekin O'zbekiston Respublikasining huquq tizimida qo'llanilmaydi.
Sud pretsedenti Buyuk Britaniya. AQSH, Kanada. Avstriyada huquq manbai hisoblanadi. Bu mamlakatlarning hammasida sud hisobotlari chop etiladi. Ulardan pretsedentlar haqida ma’lumot olish mumkin. Albatla. bu mamlakatlarning har birida sud pretsedenti turlicha qo'llaniladi. Prelsedentni huquq manbai sifatida tan olish. qonun bo'lmagan yoki bo'lgan sharoitlarda ham sudga qonun ijodkorligi vazifasini bajarish imkonini beradi.
TVormativ-huquqiy hujjat — vakolatli davlat organining belgilangan tartibda qabul qilgan yuridik hujjati bo'lib, umum- majburiy xulq-atvor qoidalarini o'z ichiga oladi. Barcha normativ- huquqiy hujjatlarga quyidagi belgilar xosdir: